Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


SPEKTAKL HAQIDA IKKI ALLOMA SHARXI



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

SPEKTAKL HAQIDA IKKI ALLOMA SHARXI 
  Xalqqa vijdonan xizmat qilish, halollik va vijdoniy poklikni madh etish, hayotimizda 
hali  ham  uchrab  turadigan  ta`magirlik,  xudbinlik,  xaromxo’rlik,  vijdonsizlikka,  shu  sarqit 
qoniga  singib  ketgan  individualist  va  meshchanlarga  qarshi  kurash  dramaning  g’oyaviy 
asosidir…  “Imon”ning  afzalligi  shundaki,  unda  konflikt  keskin  kurash  jarayonida  ochila 
boradi,  bu  esa  tomoshabinning  qalbi  va  ongiga  oziq  beruvchi  o’tkir  dramatizmni  vujudga 
keltiradi.  Qahramonlarning  xarakteri  ham  kurash  jarayonida  yorqin  psixologik  tusga  kirib 
boradi…  Ular  (rejissyorlar  Q.  Xo’jayev,  A.  Qobulov  –  S.T.)  dramaning  g’oyaviy 
mazmunini  to’g’ri  tushungan,  ijobiy  va  salbiy  kuchni  bo’rttirib  ko’rsata  oladigan,  nozik 
psixologik kechinmalarni ro’yi-rost ifoda qiluvchi mizanstsenalar yaratgan. 
  Professor  Yo’ldosh  Komilov  rolini  atoqli  artist  Olim  Xo’jayev  bajaradi.  Sahnada 
intelligensiya vakillarining ko’pgina obrazlarini yaratgan Xo’jayev bu gal ham yorqin, esda 
qoladigan obraz yaratgan. Uning ijrosidagi samimiylik va tabiiylik kishini maftun etadi.  
 
Ozod Sharafiddinov, Sulaymon Azimov. Vijdon qo’shig’i  
“Qizil O’zbekiston” 1960 y. 28 iyun 149 son. 
 
Quyida asardan Komilov va Sanjarov sahnasi berildi. 
 
  SANJAROV: O’g’lingdan qo’lyozmani talab etma. Yopiq qozon yopig’icha qolsin. 
  KOMILOV:  Endi  meni  ham  jinoyat  yo’liga  tortmoqchimisan.  O’g’limni  jinoyatchi 
qilganing yetmasmidi? 
  SANJAROV:  Men  tufayli  o’g’ling  kandidat  bo’lib  oldi,  doktor  bo’ladigan  bo’lib 
turibdi. Men senga yaxshilik qildim.  
  KOMILOV:  Ayyorlik  qilma.  Sen  mendan  qasos  olish  uchun  mening  o’g’limni 
jinoyat yo’liga tortgansan. 
  SANJAROV: Qirq yillik do’stimda mening nima qasosim bo’lishi memkin? 
  KOMILOV: Sen endi do’stlikni tilga olma, ablax. 
  SANJAROV: Haddingdan oshma! 
  KOMILOV:  Yo’q men bugun haddimdan oshaman, toshaman. Ha, sen meni birinchi 
martaba  do’stim  deb  ataganingda  men  buni  quvonch  bilan  qabul  etgan  edim.  Yosh  qalb 
uchun  “do’stingman”  degan  so’zdan  ham  jozibaliroq  narsa  bo’lishi  mumkinmi?  Ammo 
o’sha vaqtdayoq biz, sening maktabdosh do’stlaring yaxshi bilar edikki, sen do’sting uchun 
o’zingni na o’tga, na suvga urasan, faqat bir masalada sen bir kunda yuz marta ham o’tga, 
ham  suvga  urishga  tayyorsan.  Pul  masalasida.  Ha,  pul  masalasida.  Ko’p  o’tmay  sen  pul 
topishning yashirin, ammo samarali yo’llarini o’rganding. Men sendan sovudim. 
  SANJAROV:Men ham senga yopishib olganim yo’q edi. 
  KOMILOV: Men o’sha vaqtdayoq sendan tamom yuz o’girishim, hech tortinmasdan 
senga  “yo’qol”  deyishim  kerak  edi.  Afsuski  demadim,  ko’ngilchanlik  qildim…  Yillar 
o’tdi… 
  Ha,  o’sha  yillari  ham  sen  do’sting  Komilovni  unutmading.  To’rt  yillik  urush  va 
buning  ustiga  senga  o’xshashlarning  haromxo’rligi  natijasida  dosent  yarim  och,  yarim 
yupun  edi.  U  xatto  leksiyalarni  ham  qayerdandir  orttirgan  birgina  shinelini  yechmasdan 
turib  o’`ir  edi.  Faqat  auditoriyaning  sovuqligi  uchun  emas,  balki  shineli  tagida  obro’liroq 
kostyumi  yo’qligi  uchun  ham  dosent  Komilov  shunday  qilishga  majbur  edi.  O’shand  sen  


dosent  Komilovga  marhamatlar  qilib,  katta  sovg’alar  bilan  uning  uyiga  kelding  va  u  seni 
o’z uyidan xaydab chiqardi. Bu – Komilovning eng baxtiyor kunlaridan biri edi. Ne uchun 
men ana shu dosent Komilovligimda qolmadim… 
  Sen  mening  tilimni  qisib  qo’yish  yo’lini  topolmay  xunob  eding.  Nihoyat  bunga 
imkon  tug’ildi.  Marhum  professorning  qimmatli  qo’lyozmasi  qo’lingga  tushdi.  Sen  bu 
qo’lyozmani  o’zingniki  qilolmasdinig.  Chunki  sening  qo’lingdan  bunday  ish  kelmasligi 
hammaga ayon, sen sharmanda bo’lar eding.  Ammo qalloblikka o’rgangan ko’ngling endi 
senga  tinchlik  bermaydi.  Sen  yusupovning  qo’l  yozmasidan  ham  o’zing  uchun  manfaat 
chiqarish  yo’lini  axtarasan.  Shunday  qilib,  ham  mening  uyimda  o’zingga  sodiq  qo’l 
topasan,  ham  kezi  kelganda  o’glimning  jinoyatini  menga  pesh  qilib,  tilimni  qisish 
imkoniyatiga  ega  bo’lganingga  ichingdan  quvonib  yurasan…  Bugun  o’glimning  sirini 
ochishdan maqsading ham bizni o’z yo’lingga solish edi… 
  SANJAROV:  Yo’ldosh  meni  qo’yatur,  o’g’lingni  o’yla.  O’g’lingga  shafqat  qil. 
(Hammaga)  Buncha  endi  fanatik  bo’lmasanglar!  Axir,  odammisizlar  o’zinglar!  Nahotki 
sizlarda shafqat yo’q? 
  OZODA: Akamning shafqat talab etishga haqi yo’q. 
  KOMILOV: Orif qilmishiga yarasha jazo tortishi lozim. 
  SANJAROV:  (qattiq  tashvishda)  Hoy,  Yo’ldosh,  bu  nima  zolimlik?  O’g’ling  nima 
qiptiki, sen unga munchalik qahr qilasan? Orif birovning ishini o’ziniki qilgan bo’lsa, nima 
bo’pti?  Dunyoda  birovning  haqini  yemagan  kim  bor?  …  Hayotda  doimo  birov  birovning 
haqini  yeydi.  Birovning  haqqini  yeyishdan  hazar  qilsang,  hayotdan  qonib  lazzatlana 
olmaysan kishi. Hayotning, butun tabiatning qonuni shu. Hayot – bir dengiz. Agar dengizda 
nahagga o’xshash katta baliqlar kichik baliqlarni yeb turmasa, baliq ko’payib ketib, dengiz 
qurib qoladi. 
  KOMILOV:  A-a!  Ana  endi  sen  umringda  birinchi  martaba  niqobingni  tashlading, 
nahang! 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish