"Al-Mu'jam as-sag‘ir"
, Al-Bazzarning
«Musnad»
singari to‘plamlarda va boshqa ko‘pgina asarlarda
isnod
sifatida uchraydi.
Islom qonunini buzib qo‘yishdan xudojo‘ylarcha qo‘rqishi tufayli o‘tmishning ko‘pchilik
buyuk allomalari - ularning 99 foizi -
mazhab
ga sodiq bo‘lishgan. Notinch 14-asrda Ibn
Taymiya va Ibn al-Qayyum singari bir hovuch g‘ayrifikrlilar
[551]
paydo bo‘ldi, ammo
hatto ular ham chalasavod musulmonlarga mutaxassis yordamisiz ijtihodga qo‘l urishni
tavsiya qilmagan. Nomlari zikr etilgan mualliflar nomi yaqindagina qayta tiklangan va
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
174
mashhur qilingan hamda ularning klassik islomning ortodoksal ta'limotiga ta'siri
unchalik ko‘p bo‘lmagan, buni ular asarlarining islom dunyosining ulkan kutubxonalarida
saqlanib qolgan atigi bir necha qo‘lyozmasi ham isbotlab turibdi
[552]
.
Shunga qaramasdan, o‘tgan (19-) asrda ro‘y bergan ijtimoiy bo‘ronlar paytida avtoritar
ta'limotdan voz kechishni yoqlagan ko‘plab ulamolar paydo bo‘ldi. Ushbu mujodalaning
eng mashhur namoyandalari Muhammad Abduh va uning shogirdi Muhammad Rashid
Rido edi
[553]
. Ular G'arbning g‘alabasidan shoshib qolib, musulmonlarni "
taqlid
kishanlari"ni itqitib tashlashga va to‘rtta mazhab hokimiyatini rad etishga undar edi.
Bugungi kunda ba'zi bir arab mamlakatlari poytaxtlarida, xususan, mahalliy ortodoksal
ta'limot an'anasi zaiflashib qolgan joylarda, yosh arablarning hadislar to‘plamini qo‘lga
kiritib, ular bilan uylarini to‘ldirayotganini hamda keng qamrovli va murakkab
adabiyotlarni go‘yo Imom Shofiiy, Imom Ahmad va boshqa buyuk imomlardan ko‘ra
kamroq buzishni ko‘zlab, puxta o‘rganayotganini ko‘rish mumkin. Bunday
mas'uliyatsizlarcha yondashuv, garchi keng tarqalmagan bo‘lsa-da, o‘zaro keskin
tafovutli fikrlarga yo‘l ochib berishi muqarrar. Ayni hol islom harakatining birligi,
samaradorligi va unga bo‘lgan ishonchga putur yetkazgan, ming yil oldin buyuk imomlar
hal etib ketgan masalalar yuzasidan keskin bahslar qo‘zg‘agan edi. Hozirgi paytda
faollarning masjidlarni kezib yurgani, boshqa namozxonlarni, garchi ular
fiqh
ning
yetakchi imomlari hukmlariga amal qilayotgan bo‘lsa-da, e'tiqodida qusur borday tanqid
qilayotgani oddiy holga aylanib qoldi. Bunday bema'nilik keltirib chiqarayotgan ko‘ngilsiz
va surbetlarcha muhit savodi unchalik yaxshi bo‘lmagan ko‘plab musulmonlarning
masjidga butunlay kelmay qo‘yishiga sabab bo‘lmoqda. Hech kim dastlabki
ulamolarning, musulmonlar sunnatning bir-biridan farq qiluvchi talqinlariga toqat qilishi
kerak, chunki bunday talqinni mo‘‘tabar ulamolar qilgan, degan qarashini esga olmaydi.
Sufyon az-Zavriy aytganiday: "Mabodo, siz biror kishining ulamolar o‘rtasida tortishishga
sabab bo‘lgan ishni qilayotganini ko‘rsangiz va buni taqiqlangan deb o‘ylasangiz, o‘sha
kishiga o‘sha ishini qilishni taqiqlashingiz durust emas"
[554]
. Bunday siyosatga teskari
bo‘lgan yo‘l, albatta, musulmon jamoasini o‘z ichidan zaharlaydigan parokandalik va
adovatga olib keladi
[555]
.
G'arb ta'sirida paydo bo‘lgan global madaniyat odamlarga bolaligidanoq "faqat o‘zini
o‘ylash", o‘rnatilgan hokimiyatga qarshi kurashish fikri singdirilayotgani tufayli ba'zan
ularning o‘z haddini bilishi uchun tiyilishi, bo‘ysunishi qiyin kechmoqda
[556]
. Barchamiz
ma'lum bir ma'noda fir'avnga mengzaymiz: manmanligimiz tufayli tabiatan kimdir
o‘zimizdan ko‘ra ziyoliroq bo‘lishi va ko‘proq bilishi mumkinligini tan ololmaymiz. Oddiy
musulmonlar arab tilini bilmasdan turib ham
shariat
dan o‘zlari uchun hukm chiqarib
olishi mumkinligiga ishonish ushbu manmanlikning tobora vahshiylashib borayotganidan
dalolatdir. O'zlari chiqargan hukmdan mag‘rurlanadigan, lekin manbalarning
murakkabligidan bexabar va chin ulamolik nuridan bebahra yoshlar uchun bu hol aldab
qo‘yuvchi qopqon bo‘lishi mumkin hamda islomning haqiqiy yo‘lidan chalg‘itish,
musulmonlar o‘rtasida qasddan bo‘lmasa-da, keskin ziddiyatlarga olib kelish bilan intiho
topadi. Dinning barcha yirik allomalari - ular sirasiga turli mazhablarga tegishli bo‘lgan
va shogirdlaridan ham shuni talab etgan hadis sinchilari kiradi - unutilib borayotganga
o‘xshaydi. O'z qadrini boshqalardan baland qo‘yish sog‘lom fikr va islomiy mas'uliyat
ustidan ulkan g‘alab qozondi.
Qur'oni karim musulmonlarga aqli va tafakkur qudratini ishlatishni buyuradi; yuksak
ta'limotlarga ergashish borasida bu qudratdan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |