XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
167
Islomning dastlabki yillarida boshqa bir yirik muxolif harakat xorijiylik edi. Bu so‘zning
ma'nosi "ajralib chiqqanlar" bo‘lib, xorijiylar xalifa Ali roziallahu anhu o‘zining Muoviya
bilan munozarasini mahkama vositasida hal etishga rozi bo‘lgani oqibatida uning
qo‘shinidan ajralib chiqqani uchun shu nom bilan atalgan edi. Qur'ondagi: "Hukmni faqat
Alloh chiqarishi mumkin" degan shiorga amal qilib, ular Ali va uning ko‘plab yetakchi
sahobalar ham bo‘lgan qo‘shiniga qarshi hijriy 38-yili Nahravon jangida yengilguniga
qadar qattiq jang qiladi. Jangda ularning 10 mingdan oshig‘i halok bo‘ladi.
Garchi ilk xorijiylar yer bilan yakson etilgan bo‘lsa-da, xorijiylikning o‘zi yashab qoldi.
O'z aqidasiga ko‘ra, u shialikning teskarisiga aylanib ketdi. U har qanday meros qilib
olingan yoki xarizmatik rahnamolikni rad etar, dindorlar jamoasi rahnamosini
tayinlashda taqvodorlik asosiy mezon bo‘lishi kerakligini ta'kidlar edi. Bu hol
o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan jo‘n bir mezon bilan baholanar edi: ilk xorijiylar taqvo
masalasida, har bir muslim uchun eng katta gunoh kufrdir, degan keskin aqidasi bilan
juda qattiqqo‘l edi.
Takfir
(musulmonlarni islomdan tashqarida deb e'lon qilish)
tushunchasi xorijiylar guruhlariga Xuzistonning olis tog‘ tumanlariga vaqtincha ko‘chib
chiqish va umaviylar hokimiyatini qabul qilgan musulmon turarjoylariga hujum qilib
turish imkonini berardi. O'sha hujumlar paytida xorijiy bo‘lmaganlar qilichdan o‘tkazilar,
bu hol Al-Hajjoj ibn Yusuf singari bag‘ritosh umaviy amirlarning shafqatsiz javob
choralarini ko‘rishiga sabab bo‘lar edi. Biroq xorijiylarning hujumlari, ahvoli bir qarashda
nochor ekaniga qaramasdan, davom etaverardi. Xalifa Ali roziallohu anhuni Nahravon
jangidan omon qolgan Ibn Muljam halok etadi. Hadis olimi, sunanning eng mo‘‘tabar
to‘plamlaridan biri muallifi Imom an-Nasai ham 303/915 yili Damashqda xorijiy
mutaassiblar tomonidan xuddi shu tariqa o‘ldiriladi.
Xuddi shialik singari xorijiylik ham Iroq va Markaziy Osiyoda, ba'zi hollarda esa boshqa
joylarda ham hijriy 4-5-asrlarda beqarorlikka sabab bo‘ldi. Xuddi shu nuqtai nazardan
g‘alati tarixiy voqea ro‘y berdi. Sunniylik endilikda puxta ishlab chiqilgan mukammal
sistemaga birlashgan ulamolarning aksariyati yo‘lini birlashtira oldi. Bir-biriga raqib
harakatlarning jozibadorligi keskin kamayib ketdi.
Voqea shundan iborat edi. Egalitar xorijiylik va ierarxiyaga asoslangan shialik singari ikki
qanotdagi oqimlar o‘rtasida joylashgan sunniy islom uzoq vaqt mobaynida hokimiyatni
qanday tushunishiga oid bahslar bilan ovora bo‘lib qoldi. Sunniylar nazdida,
hokimiyatning nima ekani Qur'on va Sunnatda belgilab qo‘yilgan. Biroq butun islom
dunyosiga sahobalar va tobeinlarning u yerdan bu yerga ko‘chib yurishi oqibatida turli
hikoyatlar shaklida sochilib ketgan son-sanoqsiz hadislar bilan to‘qnash kelgan Sunnat
ba'zan talqin borasida turli qiyinchiliklarga duchor bo‘la boshladi. Hatto bir necha yuz
ming hadis orasidan sahih hadislar ajratib olinganidan so‘ng ham bir-biriga, hatto Qur'on
oyatlariga zid hadislar uchrar edi. Bu o‘rinda xorijiylarniki singari bir hovuch hadislarni
ajratib olib, ulardan aqida va qonunlar yasashday jo‘n yondashuv ish bermas edi.
Ko‘zga tashlanib turgan ichki ziddiyatlar juda ko‘p, ularning talqini ham o‘ta murakkab
bo‘lgani tufayli
qozi
lar Qur'on va hadislar to‘plamining tegishli sahifasini ochish bilan
biror shar'iy hukm chiqarishga qiynalardi.
Ilk ulamolar vahiy kelgan bitiklar o‘rtasidagi ziddiyatning asosiy sabablarini puxta tadqiq
qilishdi. Teran aql egalari munozaralar chog‘ida ko‘pincha o‘ta mukammal va kuchli
xotiralarini ishga solar edi. Islom
Do'stlaringiz bilan baham: