Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

muttabi'
[546]
("izdosh"), 2) mazhabning minglab aqidalari ortidagi mulohazalarni 
batafsil bilmay turib ulamolariga ishongani uchun osongina taqlid yo‘liga o‘tib oladigan 
muqallid 
("taqlidchi").
Shuning uchun ham 
muqallid
ga mazhabning formal isbotlarini tanib olguncha o‘qish 
tavsiya etiladi. Biroq yana shunisi aniqki, har bir musulmon ham olim bo‘lib 
ketavermaydi. Olimlikka juda ko‘p vaqt talab etiladi. Ummatlar normal yashashi uchun 
buxgalterlik, askarlik, qassoblik va shu singari boshqa kasblarni ham egallashi talab 
etiladi. Hatto ularning barchasi yetarli darajada aql-zakovatga ega deb hisoblagan 
taqdirimizda ham hammasi buyuk ulamolar bo‘lib keta olmaydi. Qur'oni karimda 
ta'kidlanganiday, kam bilimga ega bo‘lgan dindorlar malakali mutaxassislarga murojaat 
qilishlari zarur: 
"Agar bu haqda bilmaydigan bo‘lsangizlar, ahli zikrlardan (ya'ni, 
Tavrot va Injilni biladiganlardan) so‘rangizlar"
[547]
.
(Olimlarning fikricha, "ahli 
ilmlar" ulamolardir.) Boshqa bir oyatda musulmonlarga mutaxassis bo‘lmaganlarga yo‘l-
yo‘riq ko‘rsatadigan mutaxassislar guruhini tuzish va qo‘llab-quvvatlash buyuriladi: 
"Ularning har bir guruhidan bir toifa chiqmaydimi?! (Qolganlari) dinni o‘rganib, qavmlari
ularga (jangdan) qaytib kelgach, (gunohdan) saqlanishlari uchun ularni 
ogohlantirmaydilarmi?!"
[548]
Ilohiy bitiklarni to‘g‘ri tushunish uchun kerak bo‘ladigan 
olimlikning teranligi va favqulodda ogohlantirishlar bizga vahiyni buzishlariga qarshi 
yuborilgandir, yana shunisi ravshanki, oddiy musulmonlarning burchi o‘zlarining 
mulohazasi va cheklangan bilimiga tayanishdan, mutaxassislarning fikriga ergashishdan 
iborat. Ushbu burchni ibtidoiy musulmonlar yaxshi bilar edi: xalifa Umar roziallohu anhu 
Abu Bakr roziallohu anhuning buyurganlariga "Men Alloh oldida Abu Bakrning fikridan 
boshqacha fikrda bo‘lishdan uyalaman", deb amal qilar edi. Ibn Mas'ud roziallohu anhu 
o‘z navbatida tom ma'nodagi mujtahid bo‘lishiga qaramasdan, ba'zi masalalarda Umar 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
173
roziallohu anhuga ergashar edi. Ash-Sha'biga ko‘ra: "Rasululloh (s.a.v.)ning 6 sahobasi: 
Ibu Mas'ud, Umar ibn al-Xattob, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka'b va Abu Muso (al-
Ash'ariy) odamlarga fatvo berar edi: Shulardan ham uch nafari qolgan uch nafarining 
foydasiga hukm chiqarishdan voz kechgan edi: "Abdulloh (ibn Mas'ud) o‘z hukmidan 
Umar foydasiga, Abu Muso - Ali foydasiga va Zayd esa Ubay ibn Ka'b foydasiga voz 
kechgan edi".
Yevropa qit'asidagi mamlakatlar musulmonlari mustaqil yo‘l tutgandan ko‘ra, buyuk 
imomning sunnatga yo‘l boshlovchi oqilona hukmiga suyanishi maqbulroqdir. Negaki, 
ularning juda oz qismigina ushbu masalada tanlash imkoniga egadir. Buning sababi 
oddiy: kimdir arab tilini bilmay turib, ma'lum bir masalaga oid barcha hadislarni o‘qib 
chiqishni istagan taqdirda ham bu ishning uddasidan chiqa olmaydi. Turli sabablarga 
ko‘ra, ingliz tiliga faqat o‘nga yaqingina hadislar to‘plami tarjima qilingan, xolos. 300 
dan oshiq to‘plamlar esa mutlaqo tarjima qilinmagan. Ular orasida Imom Ahmad ibn 
Hanbalning "

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish