individual qizikishlari, manfaatlari va intilishlariga karshi chikib, me’yorga bo’ysunish
lozimmi yoki teskarisini bajarish kerakmi degan savolga javob topishdan iboratdir.
Deviant xulk-atvorning ichkilikbozlik, giyoxvandlik turlari bilan bog’liq
holatlarning fark kiluvchi tomonlari mavjud. Shunday farklarning uchtasini ko’rsatish
mumkin.
1. Birinchi fark salbiy xayot hodisalarini uzok davom etishi bilan ajralib
turishidan, ba’zan esa turmush tarzini bir bo’lagiga aylanib kolishdan iborat bo’ladi.
Doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrof muxitdan norozilik, o’kishdagi, do’stlar
orasidagi tushunmovchiliklar va xokazolar bularning barchasi o’smir ruhiyatini
jarohatlaydi, u yoki bu yo’l bilan mavjud vaziyatni o’zgartirishga urinadi.
2. Bu xolatni xal kilish ma’lum kiyinchiliklarga ega, bularning ikkinchi farki xam
shu bilan bogliq, mavjud yoki xayoliy Holatning asosligi. Amaliyotning ko’rsatishicha,
xar kanday Holatda xam kup «kurbon» berib bo’lsada, ijtimoiy haqiqatga erishish
mumkin. Lekin xamma gap shundaki, subyekt «kurbon»bera oladimi, o’smir o’z turmush
tarzini o’zgartirishi, qizikishlarini almashtirishi, do’stlar bilan alokani uzishi bitirishi,
kizikishlarini almashtirishi, do’stlar bilan alokani o’ziii biror kasbga ega bo’lishi
mumkinmi yoki yukmi? Usmirning qat’iy karorga kela olmasligi kupincha bu xolatni
chikib bulmaydigan «xolat» deb baholashi o’smirni ko’ngilxushlik vositalariga ichkilik
va giyoxvandlik moddalariga ruju qo’yishiga olib keladi.
3. Bunday holatlarning uchinchi farki shundaki, ular xal qilishning «sarob», ya’ni,
hal kilib bo’lmas yo’llarini, «taklif» qildilar. Ya’ni ularga bu xolni xal kilishda katiy
karor qilishga zaruriyat yo’qdek tuyuladi. Bu yo’l esa turli ziddiyatlarning
chukurlashuviga va o’smir ruxiyatiga psixologik sindromlarning rivojlanishiga olib
keladi.
Deviant xulk-atvor mexanizmlarini o’rganayotganda o’smirning psixologik va
psixofiziologiya xususiyatlari, masalan, usmirning turli qiyinchiliklarni yengishi yoki
undan qochishiga, sharoitga moslashishi yoki kutulishiga, sharoitni baholash va karor
kabul qilishidagi tezkorlik xususiyatini xam e’tiborga olish lozimligini ko’rsatadi.
Deviant xulq-atvorning mexanizmnni soddalashtirganda unda to’rtta asosiy
bo’g’in namoyon buladi: muammoviy (ziddiyatli) sharoit, kadriyatli-me’yoriy boshkaruv
karor qabul holatini amalga oshirish.
Deviant xulq-atvorning ommaviy va individual darajalari orasidagi fakat to’gri
alokalar emas, balki teskari alokalar xam mavjuddir.
Psixologik va kriminologik adabiyotlarda psixologik uz-uzini himoya kilishning
eng ko’p tarkalgan kuyidagy usullari ko’rsatib o’tilgan. Keltirilgan zararni inkor etish.
Ayblovchilarni ayblash.
«Yanada muhimroq» sharoitlarga asoslanishi. Psixologik tadkiqotlarga asoslanib,
ma’naviy rivojlanish boskichlari asosida deviant xulq-atvorning o’z-o’zini ximoya qilish
usullarini ko’rib chiqish mumkin. Birinchi boskich «ma’naviyatgacha bo’lgan ong»
ikkita pogonadan iborat. Birinchi, kuyi pogona xakikiy ma’naviy qarashlar yo’k.
rasmiyta’kiklarga «aks holda jazolashlari» tufayligina amal kilinadi. Ikkinchi pogonada
ijtimoiy me’yorlarga buysunishdan foyda olishga intilish ko’yiladi. Shu tarika
ma’naviyatgacha bo’lgan ong darajasida subyektning ijtimoiy karashi asosida shaxsiy
foyda va manfaatlari yotadi. Ma’naviy burch va shaxsiy mas’uliyat xissi xaqidagi
tassavur mavjud bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: