Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 


 
IV PARDA 
Sahna  Ortiqboyning  uyi,  hovli-sahni  va  yo`lak  ko`rinib  turadi.  Parda  ochilish  oldida 
to`y-hashamning  harakati  bo`lib,  bolalar  o`ynab  yurgan  bo`ladi.  Sunray  ovozi  eshitiladi. 
O`rtaga olov yoqiladi – childirma bilan yor-yor —eshik oldida kuylaydi. 
 
YOR-YOR 
Kuyib yonib o`rtangan parvonaman yor-yor, 
Bul yor uchun jonimni qurbon qilay yor-yor. 
 
Yor-yor aytib eshikdan qizlar keldi yor-yor, 
Kelin salom qildilar qizlar yor-yor. 
 
Hay-hay o`lanjon o`lan-o`lan ko`pdir yor-yor, 
Har bir so`zi – gavhar yagonadir yor-yor. 
 
Bulbulsifat har gavhar navo qilay yor-yor, 
Majnun kabi o`zini shaydo qilay yor-yor. 
 
Tilla anjom keltirdilar yor-yor, 
Yor-yor aytishib o`ynashib barcha qizlar yor-yor. 
 
Hay-hay o`lan jon o`lan jonon ko`pdir yor-yor, 
Har bir so`zi gavhar – yagonadir yor-yor. 
 
Haq do`stiga dunyoda jafo ko`pdir yor-yor, 
Oshiqlarga olamda balo ko`pdir yor-yor. 
 
So`zlatilur so`zla kel olar uchun yor-yor, 
Yig`la ko`zim, yig`la alar uchun yor-yor. 


 
Hay-hay o`lan jon o`lanjon ko`pdir yor-yor, 
Har bir so`zi gavhar – yagonadir yor-yor. 
 
(Xoljon  xola  palak  oldida  “assalomu  alaykum  kelin  salom  avvali  hudoyimga  salom” 
deb olov atrofida aylantiradi) 
Musiqa – Andijon samasi 
O`yinchi  qizlar  o`yinga  tushadilar.  O`yin  tugagach  Xoljon  xola  kuyovni  kelin 
tushadigan xonaga olib kira turib, kuyov tomonlarni chaqiradi. 
 
Xoljon  —  Assalomu  alaykum  kuyov  salom.  Qani,  hoy  kuyov  yasovullari,  kel. 
(yonidagi  xotin  alik  salom.  Bir  ozdan  so`ng  kelin  bilan  kelin  tomon  ham  uyga  kiradilar. 
Qoida  bo`yicha  tortishmachoq  bo`ladi,  keyin  palakni  ko`tarib  ikki  tomonga  yo`l  ochiladi. 
Kuyov  qizning  o`ng  oyog`ini  bosib,  ko`tarib  keta  turib  yiqiladi,  kelin  bilan  kelinni 
go`shangaga o`tqazib, fotiha qilib, sochiqni sochadi, kuyov maqtovi). 
Xoljon — Aylanay boy, pochchajon qalliq muborak bo`lsin. O`rgilay Norxonim kelin 
muborak bo`lsin.  Aylanay Rokiyabonu kuyov  muborak  bo`lsin. O`rgilay otin qizim  qalliq 
muborak bo`lsin. 
(Kuyov pul chiqaradi. So`ng kuyov bilan kelinni yarashtiradilar,  
yarash-yarashdan so`ng) 
Ortiqboy  —
 
(Bir-ikki  sekin  yo`talgan  bo`lib)  Halimajon,  jonidan  yaqinroq  o`ltiring, 
endi u gadoni uniting! 
H a l i m a — (Sekin Ortiqboyga qaraydi-da, juda qo`rqib) Dod!.. (deb qichqiradi) 
(Hamma xotinlar qo`rqib yugurganicha go`shanga atrofiga yig`iladilar) 
Ortiqboy — Xoljon, men mehmonxonaga chiqa qolay buguncha! 
Xoljon  —  (Xoljon  xola  Ortiqboyni  olib  chiqib  keta  turib)  Peshonangiz  buncha  sho`r 
bo`lmasa! 
R o k i y a — Hoy, Halima, Halima, nima bo`ldi qizim? 
H a l i m a — Oyi,oyijon, meni qutqaring! 
R o k i y a — NIma, qani,qani?! 


H a l i m a — Yonimdagi devdan qutqaring, onajon! 
X o l j o n — Bolam, unday dema ul seni erring Ortiqboyku! 
H a l i m a — Oh… (deb, o`zini tashlab hushidan ketadi, |qizga suv berishadi. Halima 
bir oz o`ziga kelgach boshqa xotinlar ikkinchi uyga chiqib ketadilar) 
(Xoljon xola ham tinchlanib chiqib ketadi) 
H a l i m a  —  Onajon,  meni  bir  oz  o`z  holimga  qo`ying.  (onasi  ham  chiqib  ketadi, 
xotinlar uhlab qoladilar) Men bul devga hotin bo`lmayman, vafodorimning oldiga borishim 
kerak.  (Qo`rquv  bilan  hayajonda  turib  ro`molini  boshidan  olmoqchi  bo`lib  turganda, 
Ne’matning ruhi ko`rinadi) Kel-kel, keldingmi! Meni ko`rgani keldingmi? 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish