«ABULFAYZXON» HAQIDA
Pyesada akasini o’ldirtirib taxtga chiqqan va keyin «Podshohlik qon bilan
sug’arilaturg’an bir og’ochdir» degan aqidaga amal qilib safdoshlarini qatag’on qilib,
oxiri o’zi shu qilmishlarining qurboniga aylangan Abulfayzxonning fojiali tarixi hikoya
qilingan.
Asar ilk bor 1926-yili rejissor Kamol 1 tomonidan sahnaga qo’yilgan. Kamol 1
Abulfayzxon, A. Sulton Nodirshoh, B. Bahodirov Rahimbiy, Hojiqurbon Nazarov Xayol
rollarini o’ynagan.
1990-yili Qashqadaryo (rejissor B. Nazarov, Abulfayzxon — H. Amirqulov,
B. Rahimov, Nodirshoh — O. Beganjiyev), 1994-yili Milliy akademik drama teatr (rejissor
M. Azimov, Abulfayzxon — E. Komilov)larida sahnalashtirilgan
.
Do'stlaringiz bilan baham: |