Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

57

bu haqda maslahat qildilar. To‘planganlar Afrikaga qarshi yurish qilish uchun Abdullohga 



ruxsat berishlik kerak degan ittifoqga keldilar. Qaror qabul qilingandan so‘ng Usmon (r. 

a.) Abdullohga madad uchun katta qo‘shin tayyorlab Madinadan jo‘natdilar. Qo‘shin 

ichida bir necha adat ulug‘ sahobalar ham hamroh bo‘ldilar. Qo‘shin Afrikaga qarab yo‘l 

oldi. Oradan ancha vaqt o‘tgach, Afrikaga jo‘natilgan qo‘shindan hech qanday xabar 

kelmay qoldi. Bundan tashvishga tushgan xalifa bir necha kishilar bilan Abdulloh ibni 

Zubayr janoblarini qo‘shinlarining ahvollarini bilib kelishlik uchun Afrikaga jo‘natdilar. 

Abdulloh ibni Zubayr Afrikaga yetib keldilar, kelganlaridan keyin Abdulloh ibni Sarhni 

urush rejasini tekshirib chiqib, uni xatoga chiqardilar. Chunki bu rejaga ko‘ra qo‘shin 

ertalabdan to kech peshinga qadar dushmanga qarshi jang qilar, kech peshin bo‘lgach, 

jangni to‘xtatib, ertasiga qadar hech qanday hujum uyushtirmas edi, Abdulloh ibni 

Zubayr buni dushman qo‘shinlariga qayta tayyorlanish uchun berilgan fursat deb 

topdilar. Bunday fursatdan ularni mahrum etishlik uchun ibni Sarhga qo‘shinni ikkiga 

bo‘lishlikni tavsiya qildilar. Ertalabdan to peshinga qadar birinchi qismdagi jangchilar 

bilan urishib turadilar. Ikkinchi qismdagi askarlar esa dam oladilar. Peshindan so‘ng esa 

birinchi qism jangchilar dam olgani to‘xtadilar. Bu payt ikkinchi qismdagi askarlar 

behosdan dushman ustiga hujumga o‘tadilar. Bunday qilish bilan dushman qayta 

tartibga kelish fursatidan, imkoniyatidan mahrum etiladi. Ushbu usulga ertasidan 

boshlab amal qilgan askarlar peshinga qadar birinchi qism bilan urishib keyin o‘z 

manzilgohlariga dam olish uchun qaytib kelgan dushman ustiga birdan kutilmaganda 

hujum qilib qoldilar. Bunday bo‘lishni kutmagan dushman askarlari sarosimaga tushib, 

betartib ravishda mudofaaga o‘tishdi. Biroq, biroz fursat ham o‘tmay qo‘shin ichida 

mutlaqo tartib qolmagani tufayli Islom lashkarlari buyuk g‘alabani qo‘lga kiritdilar. 

Dushman qo‘shinlari qo‘mondoni Jirjis ham mana shu jangda musulmonlar qo‘lida 

halok bo‘ldi. Islomning shonli askarlari Abdulloh ibni Zubayrga va u janobning xayrli 

maslahatlariga amal qilganliklari tufayli dushman ustidan to‘la g‘alabani qo‘lga kiritdilar. 

Mazkur jangda musulmonlar dushmanlaridan juda ko‘p g‘animatlarni qo‘lga kiritdilar. 

Bilozariy «Futuxi Buldon» nomli kitoblarida va Kinday «Alv Lot» nomli kitoblarida 

yozishlariga qaraganda, bitta otliq askarning mana shu g‘animatdan nasibasi uch ming 

dinorga, piyoda askarlarning esa ming dinorga yetgan edi. 

Jang tugab, g‘alaba qo‘lga kirganidan keyin Abdulloh ibni Zubayr janoblari Madinaga 

qaytib ketdilar. Xalifa Usmon hazratlariga xushxabarni yetkazdilar. Xalifa ushbu 

xabardan benihoya sevinchga to‘ldilar. Abdulloh ibni Zubayrdan ushbu quvonch xabarini 

odamlarga masjidda xutba o‘qib eshittirishlarini iltimos etdilar. Abdulloh ibni Zubayrda 

«bunday xushxabarni odamlarga o‘zingiz yetkazing», deb Usmonga aytdilar. Usmon (r. 

a.) odamlar o‘rtasida turib ushbu sevinchli xabarni uzun xutbaning ichida ularga 

eshittirdilar. 

Bundan keyin ibni Sarh Nubilga qaytdilar. U yerda Nubil bilan yangidan g‘azot qildilar. 

31-yili hatto Dungolo nohiyasiga qadar yetib bordilar. U srning aholisi ibni Sarhga 

qarshilik ko‘rsatgani tufayli ular bilan mislsiz jang qildilar. Biroq ibni Sarh, ular ustidan 

butunlay g‘alabaga erisha olmadilar. O’rtada yarash sulhi tuzildi. Ibni Sarh Misr bilan 

Qubil o‘rtasida yarim iqtisodiy shartnoma o‘rnatdilar. Bu shartnomaga ko‘ra Misr Nubilga 

urug‘lik bug‘doy va sabzavotlar yuborib turdi. Nubil esa o‘z navbatida un mahsulotlarini 

jo‘natadigan bo‘ldi. 

34-yili Iskandariya yaqinida, O’rta Yer dengizi havzasida musulmonlar bilan rumliklar 

o‘rtasida urush olovi yoqildi. Rum qo‘shinlariga qirol Konstantinning o‘zi rahbarlik qilardi. 

«Suvoriylar jangi» deb nom olgan mazkur urushda arablar rumliklar ustidan ajoyib 

g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Dengiz jangida arablarning qo‘lga kiritgan harbiy kemalari, 

birinchi Islom Flotini barpo etishlikda juda qo‘l keldi. Barpo etilgan mana shu flot 




Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish