Microsoft Word uglimga 12 nasihat tafakkur ziyouz com doc


«(Ey, Muhammad) ayting: "Ey, kofirlar! Men sizlar ibodat



Download 175,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/61
Sana02.01.2022
Hajmi175,03 Kb.
#308405
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Bog'liq
o'g'limga 12 nasihat

«(Ey, Muhammad) ayting: "Ey, kofirlar! Men sizlar ibodat 

qilayotgan narsaga ibodat qilmasman. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat 

qiluvchi emasdirsizlar. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman. Va 

sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emasdirsizlar. Sizlarning 

diningiz o'zlaringiz uchun, mening dinim o’zim uchundir».

 

O'g'lim Musomurod! Ixlos surasi e'tiqod yo'lida bilim bersa, Kofirun surasi esa Allohga ibodat yo'lini 



ko'rsatadi. 

Sevimli o'g'lim! Surai tavhid Allohning yagonaligini, barcha narsaning Unga muhtojligini, tug’magan 

va tug'ilmaganligini, tengi va o'xshashi yo'qligini bayon qildi. Tavhidni anglagan inson ibodatga 

munosib zot yolg'iz Alloh ekanligini bilishi kerak. 

O'g'lim! Ixlosi Sharifdagi «ahad» so'zi faqat Allohgagina xos bo'lgan birlikdir. Bu birlik hech bir 

maxluqning birligiga o'xshamaydi. 

O'g'lim! Biz «QUL HUVALLOHU AHAD» deb Allohni o'ziga xos yagonaligini bayon qilamiz, ya'ni, 

Alloh birdir deyish bilan Alloh zotida, sifatida birdir degan bo'lamiz. Sen ham: "Otajon, Alloh zotida 

birdir nima degani?" deyishing mumkin. 

Suyukli o'g'lim Musomurod! Bu muhim masalani senga tushuntirayin, diqqat bilan tingla! Alloh 




O’g’limga 12 nasihat. Muhammad Kamol 

 

 



www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

6

zotida birdir degani, Alloh yaratgan mahluqotlardek bir qancha narsalardan paydo bo'lgan emas. 



Allohning bu o'ziga xos birligi yaratgan mahluqlarining birligiga o'xshamaydi. O'g'lim! Alloh zotida 

birdir deyish bilan Uning hech bir birlikka o'xshamasligini, o'ziga xos birlik ekanligini bayon qilamiz. 

Alloh amalida birdir degani — Allohning qilgan ishlarida sherik yo'qdir deganidir. Chunki kishilar ojiz 

bo'lgani uchun ishlarini sherikchilik bilan qilishadi, bir-biriga ko'maklashishadi. Holbuki Alloh hamma 

narsaga qodirdir. Qilgan ishlarida sherigi yo’q. Hamma narsani O'zi xohlaganidek qiladi. 

Sevimli o'glim Musomurod! Alloh sifatida ham birdir, ya'ni Allohning tengi, o’xshashi yo'qdir. Alloh 

yaratgan mahluqlarining hech biriga o’xshamaydi. 

«QUL HUVALLOHU AHAD» deyish bilan inson Allohning zoti, sifati va amalida birligini eslaydi, shu 

birlikka qullik qiladi. Aks holda, insonlar avval zalolatga botganlar holiga tushadi.  

O'glim Musomurod! Shuning uchun payg'ambarlar insonlarni tavhid yo'liga da'vat qilishgan. 

Payg'ambarimizning(s.a.v.) ham ilk da'vatlari shunday bo’lgan, ya'ni Rasululloh(s.a.v.) butun 

insoniyatga xitoban: «LA ILAHA ILLALLOH» denglar, najot topasizlar, derdilar. Dinga da'vat va 

islomning ilk sharti «LA ILAHA ILLALLOH» — kalimai tavhid bo'ldi. Barcha anbiyolarning da'vati ham 

shudir. 


Shuning uchun tavhidni bilish sening birinchi vazifangdir. Men ham senga birinchi nasihatni 

tavhidni anglatishdan boshladim. 

Ey o'g'lim! Bu nasihatlarimni yaxshilab uqib ol! Qalbing tavhid nuri bilan nurafshon bo'lsin. Haqiqiy 

musulmon farzandi bo'l. Allohni tanib, Unga sajda qilgin. Bu esa eng go'zal saodat va Allohga 

ishonchning asosidir. 


Download 175,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish