Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
SO’NGGI NUSXALAR 
To’rttinchi ko’rinish
 
(
Parcha
)
 
N e t a y x o n.  Xudo  quruq  tuhmatdan  saqlagin!  Xudoyo  tuhmatchilarning  jazosini 
bergin! Shobarotning bo’yni uzilsin! 
S u x s u r o v.  Ayb  Shobarotda  emas,  bu  ahmoq  idoradagi  g’alamislarga  uzun  kosov 
bo’lib yuripti! 
O b i d j o n. Idoradagi g’alamislar siz bilan nimani talashadi? 
S u x s u r o v.  Iye,  g’o’r  ekansiz-ku!  Nimani  talashar  edi,  o’rin  talashadi!  Amal 
talashadi! 
O b i d j o n.  Hammasi  amal  talashsa,  bir-birining  go’shtini  yer  edi.  Amalparastlik 
amalparastlarni birlashtirmaydi, aksincha... rostini aytsam xafa bo’lmaysizmi? 
S u x s u r o v. Marhamat, men rost gapning gadosiman! 
O b i d j o n (
kulimsirab
). Necha pul oylik olasiz? 
S u x s u r o v. Nima edi?.. Bir yuz o’n so’m... 


O b i d j o n  (
kulib
).  Boshqa  birov  bir  yuz  o’n  so’m  oylik  olib  mana  bunaqa,  kamida 
ellik ming so’mlik imorat solsa, siz nima der edingiz? 
N e t a y x o n (
shoshib
). Voy, zayomdan yutganmiz! 
S u x s u r o v.  Men  indamas  edim,  qo’limdan  kelsa  bitta  qo’yni  yetaklab  qulluq 
bo’lsinga borar edim! 
N e t a y x o n.  Qandoq  qilamiz,  omad  ekan-da,  omad  kelsa,  yutuq  ketingdan  quvlab 
yurarkan. «Pobeda»miz ham yangi edi, yaqinda lotoreyadan «Volga» yutib oldik. 
O b i d j o n.  «Volga»laring  ham  bormi,  men  ko’rmabman...  Yutuq  yaxshi  narsa. 
Yutuqqa  chiqqan  pul  barakali  bo’ladi,  deyishadi.  To’g’ri  bo’lsa  kerak,  birovlarning 
yutug’ini ortig’iga sotib oladigan odamlar bor emish. 
S u x s u r o v  (
zaharxanda  qilib
).  Gapni  qayirib  kelishingizdan  «uncha-muncha  pora 
olasan» demoqchisiz, shekilli... 
N e t a y x o n. Voy o’liptimi! 
O b i d j o n.  Iye,  Nusrat  aka,  siz  pora  nima,  poraxo’r  (
pisanda  qilib
)  qandoq  mahluq 
ekanini bilmaysiz-da, bilganingizda bu gapni og’zingizga olmas edingiz! 
S u x s u r o v. To’g’ri... 
O b i d j o n  (
uning  ko’ziga  qarab
).  Hech  bir  jinoyatni  poraxo’rlikka  teng  ko’rib 
bo’lmaydi  o’g’ri  kechasi  yo’lingizni  to’sib,  cho’ntagingizga  qo’l  soladi,  pulingizni  oladi, 
oladi-yu,  qochadi  ketadi.  Poraxo’r  kuppa-kunduz  kuni,  yana  hukumat  idorasida  o’tirib 
cho’ntagingizga  qo’l  soladi,  pulingizni  oladi,  pulingizni  oladi-yu,  qochib  ketmaydi, 
jinoyatiga sizni sherik qiladi. 
S u x s u r o v (
uning qarashiga tob berolmaydi
). Dunyoda shunaqa odamlar  ham  bor 
deng... 
O b i d j o n. Yo’q, dunyoda vijdonsiz odam yo’q! 
S u x s u r o v. To’g’ri, bo’lmasa kerak! 
O b i d j o n.  Hamma  gap  shundaki,  birov  vijdonining  gapiga  kiradi,  birov  kirmaydi, 
birov vijdonining ko’zini ko’r, qulog’ini kar qilishga muhtoj bo’ladi. 
N e t a y x o n. Nusrat akang shunchalik qilgandan keyin sen ham gapni qopiyasi bilan 
gapirsang bo’lardi. 
O b i d j o n. Biror nojo’ya gap gapirib qo’ydimmi? 
N e t a y x o n. Yo’q, hammasi jo’yalik. Lekin qonun chiqib turganda poradan gapirib 
o’tirishing chakki! 
O b i d j o n (
kesatib
). Nega! Nusrat aka poraxo’r emas-ku! 
N e t a y x o n.  Ozroq  pora  olsa  nima  bo’pti!..  Pul  shirin!  Pul  o’lgurning  tishi  bo’lsa 
o’zini yeb qo’yar edi! 
O b i d j o n. To’g’ri, tishi bo’lmagani uchun ba’zi birovlarning aqlini yalab, vijdonini 
so’rib yuripti-da! 
N e t a y x o n  (
alam  qilib
).  Zahar!  Hali  ham  zaharliging  qolmapti-da!  Seni  chaqqan 
ilon til tortmay o’ladi! (
Jahl bilan o’rnidan turadi, uyiga kirib ketadi.

 
Uchinchi parda, beshinchi ko’rinishdan
 
O b i d j o n. Bolaligingizda ham arzanda edingiz... Erga tegib ham shuncha yildan beri 
baliqsiz ko’l, kiyiksiz cho’lman deng? Bola ham ko’rmabsiz? 


N e t a y x o n.  Nima  qilamiz  bolani!  Har  bir  bola  xotin  kishini  betiga  o’ntadan  ajin 
tushiradi! Jon o’zimning jonim! (
Birdan.
) Nima deb jig’imga tegishni bilmaysan-a? O’gay 
shu ekan-da! 
O b i d j o n. O’gay degan so’z allaqachon o’lib ketgan, urush yillari, undan keyin ham 
hech  qayerda  eshitmaganman.  Bu  so’z  o’lganini  bilardimu  qayerda  ko’milganini  bilmas 
edim. Endi bilsam sizning ko’ksingizga ko’milgan ekan! 
N e t a y x o n. Nima qipti mening ko’ksimga!.. 
O b i d j o n.  O’gay  deyapsiz-ku!  Kim  kimga  o’gaylik  qilyapti?  Men  oyna  olib 
yuzingizga  tutdim,  basharangizni  ko’ring,  burningizni  artib  oling  deyapman.  Siz-chi, 
uchastka  berib,  meni  irib-chirib  ketgan  hayotingizga  qopqoq  qilmoqchisiz-ku!  Shumi 
o’gaylik qilmaganingiz? 
N e t a y x o n (
shovqin solib
). Menga nima qipti! O’zing irib ket! O’zing chirib ket!... 
O b i d j o n.  Men  sizdan  bir  narsani  so’ramoqchi  edim:  otingiz  Ozodaxon  edi,  nima 
bo’lib Netayxonga aylanib qoldingiz? Bu otni sizga kim qo’ydi? 
N e t a y x o n  (
jerkib-jerkib
).  Hamma  qo’ygan!  Mahalla  qo’ygan!  Shu  mahallaga 
ko’chib kelganimizdan buyon hamma meni Netayxon deydi. 
O b i d j o n. Shundaymi? 
N e t a y x o n. Netayxon degan mashhur xotin o’tgan ekan. 
O b i d j o n. Netayxon nimasi bilan mashhur bo’lgan ekan? 
N e t a y x o n (
jahl bilan
). Bilmayman! 
O b i d j o n.  Hech  qayerda  ishlamay,  dugonalaringizdan  ayrilib  topgan  martabangiz 
shu  bo’ldimi.  Bilmasangiz  bilib  qo’ying,  Netayxon  burun  zamonda  islovatda  irib-chirib, 
yurtga qo’lansa hid taratgan bir fohisha o’tgan! 
N e t a y x o n. Voy! (
baqirib.
) Shunaqa gaplarni aytgani uyalmaysanmi! (
Yig’laydi.

O b i d j o n. Yig’lamang, kovush oyog’ingizni siqayotgan bo’lsa, yechib qo’ying. 
N e t a y x o n. Ishing bo’lmasin! (
Birdan.
) Yo’qol! Diydoring qursin, (
kovushni yechib 
tuflisini kiyib oladi

O b i d j o n. Xo’p! Hojar kelsin ketaman. 
N e t a y x o n. Ko’chaga chiqib kut! 
O b i d j o n. Ayta qoling, qayoqqa ketdi? 
N e t a y x o n (
g’azab bilan
). Chakana qilgani ketdi! 
O b i d j o n (
o’zini arang bosib
). Iye, o’zingiz ulgurji qilib, unga chakana o’rgatibsiz-
da... 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish