QOVOQVOY BILAN CHANOQVOY
(IKKINCHI PARDA? TO’RTINCHI KO’RINISH)
Yoz oyi. G’oza gullagan. Yelkalariga dori purkagich orqalagan Tarvuz, Qovunjon,
G’ujumoylar kirishadi. Qo’llarida bankacha, kapalak tutadigan suzg’ich. Ular g’ozaga
tushgan ko’sak qu’rti, o’rgimchakkana, kapalaklarni ushlashga kelishgan. Chanoqvoy
ularga boshliq bo’lib o’rgatmoqda.
QOVUNJON: (
Qo’shiqni boshlaydi
)
Ey o’rgimchakkanalar,
Ko’rinmas pakanalar,
Ham xolangiz, ammangiz
Asirman deb hammangiz
Ko’taringlar tezda qo’l,
Hech bermaymiz sizga yo’l!
G’UJUMOY: (
Davom ettiradi
)
Yalmog’iz ko’sak qurtlar,
Yaramas — beburdlar,
Ey, ochofat chigirtka,
Tegma ekin, chigitga!
Hammangizni ushlayman,
Jag’-jag’ingga mushtlayman.
TARVUZ: Seni topmay qo’ymayman.
Ko’zlaringni uygayman.
Yuzingga qora surkayman.
Gazli dori purkayman.
Rosa boplab urgayman
Purkayman! Purkayman — o-o-o
G’UJUMOY: Ovozing ekan baland,
CHANOQVOY: Buni deydilar talent.
QOVUNJON: To’g’ri aytadi Chanoq,
Artistlikka talant zo’r.
TARVUZ: Artist bo’lardim mashhur,
Semiz-da, qorin qurgu’r.
(
Qovoqvoy ko’rinadi
)
QOVUNJON: Nima bo’lgan Qovoqqa?
Boqib qopti osmonga.
Ishi o’xshar yomonga.
CHANOQVOY: Kel, og’ayni buyoqqa.
TARVUZ: U nimani izlaydi?
QOVUNJON: Yengil ishni ko’zlaydi.
TARVUZ: Oshi bo’lsa, ish bo’lmasa,
Yoz bo’lsa, qish bo’lmasa.
G’UJUMOY:Xafa bo’lmasin Qovoq,
Uni ranjitma bundoq.
TARVUZ: Doim yuradi bekor,
Ham ishyoqmas, ham beor.
Ishda pishsin biz kabi,
Shu-da, do’stlar talabi.
QOVUNJON: kelishlariga qarang,
Qadamin bosar arang.
(
Qovoqvoy asta-sekin keladi
)
TARVUZ: Qovoq, Qovoq xom Qovoq,
O’qishda, ishda qoloq.
QOVOQVOY: O’zing-chi rosa quvsan,
Iching to’la liq suvsan.
TARVUZ: Men-chi, dalada ishlab
Yuribman toyda kishnab.
QOVOQVOY: (
Kerilib
)
Men uchratdim Sehrgar,
Nima istasam agar —
Qila olaman shuni,
Uchrashamiz har kuni.
Chanoqvoy quloq solgin,
Mendan-chi o’rnak olgin.
Rostini aytsam senga, —
Karra jadvalni menga
O’rgatib qo’ydi talay,
Shu sabab ishim qantday.
Yuribsanlar bo’bashib
Ishlaringdan adashib.
G’UJUMOY: Gaping rostmi, Qovoqvoy,
Maqtanarsan hoynahoy?!
QOVOQVOY: Ishonmasang so’rab ko’r,
Bilarsan kim ekan zo’r!
QOVUNJON: Yettita ikki qancha?
(
Qovoqvoy ancha vaqt o’ylanib qoladi; bolalardan borib so’raydi
)
TARVUZ: Yettita ikki-ancha. (
Boshqalar kulishadi
)
QOVOQVOY: (
Ko’zini yumib olib esnaydi
)
Terak shoxi bo’lar mo’rt,
Yettita ikki o’n to’rt.
Topish bo’ladi bundoq,
Bilib qo’y, tarvuz o’rtoq.
CHANOQVOY: Ey, qoyil-ku, ey qoyil,
O’rganibsan astoydil.
QOVOQVOY: Eshitib tur, ey Tarvuz,
Uch karra uch, bu — to’qqiz.
(Y
ana bolalardan so’raydi. Ular “To’g’ri-to’g’r”i deyishadi.
)
To’g’ri, to’g’ri, ha, to’g’ri. Uni topmagan o’g’ri.
CHANOQVOY: (
Chetga qarab
)
Buni o’zi to’qibdi,
Darsni durust o’qibdi.
Qilsa agar hafsala,
Unda ham ishlar kalla.
QOVOQVOY: Toshlik joyda yugurma,
To’rt karra besh — yigirma.
Do’stlar aytgan gapga ko’n,
Ikkita besh bo’lar o’n.
HAMMA: Qoyil, qoyil Qovoqvoy.
Kallang bopti ancha boy.
QOVOQVOY: Menga qo’ygan — talay shart.
Bajaryapman bo’lib mard. (keriladi)
Sehrgar kuchli juda,
CHANOQVOY: Bu gaplaring behuda.
QOVOQVOY: Uchrashtirsam, Chanoqvoy,
Sen bo’lasan o’sal-loy.
CHANOQVOY: Ahvolingga kulaman,
Senga hayron bo’laman.
Ishonmayman hali ham,
Sehrgar mendan kuchsiz.
So’zing bemaza — tuzsiz,
Berolmas senga yordam!
QOVOQVOY: Qo’lini-chi, Sehrgar
Shunday silkitsa agar,
Paxta bo’ladi xirmon.
CHANOQVOY: Barcha gaping g’irt yolg’on,
QOVOQVOY: Qo’lini shundoq qilar,
Hasharotlar qirilar.
CHANOQVOY: G’alatirog’-a so’zing,
Qirilib ketma o’zing.
Vah’ma gapni qilgin bas,
Bundayin ish qilolmas!
Ko’rsatib bo’psan, Qovoq,
So’zlaring yolg’on, chatoq.
CHANOQVOY: kelmoqchi edi qachon?
QOVOQVOY: Bugun otganida tong.
CHANOQVOY: Demak, gaplari yolg’on!
QOVOQVOY: Men uchratdim, gapim rost,
Har gapimga bor asos,
Yoki kelar ertalab
CHANOQVOY: Sehrgar — bu yolg’on gap.
Qovoqvoyning boshi xom,
U kelmaydi, gap tamom,
QOVOQVOY: Keladi u.
CHANOQVOY: kelmaydi.
Unchalik ketma katta
QOVOQVOY: U keladi albatta! (
Do'stlaringiz bilan baham: |