«Biz seni rizqlantiramiz»,
deb marhamat qiladi.
Sen namozingni o'qi, Haqqa ko'ngil ber, ishla, qayg'udan yiroqlashib rizqingni Rabbingdan so'ra,
rizq beruvchi Udir, rizq talashmasdan "Allohu akbar" nidosi bilan rukuga, sajdaga bor.
Kahf surasining 4-oyati karimasida: «Hamma narsa sababdir», deya marhamat qilinganidek,
sabablarga tavassul et, rizq uchun harakat qil. Hamma narsa harakatdan vujudga keladi, sunnati
ilohiy ham shudir.
O'g'lim Musomurod! Ekmasang, tikmasang, ishlamasang biror narsani qo’lga kiritolmaysan.
Hamma narsani Allohdan so'raysan, Unga ibodat qilasan. Rizqing uchun ham ishlashing kerak. Haq
beradi, xalqdan so'rash yo'q. Allohga yolvorasan, keyin qo'lingni ochib berilgan quvvat va qudrat bilan
U ko'rsatgan yo'ldan ketasan. Ha, qul Haqdan so'rasa, haqiqiy qul bo’ladi. Xalqdan so'rasa, mushrik
bo’ladi, Zero, rizq beruvchi Allohdir. Harakat qilish vosita, xolos.
O'g'lim Musomurod! Sevimli Payg'ambarimiz(s.a.v.):
Do'stlaringiz bilan baham: |