Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


«RAVSHAN VA ZULXUMOR» FARG’ONA TEATRI SAHNASIDA



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
«RAVSHAN VA ZULXUMOR» FARG’ONA TEATRI SAHNASIDA 
Asar dastlab Muqimiy nomli musiqali teatrda 1957-yilda sahnalashtirilgan. Rejissorlar: 
Z. Qobulov,  M. Mirtolipov.  Bosh  rollarda:  Ravshan  —  M. G’ofurov,  A. Abdurahmonov, 
S. Po’latov: Zulxumor — Sh. Rahimova, E. Jalilova, F. Rahmatova... 
«Ravshan va Zulxumor» asari qator viloyat teatrlarida ham sahnaga qo’yilgan. Quyida 
Farg’ona musiqali drama va komediya teatri spektakli haqida T. Tursunov sharhi berildi. 
Murodjon  Ahmedov  faqat  Ravshan  obrazining  badiiy  siymosini  yarata  olganligi 
bilangina  emas,  balki  ijodiy  ufqining  kengligi,  badiiy  tadbirlarining  anchagina  siqiq  va 
ifodaliligi,  va  ayniqsa,  ariya  tovushining  obrazliligi  bilan  diqqat  va  ibratga  sazovordir. 
Obraz  talqinidagi  dramatik  va  vokal  ifodalarni  bir-biriga  singdirish  bu  artist  ijodida  katta 
o’rin tutadi. Ayniqsa, ariyalar artist og’zidan aytilishi lozim bo’lgan ashuladek emas, balki 
obrazning faqatgina quruq so’z bilan yetkazib bo’lmaydigan ichki kechinmalarini ochib be-
rishga  qodir  birdan-bir  omil  singari  uchib  chiqadi.  Shuning  uchun  ham  barcha  ariyalar 
qahramonning  yangi-yangi  tomonlarini  ochishga  aktiv  yordam  berish  bilan  birga,  o’ziga 
xos  latofat  va  nafislikka  ega.  Fikrimizning  isboti  uchun  «Yor  aylanay  qalpoq  tikkan 


qo’lingdan»  ariyasining  aytilish  san’atini  ko’rsatishning  o’zi  kifoya.  Bu  ariya  muzikasi 
bejiz  obrazning  leytmotivi  bo’lmaganidek,  artist  tomonidan  aytilishi  bilan  Ravshanning 
Zulxumorga nisbatan zo’r hurmat va muhabbatini, cheksiz sadoqatini g’oyat nozik ifodalab 
beradi. Umuman, artist ijodida ariya san’ati yaxshi rivojlangan. 
Hafiza  Ibrohimova  ham  Zulxumor  obrazini  yaratishda  kattagina  ijodiy  yutuqlarga 
erishgan. U gavdalantirgan Zulxumor obrazidagi jasurlik va oqila qizlarga xos noziklikning 
o’z  o’rnida  sezilib  turishi  artistning  qobiliyatidan  darak  berib  turibdi.  Biroq,  artist  ijodida 
obraz talqinining izchilligiga e’tibor yetishmaydi. Shuning uchun ham «Qumrining murodi» 
spektaklida bo’lganidek, bu spektaklda ham obraz rivojining sustligi, dramatik va hayajonli 
holatlarning  bo’shligi  sezilib  turadi.  H. Ibrohimova  jarangdor  va  yoqimli  ovozini 
takomillashtirish ustida yanada jiddiyroq ish olib borsa, yaxshi bo’lur edi. 
O’zbekiston xalq artisti Yahyo Mamatxonov talqin etgan Go’ro’g’li obrazi tugallik va 
originalik  jihatidan  kishini  o’ziga  tortadi.  Artist  Go’ro’g’lini  sodda,  kamtarin  va 
xushchaqchaq  qilib  ko’rsatadi.  Afsonaviy  qahramonlarning  obrazini  yaratishda  ba’zi 
san’atkorlarimizga  odat  bo’lib  qolgan  dabdaba  va  yasama  g’urur  tadbirlaridan  artistning 
tamomila voz kechishi ayniqsa kishini quvontiradi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish