Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
LAYLI VA MAJNUN 
Birinchi pardadan parcha
 
Q a y s. Ey baxtim, ajab zabun emishsan, 
 
G’am loyiga sarnigun emishsan. 
 
Bir nozli sanamga bo’lding oshiq, 
 
Ishq ichra senga emas muvofiq. 
 
Sen qancha niyoz etarsan og’oz, 
 
Yuz qatla u dilbar aylagay noz. 
 
Qo’ydi meni ko’rdi xayfi ehson. 
 
Layli yolg’iz qaytadi. Qaysning yoniga keladi. 
L a y l i. Ey turfa yigit, na holating bor? 
 
Qanday g’am ila malolating bor? 
 
Kim shodliging yo’q o’zgalardek, 
 
Obodlig’ing yo’q o’zgalardek. 
 
Bu damki esib nasimi navro’z, 
 
Gul atrini qildi majlis afro’z. 
 
Ishrat chog’i mehnating na, ya’ni 
 
Bu dard ila hasrating ne, ya’ni, 
 
Bu g’am senga qaydan o’ldi paydo? 
 
Kim qildi seni o’ziga shaydo? 
Q a y s.  
Ey jonima hasrat o’ti solg’on, 
 
Bir boqmoq ila dilimni olg’on! 


 
Zulf ochmoq ila olib qarorim, 
 
Qilding qaro ro’z ro’zg’orim. 
 
Qilg’onni yashirmog’ing na erdi? 
 
Jonimni ki o’rtading bas erdi, 
 
Tonmoq bu sifat kerakmas erdi. 
 
Bilmaska olib o’zingni yona, 
 
Bu nav’i so’rar labing fasona. 
 
O’t uzra na erdi kuymog’ing yog’, 
 
Kuyganga na erdi qo’ymog’ing dog’? 
 
Muzika 
Q a y s.  
Ko’ngilni bu zamon, ey oy, xayoling mubtalo qilmish, 
 
Ko’zimdan uyquni ham boshdan aqlimni judo qilmish. 
 
Vafosizlik muhabbat ahli oridir, xusho ulkim, 
 
Hayoti naqdini bir qotil oldida fido qilmish. 
L a y l i. Visol istar esang qochma balolardinki qilmishlar — 
 
Niyoz ahli vafo, har necha noz ahli jafo qilmish. 
Q a y s.  
Maktabda ko’rib yuzingni bir bor, 
 
G’am domig’a bo’lmisham giriftor. 
 
Ishqing meni qildi zoru xasta, 
 
Hijroning ila ko’ngil shikasta. 
 
Bir ozgina vaqt yil o’ldi sensiz, 
 
Darding meni qildi zoru ojiz. 
L a y l i. Balli menga, qiz boshim bilan man, 
 
Yashirin tutaman sirimni eldan. 
 
Er holing ila yo’qotding o’zni, 
 
Boqtirding o’zingga barcha ko’zni. 
Q a y s. Xalq ichra turub boqardi dildor, 
 
Qasddan junun aylaganman izhor. 
L a y l i.  
Qo’ygil so’z o’yinlaringni, qil bas, 
 
Tokay sening foydangga hal o’lmas? 
 
Ishqing yuragimda sendan ortiq, 
 
Yoding menga hamdami muvofiq. 
 
Har qancha bu yo’lda cheksam ozor, 
 
Sendan bo’lak o’lmagay menga yor. 
 
Beshinchi pardadan 
M a j n u n. Ey jonima ka’bai muqaddas, 
 
Uzringni tilim ado qilolmas. 
 
Ka’bamni qilib xarob har dam, 
 
Soldim senga iztirob har dam, 
 
Mehrimni ko’ngilga aylading yor, 
 
Qilding beshigimga qo’lni tumor. 
 
Bu nav’ tilak bilan ki nigoh, 
 
Zulm aylasa senga charxi kin xoh, 


 
Qul yang’lig’ o’g’ullig’ingni qilsam, 
 
O’g’ul kabi qullig’ingni qilsam, 
 
Lekin tunu kun judolig’ etdim, 
 
Bilmaslig’u bevafolig’ etdim, 
 
Bechora men endi naylagayman, 
 
Dardimga ne chora aylagayman?! 
 
Ka’bam ona, senga yolvorurman, 
 
Afv aylamaging umid qilurman. 
 
Onasining qabriga tashlanadi. Muzika. 
 
Hijron tunin jafosila jon bo’ldi beqaror, 
 
Bo’ldi sirim butun jahon ahliga oshkor, 
 
El etdi ta’nalar bilan ozorim ixtiyor, 
 
Motam jafolar bilan ko’nglim o’ldi tor-mor, 
 
Yo’q bag’rima qiluvchi davolar bilan mador. 
 
Bitdi firoq jabrini tortmoqqa toqatim, 
 
G’am birla mahv o’ldi qarorim halovatim, 
 
Oxir egildi g’am yuki ostida qomatim. 
 
Ammo yor o’zga bazmi bilan mastu baxtiyor. 
 
O’zini tashlaydi. Muzika. 
L a y l i. Qaro ko’zim kelu mardumlig’ emdi fan qilg’il 
 
Ko’zim qarosig’a mardum kabi vatan qilg’il. 
 
Yuzing guliga ko’ngil ravzasin yasa gulshan, 
 
Qading niholiga jon gulshanin chaman qilg’il. 
 
Takovaringga bag’ir qonidin xino bog’la, 
 
Itingga g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il. 
 
Yuzida terni ko’rub o’lsam, ey rafiq meni, 
 
Gulob ila yuvgil, bargidin kafan qilg’il. 
 
Layli parishon holda kiradi. Har tarafga qarab, Majnunni ko’rib, yoniga keladi. 
 
Ey xasta, tanimda totli bir ruh, 
 
Ey g’am, qo’lida asiru majruh, 
 
Mushtoqi jamol eding hamisha. 
 
Muhtoji visol eding hamisha, 
 
To’xtat biroz oh ila fig’oning, 
 
Men Layliman orzuyi joning. 
M a j n u n. Sen Layli emassan, ey parivash, 
 
Qo’y, aylama ko’nglimni yana g’ash, 
 
Layli uki ahdini sindirmas, 
 
Ag’yor ila ayshu bazm qurmas. 
 
Sen Ibn Salom ila ko’ngil bir, 
 
Aylab meni haydading-ku oxir. 
L a y l i. Ikkimiz otasining rizosi, 
 
Qildi bizi qayg’u mubtalosi. 


 
Navfalga sening otang qilib zo’r, 
 
Ibn Salom ila menga bir go’r. 
 
Yozmish esa bizga bo’yla taqdir, 
 
Hech kim bera olmas oni tag’yir. 
 
Navfaldan xalos o’lub esang shod, 
 
Men Ibn Salom qulidan ozod, 
 
Qaysim, quvon endi. 
M a j n u n. Layli sendan, 
 
Qanday umid aylayin, yetimman. 
 
Yo’q menga ko’mak beruvchi dilgoh 
L a y l i.  
Qayda ota-onang? 
M a j n u n. O’ldilar. 
L a y l i.  
Oh! 
 
Balki menga hazil etib gapirding? 
M a j n u n. Yolg’on deganim ko’ribmi erding? 
 
Budir — bu ota-onam mozori, 
 
Hukm etdi ajal bularga xori. 
L a y l i.  
Ming dod, falak, jafolaringdan, 
 
Tokaygacha zulmu jabr etarsan, 
 
Tut, bos, charxing ila ez vujudim, 
 
Ko’klarga ko’tar keraksa dudim. 
M a j n u n. Layli! 
 
L a y l i. 
 
Ey tangri, qani adolating, oh! 
 
Ishq ahliga shulmi shafqating, oh! 
 
Yorimning ota-onasi o’lmish, 
 
Go’yo bu musibat menga bo’lmish. 
M a j n u n. Layli, qo’y, ey Layli, yig’lama bas, 
 
Faryodlar endi foyda bermas. 
L a y l i.  
Bug’doy kabi qovrilibman, ey voh! 
 
Yiqiladi, o’ladi. Majnun o’zini yqo’otib hayron bo’ladi. 
 
Layli, nima hol bu: Layli, Layli, 
 
Solmish senga g’orat o’lim xayli. 
 
Ko’tarib ikki qabr o’rtasiga eltib qo’yadi. 
 
Ey sham nechun yuzni yashirding, 
 
Ayriliq o’tin bag’rimga urding? 
 
G’am jomini sunganida olam, 
 
Sipqorg’on edim sen ila men ham. 
 
Muzika 
 
Oh kim hayronman, ul sarvi xiromonimdin judo, 
 
Ko’zlarim giryondir, ul gulbargi — xandondin judo. 
 
Bo’lsa yuz, ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag’il, 


 
Yorni mendan judo yoxud meni ondin judo. 
 
Xajr o’limdin achchig’ ermish, emdi ey davron, meni 
 
Aytmagil jondin judo, qilg’uvchi jonondin judo. 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish