Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


OLMA-OTA FESTIVALI TAASSUROTLARIDAN



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
OLMA-OTA FESTIVALI TAASSUROTLARIDAN 
 
...«Maysaraning  ishi»  spektakli  hammani  shaydo  qilib  qo’ydi.  Bunga  spektaklning 
ochiq maydonda ko’rsatilishi, xalq tomoshasi ruhida ishlanishi sabab bo’ldi.  
Olma-Ota  bolalar  teatri  maydoni.  Zinalarda,  atrofda  keksa-yu,  yosh,  bola-chaqa  g’ij-
g’ij.  Karnay-surnay  ovozini  eshitib,  to’rt  tarafdan  odam  kelgani-kelgan.  Maydonning  ikki 
tomonida  baland  dor  va  simdor,  o’rtada  to’rtta  yog’ochga  o’rnatilgan  Qozi,  Mullaro’zi, 
Hidoyatxon  va  Mullado’stning  qo’g’irchoq  tasvirlari,  yig’ma  yengil  pardalar.  Tomoshani 
dorboz  va  masxarabozlar boshlab  beradilar. Maydonga  oddiy kiyingan qizlar, Cho’pon  va 
uning sevgilisi Oyxon bilan mayin o’ynab chiqishadi. So’ng Maysara paydo bo’ladi. U ikki 
yoshning  yo’lida  to’g’anoq  bo’lgan  Qozi,  Mullaro’zi,  Xidoyatxonlarga  qarshi  o’zicha 
kurash boshlaydi: Maysara, masxarabozlar tusiga kirib olgan erkaklar, ruhi tetik, jasur qiz-
juvonlar  yordamida  Oyxonga  ishqibozlik  qilgan  benomus  shariat  peshvolarining 
sharmandasini  chiqaradi.  Rejissor  Bahodir  Yo’ldoshev  va  ijrochilar  Qozi,  Mullaro’zi, 
Hidoyatxonning  botinini  fosh  qiladilar.  Shu  maqsadda  badihaga  keng  o’rin  berilgan. 
Artistlar  zavq-shavq  bilan  berilib,  yo’l-yo’lakay  so’z  va  harakat  topib,  goh  ruscha,  goh 
qozoqcha so’zlab, ayni chog’da kinoyali o’ynaydilarki, natijada, tomoshabinlar Maysara va 
do’stlarining tantanasidan zavqlanib, ularga qo’shilib o’yinga tushib ketadilar... 


 
Muhsin Qodirov
 va 
Saida Larina

«Navro’z chechaklari», «Sovet o’zbekistoni san’ati» 
jurnali, 1988-yil, 8-son. 
 
Ozarbayjon Mambetov 
— xalq artisti

Qozog’iston teatr arboblari soyuzining raisi. 
Birinchi anjumanda o’zbek hamkasblarimiz g’oliblikni qo’lga kiritgani O’zbekistonda teatr harakati 
faolligidan  dalolat  beradi.  Men  ko’plab  o’zbek  hamkasblarim:  Nabi  Rahimov,  Zikir  Muhammadjonov, 
Yoqub  Ahmedovlar  bilan  og’a-iniman,  sizlarning  teatringizni  yaxshi  bilaman.  Fursatdan  foydalanib 
«Navro’z»  g’olibi  —  «Yosh  gvardiya»  teatri  kollektivini,  iste’dodli  rejissor  Bahodir  Yo’ldoshevni 
erishilgan yutuq bilan chin yurakdan tabriklayman. 
Taymuraz Chxaidze
 — Gruziya xalq artisti, festival jurisi raisi. 
...Spektakllar haqida gap borarkan, men, avvalo, o’zbek birodarlarimiz olib kelishgan «Maysaraning 
ishi»ni alohida ta’kidlashni istar edim. Zo’r ish! Unda qadimiy o’zbek xalq teatrining an’analari shundoq 
balqib turibdi. 
 
J. Anvarovning
 festival ishtirokchilari bilan olib 
borgan suhbatidan.  «Sovet O’zbekistoni 
san’ati jurnali, 1988-yil, 8-son. 
 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish