Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Download 378,25 Kb.
bet57/79
Sana31.12.2021
Hajmi378,25 Kb.
#258986
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79
Bog'liq
utgan kunlar ziyouz com 68ccf-конвертирован

XAYRIXOH QOTIL


Mirshablar tomonidan qo‘rboshi mahkamasiga so‘-roqqa olib ketilgan qutidor qaytib yo‘lakdan kirishi bilan ming xil tashvishda o‘lturg‘uchi Oftob oyim bilan Kumushka qaytib jon kirgan kabi bo‘ldi. Kumush otasining oldig‘a qanot yozg‘an kabi yugirib, uning soqolini silar ekan, so‘radi:

    • Sizga zarar bermadilarmi, otajon?

    • Yo‘q, qizim.

Oftob oyim erining bu so‘zini eshitishi bilan Xo‘ja Bahovaddin yo‘lig‘a o‘gurib qo‘yg‘an yetti tanga pulini To‘ybekaga berib, darrov eshonnikiga jo‘natdi va shundan so‘ng eridan so‘radi:

    • Sizga ayb qo‘ya olmadilarmi?

    • Xudoyg‘a shukur, oqlandim, — dedi qutidor. — Chindan ham menda qanday ayb bo‘lsunki, o‘zimiz ham bu hangamani uyqudan turib payqag‘an bo‘lsaq. Uyimiz ostini yomonlar teshkan bo‘lsalar ham ammo kishi sig‘masliq bo‘lg‘anlig‘i meni oqliqqa chiqardi. Lekin kishi sig‘aturg‘an bo‘lib teshilganda ham meni ayblay olmas edilar, zeroki, uyimiz ostini teshkan muttahamlar albatta yaxshi niyat bilan teshmagan bo‘lib, molimiz va jonimiz qasdida ekanliklari ma’lum edi. Basharti qotil men bo‘lib ko‘ringanimda ham molim va jonim qurug‘ida o‘g‘rilarni o‘ldirganligim uchun yana gunohkor bo‘lmas edim. Har holda bu foji’a bizga zararsiz bo‘lib o‘tdikim, buning uchun

haq taologa qancha shukur qilsak ham ozdir, — dedi va ayvong‘a chiqib tanchaga o‘lturg‘ach, Kumushdan so‘radi: — achang kelmadimi?

Oftob oyim javob berdi:



    • Qattig‘ og‘rib qolibdir, — va so‘radi: — kimlar o‘ldirib ketkanini bila olmadingizmi? Qutidor ajabsinib xotinig‘a qaradi:

    • Qiziq so‘z aytasan-a! — dedi. — Bu ishka butun shahar hayron. Qilni qirqqa yoradirg‘an donolar ham bir narsa to‘quy olmaydirlar... Ammo manim ko‘nglimga keladirgani shulki, bizning molimizg‘a ko‘z olayturg‘an o‘g‘rilar besh-olti kishi bo‘lib, uyni teshayozg‘an vaqtla-rida oralarig‘a nizo tushib, bir-birlari bilan pichoq-lashqan bo‘lsalar kerak.

Kumush otasining bu kashfiga qarshi tushdi.

    • Bu gapingiz to‘g‘ri emas, ota, — dedi.

    • Nega to‘g‘ri emas?

    • Negaki, bir-biravlarini o‘ldirishib, bizga zarar ber-masdan quruqqina ketmas edilar.

    • Tong otib qolg‘andir yoki ular ham holdan toyg‘andirlar, — deb javob berdi qutidor.

    • Bu orada Homid nima qilib yuribdir, o‘ziga tuzikkina boy kishi emasmi edi? — dedi Oftob oyim, bu vaqt Kumush sekingina onasig‘a qarab olg‘an edi.

    • Homid tiynati buzuq bir yigit edi, — deb javob berdi qutidor. —Ehtimolki, uning topqan davlati o‘g‘riliq orqasidadir, kishining davlatiga qarab hukm yurutish qiyin.

    • Xudoyimdan o‘rgulayki, — dedi Kumush entikib va dahshatlanib, — yomonlarning jazasini o‘zi bergan. O‘g‘rilar teshib oldimg‘a chiqg‘anlarida men nima qilar edim? Oh, otajon! Men ajalimdan besh kun burun o‘lar edim. Qizingizdan ajralur edingiz!.. Meni g‘aflat uyqusi bosmag‘an bo‘lsa, nega bir gazlik paxsani kesar emishlar va boshimdan tuynuk ochar emishlar-da, men hech narsa sezmas emishman.

Oftob oyim boshini chayqab:

    • Shuni ayt, qizim! — dedi. Qutidor:

    • Xudoning qanday hikmatlari bordirkim, shu kecha-kunduzlarda bizning tevaragimizda qonli voqi’alar ko‘rila boshladi: bu kun nikoh deganimizda Komilbekni hammomda o‘ldirib ketdilar (Kumushbibi yuzida bir yengillik ko‘rildi), kecha uyimiz orqasida bir emas, uch kishi o‘ldirildilar. Xudo oxirini baxayr qilsin endi...

    • Inshoolloh, ishning oxiri xayrlikdir, otajon,— dedi Kumush, — chunki bizning molimizga ko‘z olaytirib yomon niyat bilan uyimiz orqasini teshkuchilarni yer bilan yakson etdirishi istiqbolimizning xayrlik follaridandir, otajon!

    • To‘g‘ri aytasan, qizim, — dedi qutidor.

Kumush o‘zining qo‘ng‘uroqdek tovshi bilan davom etdi:

    • Bu maqtullar kimlar bo‘lsa bo‘lsin, bizning uyi-miz orqasig‘a yaxshi niyat bilan kelguchi kishilar emas va bularni tuproqqa qorishdirg‘uchi ham bizga xayrixoh bo‘lg‘an qotil va yo qotillardir... Bizga muncha yaxshiliq qilg‘an kishi kim bo‘lsa ham xudo ajrini bersin! — dedi.

Qutidor qizining so‘zini kuchlab tushdi.

    • Bizga yomon niyati bilan qarag‘an bo‘lsalar, xudo jazalarini berdi. Bizga xayrixoh bo‘lg‘anlarning ham xayri jazalarini berar, — dedi.

Kumushbibi bu qo‘rqunch uyda yota olmaslig‘ini bildirgani uchun Oftob oyim To‘ybekadan Kumushning buyumlarini ikkinchi uyga tashita boshladi. Qutidor esa butun kun mehmonxonasig‘a kelib-ketib turg‘an ko‘ngil so‘rag‘uchi oshna, yor-do‘stlari bilan ovora bo‘ldi.

Download 378,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish