Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Download 378,25 Kb.
bet10/79
Sana31.12.2021
Hajmi378,25 Kb.
#258986
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
Bog'liq
utgan kunlar ziyouz com 68ccf-конвертирован

QARSHILASH

Bu kungi kutilmagan tun Hasanali otani gangitkan, uning keksa ko‘zlari uyqu bilan tamom chaplashib olg‘an edilar. Ul bu xabarni ertaga ertalab qaysi yo‘sun bilan bekka bildirish yo‘llarini o‘ylar edi. Bu favqulodda so‘yinch xabarni bekning qaysi yo‘sunda qarshilashini o‘ylar edi. Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladirgan o‘zgarishlarni, hollarni, harakatlarni... barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. Bu gapni eshitgach, haftalab hujra ichidan chiqmay yotqan bekni ko‘chalarda, bozorlarda, qutidor uylarida shodlanib, ruhlanib yurganini ko‘rar edi. Bu o‘ylarni tugatkandan keyin uning ko‘zlari uyqu sari yumila boshlab, qarshisig‘a Otabek kelib to‘xtar edi: «Ota, men sizning bu qilg‘an yaxshilig‘ingizni sira unutmasman» deb minnatdorlik qilg‘andek bo‘lar edi. Hasanali uyg‘onib ketar va qaytadan shu to‘g‘rida o‘ylab boshlar edi: «Bechora. Suyganing to‘g‘risida o‘ylay-o‘ylay boshlaring og‘rib, ohlar tortib yotadirgandirsan... Yordamching yo‘qlig‘i-dan umiding kesilib, hasratingni kimga aytishni bilmay- dirg‘andirsan. Qayg‘irma begim. Hasanali otang u to‘g‘rida ham seni yodidan chiqarmadi... Bu kecha se-ning qayg‘uliq kechalaringning eng keyingisi va oydinliq ham she’riyatlik tunlaringning arafasidir, begim».

Hasanalining ko‘zlari tag‘in uyqug‘a ketar, qarshisig‘a Otabek bilan ko‘hlik, ko‘rkam bir qiz kelib chiqar va ikkisi unga qarab iljayishar edilar: «Bizning chin otamizsiz» degandek bo‘lar edilar. Hasanalining yana uyqusi qochar edi. Yoshim oltmish to‘rtka yetdi, o‘g‘ul-qizim bo‘lmadi... Dunyodan charog‘chisiz boraman... Darvoqi’ Otabek menga o‘g‘ulliq qilmasmi, xotini menga qiz bo‘lmasmi, ularning bolalari meni «bobo» deb ketimdan yugurmasmikinlar? Tuproq ostlarida unutilib yotqan kezlarimda: «Bir vaqt

Hasanali otamiz ham bor edi», deb yodlasalar, yaxshiliq bilan eslasalar yetar menga shu».

Tunlar uzoq, tongni otdirib, Otabekni quvondi-rishg‘acha sabr chidamas, ko‘z yumishg‘a haligidek xayol-lar mone’ bo‘lar edilar. Shu yo‘sun yarim uyqu holatda tongni otdirib so‘yintirish soatlari ham yetdi.

Choydan keyin hujrasiga chiqib ketkan Hasanali qo‘ltug‘ida bir narsa bilan kirib bek qarshisig‘a o‘lturdi. Otabekdagi sukut, xayol, fikr kabi holatlarni yulib, yulqib olib, ular o‘rniga chechak donalari ekib, umid suvlari sepmakchi edi. Hasanali:



    • Endi muborak bo‘lsin sizga, — dedi.

Otabek tushunolmay Hasanaliga qaradi. Hasanali iljaygan ko‘yi qo‘ltug‘idag‘i zarrin choponni olib sandal ustiga qo‘ydi.

    • Bu qanday chopon? — deb so‘radi bek.

    • Muborak bo‘lsin, dedim-ku.

    • Nima muborak bo‘lsin?

    • Sizga iffatlik va sevimlik rafiqa bilan qutidordek qayin ota, Hasanaliga kelin.

Otabek qiziq holatda qoldi: bir turlik titrab ketdi, ko‘zlari qinidan chiqar darajaga yetdi. G‘ayri-ixtiyoriy qo‘zg‘alib o‘lturgandan keyin so‘radi:

    • Bu nima degan so‘zingiz?

    • Nima deganimni so‘ramangiz va deganimga ishonaberingiz, — dedi kulib Hasanali,

  • men sizni qutidorning qiziga uylandirishka qaror qilib, qarorimni ham bu kun kechasi Ziyo shohichi bilan amalga oshirdim... ya’ni qutidorning qizig‘a sizning uchun unashib keldik.

Otabek gangib shoshib so‘radi:

    • Qaysi qizig‘a unashib keldingiz?

    • Qutidorning yolg‘iz qizig‘a, — dedi Hasanali, — bundan xotirjam’ bo‘lingiz, bek. Ziyo shohichi ertalabki choyni ichib borarman degan edi, biz uning bilan hali to‘y kengashlarini qilamiz.

Otabek tusida xursand va xafaligi majhul bir holat bor edi. Unashish masalasiga qarshi tushmaganidek, so‘yinchini ham oshkor qilmadi...



Download 378,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish