Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


Badriddin andishada. Xudoychilar kiradilar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
Badriddin andishada. Xudoychilar kiradilar. 
 
X u d o y ch i. 
Xorazmshoh shu onda, 
 
Qal’ayi «Sar-jahon»da 
 
Yashirincha omonda 
 
Kuyovning ahvolidan 
 
Xabar olgach u, shu dam 
 
Tartib bo’ldi shu farmon: 


 
Amirga amin-u amon, 
 
Bo’shatilsin tez kuyov, 
 
Qal’a borsin, u darrov! 
 
Farmonni Jaloliddinga beradi. Badriddin xursand. U xudoychiga bir xaltacha oltin 
tashlaydi. 
 
B a d r i d d i n. 
Ehson ollo, oliy himmat shohimizga ofarin! 
 
Soqchilar uni uzr bilan bo’shatmoqchi bo’ladilar.
 
J a l o l i d d i n. 
(
Qat’iy

 
Madomiki, shoh jangdan qochar ovora, 
 
Farmoni ham soqutdir, bu bir xatpora. 
 
(
Farmonni yirtib tashlaydi
). 
B a d r i d d i n. 
Shahanshohning amriga bu isyonkorlik, 
 
Bu islomda fitnadur, oqu padarlik! 
N a s a v i y.  Shomoniy butiga cho’qingan «islom»! 
J a l o l i d d i n. 
Chirik farmon yirtilar. Yirtdi, vassalom! 
 
(
Xudoychiga
). 
 
Shunday najotkor ekan hazrati sulton, 
 
Nega qilar xoinga najotni ehson! 
 
Asoratda yurarkan haramxonasi, 
 
Unga kimdur o’lkaning bir begonasi?! 
 
Yo’qdur mendan boshqa sohibi farmon. 
 
Ogoh bo’lgan azmimdan darbadar sulton! 
 
(
Xudoychilar ketadi.

N a s a v i y.  Na kun ko’rgan, na kecha shunday dahshatni, 
 
Qurt yer ekan ichidan keksa daraxtni! 
 
Afsus buyuk bir davlat bo’lsa-da Xorazm, 
 
Taxt nishlari bo’ldilar beg’ayrat, beazm. 
J a l o l i d d i n. 
Buyur singlim hukmingni, buyur shu mahal — 
 
Ijro qilay hukmingni men ham behayal! 
S u l t o n b e g i m. U ishqidin aynidi, aynidim undan, 
 
Uning yuzin unutdim men o’sha kundan! 
 
Shu qalbaki sevgi uchun toptoldi ko’nglim, 
 
Shu xo’rlangan sevgim der: habisga o’lim! 
 
(
Chodirdan chiqadi

J a l o l i d d i n. 
Ammo ablah tulkining yana aybi bor: 
 
Yurtfurushlik uchun u o’lsin ikki bor — 
 
Ikki marta o’ldirgin bu jallod tez. 
 
Avval o’qqa mixlagin, so’ngra boshin kes? 
B a d r i d d i n. 
Musulmonlar qo’ymanglar, men shohga domod! 
J a l o l i d d i n. 
Kallasini aylantir, ko’rsin el, diyor, 
 
Bilsinlarki, xoinga shu oqibat bor! 
B a d r i d d i n. 
Tavba qildim, valiahd, umrimni ayang. 
 
Bu bir xato, jaholat, ma’murman diltang. 


 
(
Jallodlar Badriddinni olib chiqadilar

J a l o l i d d i n. 
Qo’rqoq o’lur har lahza, mard faqat bir gal, 
 
Soya yanglig’ yuradi biz bilan ajal. 
 
Undan qochsang quvadi, quvsang qochadi, 
 
Yalinmoqning, ajabo, bormi hojati? 
N a s a v i y.  Koshki hech tug’ilmasa xoinlar deyman! 
J a l o l i d d i n. 
Tug’ilsa ham bari bir qirib haydayman! 
 
Ko’rganmisan. Nasaviy, Amudaryoda, 
 
Ba’zan sohil bo’yida yotgan bir xoda — 
 
Tegishadi suvlarning sarkash labiga. 
 
Shunda o’sha xodani sekin, ohista 
 
Qimirlatib sudraydi — to’lqinlar usta. 
 
Tegib-tegib tashlagach suvning bag’riga. 
 
Polvon daryo ortadi uni sag’riga — 
 
Bo’g’ib, ezib girdobda o’ynatar toshlar, 
 
Xorazm dengiziga muttasil boshlar! 
 
Men ham Amudaryoman — o’jar, qasoskor, 
 
Yo’llarimda har to’g’on bo’lur tor-mor, 
 
Farmonim shu: dam olsin biroz lashkarlar, 
 
Yangi hujum amrida kutsin xabarlar! 
 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish