fiqh
i xususida 4 ta kitob, shuningdek,
"Al-Mustasfa"
ni yozgan edi.
Imom
usul ul-fiqh
haqidagi ilg‘or va ehtiyotkor asarlari tufayli juda yuksak qadrlanadi.
U samimiyatni yoqlashi hamda ulamolar o‘rtasidagi xo‘jako‘rsinga qilinayotgan ilmiy
raqobatni iqi suymasligi bilan o‘zi "mazhabga mutaassiblarcha sadoqat" deb atagan holni
keskin qoralar edi. Vahiy bo‘lib kelgan manbalarni noto‘g‘ri talqin etishday xatarli yo‘lga
tushib qolmaslik uchun har bir musulmon tan olingan mazhabga ergashishi va u hech
qachon, mening mazhabim boshqa mazhablardan ustundir, degan qopqonga tushib
qolmasligi kerak. Usmonlilar imperiyasining so‘nggi davrini arzimas bir hol sifatida
istisno qilganda, sunniy islomning buyuk ulamolari Imom G'azzoliy asos solgan an'anaga
sodiq qoldi va boshqalarning mazhabini ham hurmat qilish yo‘lidan bordi. Kimki
an'anaviy islomning go‘zal xulqli va hurfikrli ulamolari qo‘lida ta'lim olgan bo‘lsa, bu
faktdan xabardor ekani turgan gap
[541]
.
Ba'zi bir sharqshunoslar karomat qilganiday, to‘rttala maktab tadriji, ya'ni ijobiy
qonunning tozalanish yoki kengayish qobiliyati yo‘qolib ketmadi. Aksincha, mavjud
murakkab mexanizmlar yetarli malakaga ega bo‘lgan shaxslarga Qur'on va
Sunnat
dan
shariat
ni keltirib chiqarishga izn beribgina qolmasdan, ularning o‘zini ham o‘sha
amallarni bajarishga majbur etar edi. Aksariyat ulamolarning fikriga ko‘ra, biror sinchi
(ekspert) manbalar bilan to‘la tanishib, akademik nuqtai nazardan zarur bo‘lgan turli
shartlarni bajarsa, unga o‘z maktabining keng tarqalgan hukmlarini bajarishga ruxsat
berilmaydi, balki o‘ziga vahiy bilan nozil bo‘lgan manbalardan hukmlar chiqarish shart
qilib qo‘yiladi. Bunday kishi
mujtahid
deb ataladi, bu atama Mu'ad ibn Jabalning
mashhur hadisidan olingan
[542]
.
Ba'zilar, musulmon kishi sinchilarning hukm shaklini olgan fikridan chetga chiqishga
urinib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qur'on va Sunnatga murojaat qilish uchun kuchli va mashhur
olim bo‘lishi kerak, deb bu yo‘lni rad etishga moyildir. Odamlarning manbalarni noto‘g‘ri
tushunish oqibatida shariatga zarar yetkazib qo‘yishi real narsadir. Ortodoksal maktablar
paydo bo‘lmasidan burungi davrda ibtidoiy musulmonlar kelishmovchilik va o‘zaro
ixtiloflar domiga tushib qolgan edi. Islomgacha bo‘lgan davrda butun boshli dinlar
muqaddas bitiklar tafsirchilarining noto‘g‘ri yo‘lga boshlashi oqibatida inqirozga yuz
tutdi, islomning boshiga ham shunday kunlar tushmasligi muhim ahamiyatga ega edi.
Islomni bid'at va buzilishlar xavfidan himoya qilish maqsadida
usul
ning buyuk ulamolari
mukammal shartlarni yaratdi, o‘zini mujtahidlik huquqiga egaman deb biluvchi har bir
kishi ularni bajarishi zarur
[543]
. Bu shartlar sirasiga: (a) vahiyni til bilan bog‘liq
chalkashliklar asosida noto‘g‘ri talqin qilish hollarini kamaytirish maqsadida arab tilini
mukammal bilish; (b) Qur'onni, Sunnatni, har bir sura va hadisni, vahiy kelishi bilan
bog‘liq shart-sharoitlarni, Qur'on va hadislarga yozilgan sharhlarni mukammal bilish,
yuqorida bahs yuritilgan tafsir usullarining hech birini ko‘zdan qochirmaslik; (v) hadis
ilmining roviylar va matnni baholash singari maxsus predmetlarini bilish; (d) sahobalar,
tobeinlar, buyuk imomlarning qarashlaridan, kelishuv
Do'stlaringiz bilan baham: |