Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

ADVOKATLIK OSONMI? 
 
M e h r i n i s o (
eshikdan kirar, so’rashur. Advokat joy ko’rsatur, o’ltirar
). Jonginam, 
onaginang aylansun, seni daragingni eshutub oldingga keldim. Bizani mahallani yaqinidagi 
Rustambekni  o’g’li  ekansan.  Opaginang  aylansun,  man  boshimdan  o’tgan 


sarguzashtlarimni  sanga  birin-birin  so’ylab  berayin,  san  yaxshigina  quloq  solib,  tinglab, 
xatga yozub turgin. Opaginang aylansun, qo’lingga qalam-qog’ozingni ol. 
D a v r o n b e k.  Xolajon,  avval  gapiraturg’on  gapingizni  cho’zmasdan  qisqagina 
gapirung. Qog’oz, qalamga navbat keyin keladur. 
M e h r i n i s o.  Opaginang  aylansun,  dunyoni  mani  xasratimga  quloq  soladurg’on 
odam ham bor ekan. Dod-faryodimga yetadurg’on kishini endi topdim. O’n besh yildan beri 
man baxti qaro sho’rlik... Bir qimorbozni  qo’liga tushub, o’tga  yoqilub, toshga chaqildim. 
Kuyub-o’rtanub  cho’b-ustuxon  bo’lub  ketdim.  Rahmatlik  ota-onam  bor  vaqtida  bu  yigit 
o’lgur  erim  manga  muncha  zulm  qilolmas  edi.  Ular  o’lgandan  keyin  ayniqsa,  bu  sho’rlik 
boshim  to’qmoq  ostida  qoldi.  Har  kun  ichg’on  oshim  zahar-zaqqum,  ko’rg’on  kunimni  it 
ham  ko’rmasun.  Mani  muttaham  erim  qurg’ur  bir  kun  qimorg’a  yutquzub  kelub,  alamini 
mendan  olsa,  bir  kun  mast  bo’lub  kelub,  man  sho’rlikni  boshig’a  qiyomat  kunini  soladi. 
Ichg’on oshim — zahar-zuqqum, ko’rgan kunum — jahannam. 
D a v r o n b e k.  Xolajon,  bu  yerga  kelishdan  maqsadingiz  nima,  shundan  gapuring, 
gapni ko’p cho’zmang. 
M e h r i n i s o. Opaginang aylansun,  jonginamni qoqay. Mani  hasratlarim  juda ko’p. 
Bir  boshidan  sanga  tushuntirmasam,  maqsadimga  yetmayman,  alamimdan  chiqmayman. 
Etni  tutog’i  bit  —  degandek,  mani  qimorboz  okam  qo’yarda-qo’ymasdan,  ota-onalarim 
bunga  bermaymiz,  desalar  ham  yolg’on-yashiqlarni  gapurub,  maqtab,  shu  zolimni  qo’liga 
mani asir qilub qo’ydi. O’n besh yildan beri it azobin tortaman, dardu hasratlarimni aytayin, 
desam  hech  bir  jonkuyarim  yo’q.  Bir  necha  marotaba  qozig’a  borub  arz  qilg’on  edim. 
Yigitgina  o’lgur  erim  ma’ruz,  rivoyatmi,  allanima  balolar  qilub,  yana  uyiga  haydab  olib 
keldi.  Manga  yo’l-yo’riq  ko’rsatadurg’on  bir  jonkuyar  bo’lmadiki,  u  zolimning  qo’lidan 
man mushtiparni ozod qilsa! 
D a v r o n b e k. Xolajon, endi nima qilmoqchi bo’lasiz, eringizdan chiqmoqchimisiz? 
M e h r i n i s o. Opaginang aylansun, ilojini topsam ul zolimning uyida bir nafas ham 
turmayman. 
D a v r o n b e k.  Eringizni  sizg’a  jabr-zulm  qilishig’a  mahallangizni  domla-imom, 
ellikboshilari sizning tarafingizdan guvohlik beradilarmi? 
M e h r i n i s o.  Opaginang  aylansun,  ijoraxo’r  imom  ila  poraxo’r  ellikboshi  qachon 
man  mushtiparni  tarafi  bo’ladi  deysan.  Qozixonaga  borganda  ham  mahallalari  muttaham 
erimni tarafi bo’lib ketdilar. 
D a v r o n b e k.  Bo’lmasa  endi  eringiz  urgan  vaqtida  qo’ni-qo’shnilaringizdan  ikki 
kishini guvoh qilib keling, manga keling, man ilojini qilaman. 
M e h r i n i s o (
boshini ochub, yarasini ko’rsatur
). Opaginang aylansun. Mani o’tgan 
kuni urgan. Yarasi hali ham tuzalgani yo’q. 
D a v r o n b e k.  Mana  man  sizg’a  katta  ko’chadagi  do’xtirxonaga  qog’oz  yozib 
beraman.  Olib  borsangiz  qo’lingizga,  guvohnoma  qilub  beradur.  Soat  uchda  shu 
guvohnomani  olib  keling,  man  sizg’a  tegishlik  joyga  ariza  yozub  beraman.Tez  fursatda 
zolim eringizdan qutulursiz. 
M e h r i n i s o.  Opaginang  aylansun  (
o’rnidan  turib
),  advokatlik  oson  ish  emas, 
manga o’xshag’on g’arib benavolarni (ng) dodiga yetmoq kerak (
chiqib ketar
). 
A b d u j a b b o r  (

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish