Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

AYAJONLARIM 
Ikkinchi ko’rinish
 
B o’ s t o n.  Xudoga  ming  qatla  shukur,  tortgan  azoblarim,  Karimjonning  mehnatlari 
bekor  ketmadi.  Mana,  o’g’ilginam  o’qishini  bitirib  kelyapti.  Sizning  ham  peshonangiz 
yorug’ ekan, quda! Ammo lekin bor bisotim ketib, o’g’lim qarzdor-abgor bo’lsa ham to’yni 
katta qilaman! Dushmanim ko’p! 
T o’ t i n i s o. Sizda dushman nima qiladi quda! 
B o’ s t o n.  Undoq  demang!  Sizning  ham  dushmanlaringiz  ko’p!  O’n  bir  mahalladan 
odam aytaman! 
T o’ t i n i s o. Qishloqda o’n bir mahalla yo’q-ku, quda! 
B o’ s t o n.  Shunaqami,  qachonlar  yettita  edi,  hali  ham  o’n  bitta  bo’lgani  yo’qmi? 
Xo’p, mayli. Yetti qop guruch damlataman! 
T o’ t i n i s o. Uch qop! 


B o’ s t o n.  Mayli  to’rt  qop  bo’la  qolsin!..  Bu  Mukarramxon-u,  Halimaxon-u, 
Tamaraxon-u... hammasini  mashinada oldirib kelaman!  Hammasini chakkasiga  o’z qo’lim 
bilan pul qistiraman!.. (
Birdan
) Odam sig’ishmaydi, quda, devorni buzamiz! 
T o’ t i n i s o. Buzmasak bo’lmaydi, hozir hamma to’y qilganda devorini buzyapti! 
B o’ s t o n  (
lippasidan  pul  olib  beradi
).  Siz  guzarga  chiqing,  handalak,  meva-cheva 
oling!  Yo’q,  guzarga  o’zim  chiqaman,  siz  borib  Xayrixonni  olib  keling!  Ishdan  javob 
so’rasin! 
T o’ t i n i s o. Voy, quda, qo’ya turing, qiz narsa... ishdan kelib ko’rgani kirar! 
B o’ s t o n.  Bunaqa  eskicha  gaplarni  qo’ying!  Hozirgi  zamonda  qiz  bilan  yigit 
ko’chalarda qo’l ushlashib yuradi, rayonga futbol ko’rgani boradi! Hech aybi yo’q! 
T o’ t i n i s o.  Shuni  aytaman-da,  qo’l  ushlashib  yurgan,  loaqal  xat  yozishgan  bo’lsa 
ham mayli edi! 
B o’ s t o n.  Hamma  ayb  sizda!  Mening  o’g’lim-ku  indamas,  siz  Xayriga  aytib  xat 
yozdirsangiz bo’lmasmidi! 
T o’ t i n i s o.  Voy,  Xayri  nega  xat  yozar  ekan,  Karimjon  yozishi  kerak,  bulbulning 
ham erkagi sayraydi! 
B o’ s t o n.  Karimjon  sayraydigan  bulbul  emas,  shuning  uchun  o’zim  sayrab 
yuribman-da! Xo’p mayli, guzarga o’zim chiqa qolay. Siz xamir qiling, patir yopamiz. Un 
oshxonada (
chiqadi
)... 
T o’ t i n i s o. ...Mehmon ketdimi? 
K a r i m j o n. Yo’q, yuvinyapti... 
B o’ s t o n. Iye, nega yuvinadi, falokatini birovning uyiga tashlab ketadimi? 
K a r i m j o n. Falokati yo’q, sharofatli qiz! 
B o’ s t o n. Shunaqami... Falokati ham boshini yesin, sharofati ham! Sharofatli qiz bir 
yigitning ketidan ergashib  yuradimi?  Bundan tashqari, oladigan  odamning sho’ri, tug’mas 
xotin chiqadi, aftidan shundoqqina ko’rinib turibdi. 
K a r i m j o n.  Ayajon,  birovning  bolasi  to’g’risida  shunaqa  gaplarni  aytgani  qandoq 
tilingiz  boradi?  Shu  ham  sizday  bir  mehribon  onaning  farzandi-ku!  Birov  mening 
to’g’rimda shunaqa gaplarni aytsa, siz nima der edingiz? 
B o’ s t o n.  Bunga  o’zing  javob  qilasan!  Javob  qilolmaysanmi?..  Men  bir  nima 
deyotganim  yo’q,  nihoyati,  «birovning  uyida  yuvinmasin»,  dedim.  Shuni  ham  aytganim 
yo’q!..  (
Birdan.
)  Hoy,  menga  qara,  bu  qizni  muncha  yalab  qolding?  Oralaringda  bir  gap 
bormi? 
K a r i m j o n (
botinolmay
). Bo’lsa-chi? 
B o’ s t o n.  Bo’lsa  u  dunyo,  bu  dunyo  rozi  emasman!  (
Yig’laydi.
)  Men  senga  oq  sut 
berganman...  Shunaqa  ekan-da,  doktor  bo’lgandan  keyin  ona  kerak  emas,  ona  roziligi  bir 
pul ekan-da! 
K a r i m j o n. Xo’p, bunga rozi bo’lmasangiz boshqasi... 
B o’ s t o n. Menga boshqasi ham kerak emas! Menga Xayrixon kerak! 
K a r i m j o n. Aya, bunaqa gap yo’q edi-ku! 
B o’ s t o n.  Nega  bo’lmas  ekan,  To’tiniso  ikkovimiz  oyma-oyiga  besh  oydan  beri 
gaplashib  yuribmiz!  Xayrini  yaqinda  ko’ndirdik!  Yig’lay  berib  onasining  esi  ketdi!  Men 
ham yig’ladim! It azobida ko’ndirdik! 
K a r i m j o n. Xayrixon menga «tegaman» dedimi? 
B o’ s t o n. Qiz narsa «tegaman» deydimi, «bir gap bo’lar» dedi. Ko’ngli senda! 


K a r i m j o n. Xo’p, Xayrini ko’nglini bilibsiz, mening ko’nglimni qachon bilasiz? 
B o’ s t o n (
do’q qilib
). Nima, Xayriga ko’ngling yo’qmi? Shundoq qizga-ya? (
Entika-
entika.
)  Husn  desang  tortib  qo’ygan  suratday!  Soch  desang  taqimiga  tushadi!  Sochmisan 
soch! Pazandamisan pazanda! Mehmon kutishda onasini yo’lda qoldiradi! Butun qishloqqa 
bitta  o’zi  dori  bersa  ham  kekkaymaydi,  kattani  katta,  kichikni  kichik  o’rnida  ko’radi! 
Mahallada  to’y-ma’raka  bo’lsa  hamisha  xizmatda!  (
Yig’lamsirab.
)  Umrim  mehnatda 
o’tgan, qarigan chog’imda shunday kelin xizmatimni qilmasa, dunyoga keldim nima bo’ldi-
yu, kelmadim nima bo’ldi... 
K a r i m j o n. Ayajon, Umidaxon ham xizmatingizni qiladi-da, nega qilmas ekan? 
B o’ s t o n (
vahima ichida
). A? 
K a r i m j o n. Yo’q, shunaqa qizlar ham qaynonaning xizmatini qiladi, demoqchiman! 
B o’ s t o n.  Buning  doktor  bo’lib,  bolalarning  qorniga  quloq  soladimi,  mening 
xizmatimni qiladimi? 
K a r i m j o n. Xayrixon ham ishlaydi, ishlab butun qishloqqa dori beradi deyapsiz-ku! 
B o’ s t o n. Xayrini kelin qilsam, uch kunga qolmay ishdan chiqarib olaman! 
K a r i m j o n.  Ishdan  chiqarib  olasiz,  uyda  o’tirib  bitta  o’zingizga  dori  beradimi? 
Shuning o’zi bo’ladimi? 
B o’ s t o n. Men podadan oldin chang chiqarmayman! 
Umida kiradi.
 
B o’ s t o n. Voy mehmon, uyingizda suv yo’qmidi? 
U m i d a. Bor, ayajon bor! (
Yanglishganini bilib.
) Voy... kechirasiz. 
B o’ s t o n. Iye, hech narsadan hech narsa yo’q, meni «ayajon» degani uyalmaysizmi? 
(
Karimjonga.)
 Aya deyapti-ku! 
K a r i m j o n. Kechirim so’radi-ku. 
T o’ t i n i s o (
kiradi
). Quda, oshni suza qoling! 
B o’ s t o n.  Darrov  suzing!  Shoshmang,  Xayrixon  kelsin!  Yo’q,  mayli,  unga  olib 
qo’yamiz. O’zim suzaman. Mehmon qolmasin. Siz choy damlang... 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish