www.ziyouz.com kutubxonasi
60
Husayin ketdi. Eshikdan ichkari kirgan momoning ko‘zlari yoshli edi. Bu yoshning sababi
o‘zining kuchi yetganda boshqalarga yordam etolmaganlik pushaymonidan edi. Boshqa
birov bu yeshlarning sababini yaxshnlik qilishni sevadigan bir insonni uchratganidan
paydo bo‘lgan tuyg‘ular tufayli deb tushunishi mumkin. Hech tanimagan bnr bola yukini
ko‘tarib keltirib bergani va o‘z nevarasidan bunday olijanoblik ko‘rmagani nazarga
olinsa, insoniylikdan uzoq bo‘lgan nevaradan haqorat ko‘rishi, og‘ir so‘zlar eshitishi,
katta ona o‘rniga «sassiq kampir!» deya baqirishi, o‘zining shu ahvoliga rozi bo‘lib shukr
etishi hisobga olinsa, ikkinchi qarashni oldinga surganni haqli deyish ham bemalol
mumkin.
Husayin keksa ayoldan ajrashgach, uyga keldi. Ko‘z oldida kechgan va ikki ayolning
bahsi yaxshilik va yomonlik kurashiga o‘xshagan bu hodisani o‘ylamasdan bo‘lmasdi.
Uyimda bir haftaga yetgulik yeguligim bor deb berganni olmaslik buyuk fazilatdan darak
bo‘lsa kerak. Momoning o‘sha yuqori tabaqaga mansub kibor xotinni sharmanda va
parishon qilishiga nima deysiz?! Bular bir zamonda yashagan ikki guruhga mansub
ayollar timsoli. Bir tarafda erining ko‘z o‘ngida ochiq-sochiq holda ko‘cha kezgan va
o‘zidan balandga egilib, zaifni surib o‘tadigan, amal-taqal qilib turmushga chiqib olgan
hayosizlar; ikkinchi tarafda og‘zidagi nonni birovga ilingan, tizzasidagi yarani o‘z
tug‘ishganiga qo‘rsatmoqdan or qilgan, uyalgan, nomusini boshiga ko‘targan, nomus
uchun hayotini seva-seva fido qilishga tayyorlar...
Husayinning onasi ikkinchi guruhga mansub. Bu guruhning timsoli — munosib qobiliyatli,
qiladigan ishini o‘ylab, mutlaqo Alloh rizosi uchun ado etadigan bir ona...
Bu yil o‘n oltiga kirgan Husayim, shu choqqacha tasodifan bo‘lsin, onasini boshi ochiq
yoki yalang‘och holda ko‘rgani yo‘q.
Husayin onasiga shohidi bo‘lgan hodisani aytib bergach, so‘zini shunday tugatdi:
«Mening onam, onajonim, bilsangiz, sizni shunday yaxshn ko‘ramanki... Mening
yonimda go‘yo bir begona borday doim o‘ranib, yopinib yurasiz».
— O’ranishimni «mendan chekinish» deb o‘ylaysanmi? Onalar o‘g‘illaridan chekinib
o‘ranmaslar, men ham sendan chekinmasman. Seni nomahram sanasam, kimim qolur
mening bu dunyoda?! Sen bo‘lmagan paytlarda, Odila va Samihaning yonida ham shu
holda bo‘laman. Ular oldida ham boshim o‘rog‘liq yuraman, yolg‘iz qolganimda ham shu
holdaman.
— U payt kimdan qochib, o‘ranasiz?
— Bil. O’zing bil kimdanligini!
Fotimaxonim Husayinga yoshligida dugonalariga bergan javobni aytdi. Shu qadar
samimiy so‘zlagani o‘n yillardan keyin ham tasdiq bo‘ldi.
Husayin bu yil to‘rtinchi sinfda, o‘n kundan keyin keladigan jumaga xutba o‘qish uchun
tayyorlanish topshirilganini aytgach:
— Qaysi mavzuni tanlasam, ona? — dedi.
— Hozirgina aytganlaring go‘zal mavzularku, o‘g‘lim? Bularning boshi moda. Moda
haqida tayyorlan.
Haqiqatan go‘zal mavzu topilgandi.
* * *
O’n kundan so‘ng juma namozi uchun minoralardan taralgan azon sasi mo‘minlarning
juma ekanini unutmasliklarini ta’min etarkan, uyning bir burchida, joynamoz ustida,
butun borlig‘i bilan yaratganga yuzlanib, o‘g‘li o‘kiydigan hutbada yanglishmasligini, shu
xutba sababli yo‘llaridan adashganlar yana haq yo‘lga va o‘zlariga kelishlarini duolar
qilgan bir o‘gay ona bor edi. Yillar davomida, qat’iy iroda, tuganmas sabr va o‘gay emas,
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |