Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Download 378,25 Kb.
bet55/79
Sana31.12.2021
Hajmi378,25 Kb.
#258986
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
Bog'liq
utgan kunlar ziyouz com 68ccf-конвертирован

* * *


Tun yarim bo‘lib, olding‘i uxlag‘anlar endi bir uyquni olg‘an edilar. Maydon eshigi ochildi. Biri orqasidan biri yurib ikki ko‘laga maydonga kirdi. Buni payqag‘an Otabek xanjarini qinidan chiqarib qo‘lig‘a ushlag‘ach, yuz tuban yerga uzandi... Ikki ko‘laga so‘zsizgina osti kesilgan bino yonig‘a kelib to‘xtadilar. Kelguchilarning biri Sodiq va ikkinchisi Mutal edi. Tumshug‘ini yerga tirab yotqan mushukdek bo‘lib Otabek ularni kuzatar edi.

To‘xtag‘ach, shivirlab Sodiq so‘radi:



    • Teshilayozg‘anmikin?

    • Ozg‘ina qolg‘andir, deb o‘ylayman, negaki, paxsaning enidan bir gaz chamasi joy ochilg‘an!

Mutal tovshini baralla qo‘yib so‘zlar edi, shuning uchun Sodiq dedi:

    • Tovshingni sekinroq chiqarsang-chi!

Mutal belidan teshasini olar ekan, unga javob berdi:

    • Hali shundan ham qo‘rqasanmi, balki hali ashulamni ham aytib yuborarman!

    • Jinnilig‘ingni qo‘y, Mutal aka! Men ham yoningda turaymi?

    • Turasanmi, yo‘qmi — ixtiyor o‘zingda! Mutal kovakka kirib kovlashka tutindi.

    • Teshani qattig‘ solma, — dedi Sodiq.

    • Menga o‘rgatma, o‘zim bilaman.

Sodiq Mutalning ehtiyotsizligidan qo‘rqdi shekillik, bir oz Mutalning ishiga qarab turg‘ach, dedi:

    • Bo‘lmasa, men eshik yonig‘a borib turay, teshildi deguncha hushtak ber.

    • Tuzik, hali Homid kuyaving qayog‘da qoldi?

    • Ko‘chaning boshida poylab o‘lturgandir. Hush-tagingni eshitkach, uni ham chaqiraymi?

    • Chaqir, — dedi Mutal va shitir-shitir kesak tushira berdi.

Sodiq eshikdan chiqg‘an ham edi, Otabek sekingina boshini ko‘tardi-da, Mutal sari shuviy boshladi. Mutal esa yemirilib tushkan kesaklarni tashqarig‘a surish bilan ovora edi... Shu vaqt uning qo‘ltug‘i ostidan uzatilg‘an qo‘l hiqildog‘idan ombir kabi siqib oldi... Mutal kuchli edi, ammo Otabek undan ham kuchlik edi. Sapchib hiqildog‘ini ajratish uchun bo‘lg‘an Mutalning birinchi harakati bo‘shka ketdi-da, chap biqinig‘a o‘tkir xanjar g‘achcha botirildi... Ammo ul hamon bo‘shalishg‘a kuchanar edi va kuchli qo‘l battarroq uni siqar edi. Uch daqiqalik kurashdan so‘ng Mutal bo‘shashdi, ilgarigi kuchanishlardan qoldi va bir-ikki daf’a to‘lg‘anib jimgina jon berdi. Otabek eshik tomondan ko‘zini uzmag‘ani holda Mutalni sudrab o‘zi biqing‘an loyxonag‘a olib bordi va qo‘rqibqina hiqildoqdan qo‘lini oldi. Mutalning boshi shilq etib loyxonag‘a tushdi-da, mangulik uyquga ketkanligi ma’lum bo‘ldi... Otabek bitta-bitta teshilgan bino yonig‘a kelib eshik tomong‘a hushtak berdi, javob hushtagi eshitilgach, teshuk ichiga kirib o‘lturdi. Teshukning yuqorisidan bir oz tuynuk ochilgan bo‘lg‘ani uchun ichkaridan quloqqa yengilcha pishillash eshitilar edi... Sodiq yaqin yetkan edi, kesmadan uzoqroqda turib shivirladi:

    • Teshdingmi, Mutal?

    • Teshdim, beri kel.

Sodiq kesma yonig‘a kelib engashdi. Engashishi hamono qo‘l hiqildoqqa to‘g‘ri kelgan edi va xanjar qornig‘a botirilgan edi... Sodiq qo‘lidag‘i xanjarini bir-ikki qayta solib ko‘rsa ham tegdirish uchun kesmaning tubanlig‘i xalal berdi, lekin o‘zi tetuk edi. Otabek sapchib kesmadan chiqdi va bor kuchi bilan Sodiqni bosib tushdi... Bosib tushishi hamono allaqaysi yeri achishkandek sezildi... So‘l qo‘li Sodiqning hiqil-dog‘ida, xanjarlik qo‘li Sodiqning xanjarlik qo‘lida edi... Bir oz kuchini yig‘ib olg‘ach, hiqildoqni bor kuchi bilan siqa boshladi. Sodiq xirillar, shunday bo‘lsa ham qo‘lidag‘i xanjarni bo‘shatmas edi. Eshik tomondan Homid ham ko‘rinib qoldi... Vaqt tang kelgan edi... Sodiqning ko‘kragini qochirib xanjarlik qo‘lini bo‘shatdi va Sodiqning ko‘kragiga soldi. Sodiqning xanjari bir- ikki qayta uning orqasiga kuchsiz-kuchsiz kelib tekkan edi. Xanjarini ikkinchi urishda Sodiq bo‘shashdi va qo‘lidan xanjari tushdi.

    • Homid akangga juda ham mehribon ekansan, Sodiq! — dedi bosib yotqan joyidan Otabek. — Joning-ni ham unga qurbon qilding!

Sodiq ingranib qo‘ydi.

    • Kim xirillaydir? — dedi yaqinlashib kelgan Homid.

    • Tezroq keling, Homid aka, Otabekni o‘ldirdik! — dedi shoshib Otabek.

    • Ah! — deb yurib keldi Homid.

Otabek Sodiqni qoldirib, Homidning xanjarlik qo‘lini ushlab oldi:

    • Mutal o‘ldi. Sodiq ham o‘lim yoqasida. Enda siz bilan ikkimizgina qoldiq! Homid qo‘lini bo‘shatishka tirishar ekan, Otabek salmoqqina qilib dedi:

    • Ortiqcha oshiqmangiz, Homidboy, men sizning xanjarlik qo‘lingizni bo‘shataman hozir, ammo shungacha siz bilan ikki og‘iz so‘zim bor!

Homid hanuz qo‘lini bo‘shatishg‘a kuchanar edi.

    • Kuchanmangiz, Homidboy!

    • Mard yigit bo‘lsang, qo‘limni qo‘y!

    • Oshiqma, qo‘yaman, — dedi Otabek. Shu choqda oyog‘ ostida yotqan Sodiq ko‘tarilib-ko‘tarilib o‘zini ot-moqda edi. Otabek Sodiqdan nariroqqa Homidni boshladi. Homid tig‘izliq bilan surildi. Xanjarlik qo‘li bilan tuynukka ishorat qilib, Otabek so‘z boshladi:

    • Siz mendan ham yaxshiroq bilasizki, shu uyda sizni allaqancha mashaqqatlarg‘a solg‘an, cheksiz joni-vorliqlar ishlatkan va hisobsiz tillalar to‘kdirgan, niho-yat, shu daqiqag‘a keltirib to‘xtatqan birav uxlaydir. Agarda sizning manim tilimdan yozib bergan taloq xatingiz durust hisoblanmasa, bu uxlag‘uchi manim halol rafiqam bo‘lib, ikki yildan beri men ham uning ko‘yida sargardonman. Demak, siz bilan maning oramizda shu birav uchun kurash boradir. Lekin siz shu choqqacha manim ustimdan muvaffaqiyat qozonib keldingiz: qora choponchi, deb dor ostilarig‘acha olib bordingiz, Musulmonqul qo‘lig‘a topshirdingiz, bu ishlaringiz foydasiz chiqg‘ach, ismimdan taloqnoma yozib, ikki yillab rafiqamdan ayirib turishka muvaffaq bo‘ldingiz, bu orada gunohsiz bir yigitni ham o‘ldirdingiz. Nihoyat, o‘g‘riliq yo‘lig‘a tushib ikki yigitingizni manim qo‘limda halok qildingiz... Endi menga javob beringiz-chi: bu yomonliqlaringizda siz haqlimi edingiz?

    • Haqli edim! — dedi Homid va siltab xanjarlik qo‘lini bo‘shatib chalqancha yiqildi. Ul qo‘lini bo‘shatqan choqdayoq Otabek ishini to‘g‘rilag‘an, ya’ni Homidning qornini shir etdirib yorib yuborg‘an edi. Homid holsizlanib yotar ekan, uni besh qadam naridan kuzatib tek turg‘uchi Otabek zaharxanda ichida «haqlimi eding?» deb so‘radi. Kuchanib

«haqli edim!» dedi Homid va qo‘lidag‘i xanjarni Otabekka otdi, xanjar Otabekning yonig‘a kelib tushdi...

Otabek kushxona o‘rnidan eshikka qarab qo‘zg‘alg‘an edi, Homiddan besh-olti qadam narida yotqan Sodiqning «hmmm» degan tovshi eshitildi. Otabek ko‘ngli allanechuklangani holda maydondan chiqdi...




  1. Download 378,25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish