www.ziyouz.com kutubxonasi
28
— Yo‘q, oqshom bo‘ldi. Otang keladi, uyda bo‘lishimiz kerak. Xayrlashdilar. Momo ikki
go‘dagini yetaklab, insoniy maqomning baland pog‘onasida, muruvvat cho‘qqilarida
viqorli qadamlar tashlab ketayotgan bu xonimga ko‘ksida ajib tuyg‘ularga to‘lgan holda
qarab qoldi. ko‘cha muyulishiga yetguncha kuzatib turdi. So‘ng ichkari kirdi. Endi ularni
ko‘ngli bilan kuzatardi. Ko‘ngilning kuzatishi uchun ko‘zning ko‘rishi shart emas. Lablari
pichirlab duo qildi: «Alloh sendan rozi bo‘lsin, qizim!»
Tonglab Odilbek bozorga chiqayotganda Fotimaxonim unga picha pul berdi.
— Bunga qand olib keling. Hozirlnk ko‘rayin. Odilbek pulni qaytardi.
— O’zim ololmaymanmi, Fotimaxonim! Olib qo‘ying.
— Mavludni men o‘qitaman. Qandini olish mening zimmamda. Xoxlasangiz siz ham
uning ruhiga istaganingizni bag‘ishlang.
Odilbek indamasdan pulni olib ketdi.
* * *
Mavludga kelganlar unchalik ko‘p emas. Xayriyaning onasi,Odilbekning ammasi va
holasi, Fotimaxonnmning onasi, ko‘shnilardan to‘qqiz-o‘ntasi va mavlud o‘qiydigan
otinoyi.
Fotimaxonim ko‘pchilikni xohlamadi. Shovqin-surondan boshqa narsa bo‘lmaydi deb
o‘yladi.
Taklif etilganlar mavlud Xayriyaxonim nomiga o‘qilganini eshitgach, Fotimaxonimni
tabrikladilar. Bir-birlariga “Xonimlik mana bunday bo‘pti-da», deyishdi.
fotimaxonimning fikricha, bu mavlud Xayriyaxonim ruxi pokiga bag‘ishlanganini aytish
lozim emas edi. O’zini ko‘rsatishni yaxshi ko‘rmasligini bilganlar — biladilar.
Qadrlaydilar. Uning bu tushuntirishdan asosiy maqsadi nima ekanini bilganlar har holda
uning bu harakatini ma’zur ko‘rsalar kerak.O’lgan kundoshiga chin dildan hurmat
ko‘rsatgan xonimlar soni bir shahardagi mahalla boshliqlaridan ozrokdir.
Fotimaxonimning shu guruhga mansubligi bnlinishi zarur. Bolalarga o‘gay onadek emas,
o‘lgan qarindoshining bolalariga qaraganday qarashini mahalla ayollari bilishlari shart.
Bilsinlar, toki bundan buyog‘iga bolalarning qulog‘iga yetim ekanini aytib, pichir-pichir
qilmasinlar. Mana mavlud o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad va g‘oya. Yo‘qsa,
Xayriyaxonimga sadaqa sifatida o‘qilishi kerakmidi? Fotimaxonim kelganidan beri biror
kun uning haqiga duoi hadya etmakni unutgani yo‘q.
Eshigiga kelgan faqirni sevintirarkan, ehsonini mutlaqo Xayriyaxonim nomiga atadi,
kechgacha unga oid moldan o‘zi uchun sadaqa qilish muruvvatga zid ekanini har gal
vijdonidan eshitib turdi.Daraxt soyasida dam olib mevasidan totib, ekkanni va
yetishtirganni duo qilish insoniylikdan hisoblanganidek, Xayriyaxonimning mehlari
singgan xonadonga kelib, ko‘nglida unga nisbatan yomonlik tuymadi. Tez-tez agar men
o‘lib, bolalarim boshiga bir xotin kelib, ne qilsa mamnun bo‘lardnm deb ba’zan
Xayriyaxonim parda ortidan bolalariga munosabatimni kuzatadi deya qabul qilish, faqat
bularni Xayriyaxonim mamnun bo‘ladi deb emas, Alloh
rozi bo‘lishini tushunib, uning
amrini ado etayotganini anglash, unga xos bo‘lgan va ayni o‘rinda ta’kidlanishi zarur
xususiyatlardandir.
Aytishga oson. Masalan, yuvib tozalangan kiyim yarim soat o‘tmasdan yana yuvadigan
holga kelishi. Odilaning
OV
qatlanishida peshband taqimiga ko‘nmay, ovqatni libosiga
to‘kishi, Husayinning o‘ynayotganda yiqilib hamma yog‘ini loy qilishi kabi son-sanoqsiz
hodisalar... Bular qarshisida sabru tahammul ko‘rsatib, bolalarni Ismoil, o‘zini Saniha
o‘rniga qo‘ymaslik, hatto o‘z farzandini bu holda ko‘rib yomon so‘zlar aytadigan ayollar
saviyasiga tuymaslik buyuklikning ifodasidir.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |