www.ziyouz.com kutubxonasi
77
bu molni bergan va xoxlaganida olib qo‘ya oladigan qudratga ega Allohga kul ekanini
anglasa, bas. Pulga kul bo‘lmasa, uyida puldan boshqasiga o‘rin qoldirmaydiganlardan
bo‘lmasa, pul uchun Alloh rizosnni tark etish o‘rniga Alloh rizosi uchun pulidan kecha
oladigan, pul va mulk ortishi ochko‘zlikni emas, shukrini orttirishi lozim. Alloh yo‘lida bir
pog‘ona yuksalmoq uchun pulni bir narvon deb biladi va foydalanadi. Oqshom uyga
kelganda «qan-cha topdim», deb emas, «qanday topdim, harom aralashib ketmadimi?»
deb o‘ylaydi. Odilbekning qanoati shunday bir qanoatdir.
Ha, to‘plagan boyligi hisobini Robbiga qanday berajagini, yaxshi, halol ishlash ham
ibodat ekanini o‘ylagan insonni qanoatsiz deb bo‘lmaydi.
* * *
«Dunyo va oxiratning eng sharafli axloqini senga o‘rgatayinmi? Seni tark etganning
holiga rioyat, seni mahrum etganga yaxshilik va ikrom, senga zulm etganga kechirimli
muojala.»
Rasululloh S.AV.
Tagidan yozma xatlar bilan Husayinning bayram bilan tabriklari, sihat va salomatlik tilab
qilgan niyatlari joy olgandi.
Bu tabrik xati Ismoilning ko‘nglini titratib yubordi. Bu tabrikni olib, o‘n daqiqa o‘tar-
o‘tmas Odila bilan birga Sanixaxonim ko‘lini o‘pmoq uchun yo‘lga otlandi. Shu onda
eshik ochilib bayram tabrigiga kelgan Sannhaxonim kirib keldi. Sanihaxonim xastaligi
paytida Ismoildan ko‘rgan yaxshilik ta’sirida tavba suvida yuvinib, poklanib, Ismoil ham
Fotimaxonimning tashviqi, Husayinning tabrigi ta’sirida muruvvatdan yiroq tuyg‘ularni
quvib, bir-birini hayit bilan tabriklash huzuriga va lazzatiga erishdilar. Bu ularning hayoti
davomida dildan kelgan bir istak bilan «onam», «bolam» deya quchoqlashib ko‘rishgan
ilk bayramlari edi.
Bir soatlar o‘tirgach, ketayotib oyna qarshisida ro‘molini tuzatayotgan Sanixaxonimning
ko‘zlari oynaga pardaga o‘xshatib ilib qo‘yilgan eski bo‘z parchasiga tushdi. Yillar
qa’ridan ko‘ngilsiz bir xotira jonlandi. Bo‘z ko‘rpachasiga g‘ariblarcha ko‘l uzatgan jajji
yetim Ismoil ko‘z oldiga keldi. Ro‘molini tuzatgan bo‘lib bo‘zni oldi, ko‘zyoshlarini unga
artdi va joyiga qo‘ydi. Uydan chiqarkan lablari pichirlab, shu bo‘zdan bo‘lgan libos
egasiga «Fotiha» o‘qirdi.
* * *
Husaynn Istambuldan tahsilni tamomlab kelgach, birdan ishga joylashmasdan avval
askarlik burchini o‘tab kelishni o‘ylab yurardi. Lekin onasining bir yil bo‘lsa ham
o‘qituvchilik qilib ismingni, kasbingni mustahkamla degan taklifini qabul qilib foyda
ko‘rdi. Haqiqatan bu o‘zi uchun yaxshi bo‘ldi.
Bir yildan so‘ng askarlikka jo‘naydigan Husayinni kuzatmoq uchun kelganlar uyni
to‘ldirdi. Odila bilan Samiha og‘alarining safar xaltasini hozirlar, o‘g‘illarini askarlikka
yuborganlar xotiralarini so‘zlardilar. Vaqt yaqinlashgan sayin hayajon ham ortib borardi.
Nihoyat ayriliq daqiqalari kelganda erkaklar tarafida o‘tirgan Husayin onasining qo‘lini
o‘pmoq, qarindoshlari bilan xayrlashmoq uchun ichkari kirganida hayajon so‘nggi
nuqtaga yetdi. Husayin:
— Ona, duo qiling, — deb qo‘lini o‘pib quchganda ko‘zlar yoshga to‘ldi, orqasiga o‘girilib
ro‘molchasi bilan ko‘zlarini artganlar bo‘ldi. Fotimaxonim o‘g‘lini quchgandan so‘ng,
ma’yus, lekin samimiy ovoz bilan shunday dedi:
— Qara o‘g‘lim, bugungacha senga qaramoq bizning vazifamiz edi. Bugundan so‘ng
bizga qaramoq sening vazifang bo‘lur. Hayotingda o‘tashing kerak bo‘lgan vazifalarning
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |