Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


ZIKIR MUHAMMADJONOV TEMUR MALIK



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

ZIKIR MUHAMMADJONOV TEMUR MALIK 
ROLINI QANDAY OLGANI HAQIDA 
«Jaloliddin» pyesasida Temur Malik obrazini ustoz qiyomiga yetkazib ijro etgandilar. 
Men  Temur  Malik  sahnasini  har  spektaklda  tomosha  qilardim.  O’zlari  kuzatganlarmi  yo 
rolga  odam  tayyorlamoqchi  bo’lganmilar,  harqalay  kunduzgi  spektakldan  keyin  ketib 


qolmasligimni  aytdilar.  Sababini  bilishga  juda  oshiqardim.  Spektakldan  so’ng  «Men  bilan 
yur,  yigit»  dedilar.  Ustoz  ko’pincha  yayov  yurardilar.  Beshyog’och  tomonga  yo’l 
boshladilar. Biroz  yurganimizdan keyin  gap boshladilar:  «Yigit,  mana teatrga kelganingga 
besh  yilcha  bo’ldi,  ba’zi  kichik  rollarni  ijro  etyapsan.  Senda  artistlikka  imkoniyat  bor. 
Aslida shu sohada o’qisang bo’lardi (shu gap sababli 1945-yili Toshkentda ochilgan Teatr 
va  rassomchilik  san’ati  institutiga  kirib  o’qiganman).  Bu  juda  katta  ilm.  Eng  muhimi, 
sahnada  bekorga  hech  narsa  qilma,  hech  narsa  aytma.  Aytadigan  gapingning  ma’nosi 
bo’lsin.  Fikring  avvalo  yuragingda  pishib  yetilsin.  Agar  gaping  yurakdan  chiqmas  ekan 
tomoshabinni  ishontirolmaysan...»  «To’qqizinchi  yanvar»  ko’chasiga  burildik.  Abror  aka 
miyig’ida  kulib:  «Seni  ko’p  ushlamayman,  bir  narsa  beraman  olib  ketasan»,  —  dedilar. 
Abror aka kitoblari orasidan yangiligicha saqlangan, mashinkada ko’chirilgan Temur Malik 
rolini qo’limga tutqazdilar. «Shuni senga  beraman,  menda qo’lyozmasi bor. Sen bilan shu 
rolni ishlaymiz, tayyor bo’lgandan keyin Og’aga ko’rsatamiz». Rolni qo’limga arang oldim. 
Abror  Hidoyatovdek  buyuk  aktyor  ijro  etgan  rolni  o’ynash  u  yoqda  tursin,  o’z  oldimga 
keltirsam,  hayajonlanardim.  Ustoz  har  kuni  shu  yerga  kelib  ishlashni  aytdilar.  Men 
tortinganimdan «Yo’q» dedim. Shunda ustoz har kuni soat 10 da teatrda ko’rishishga va’da 
qildilar.  U  kishi  avval  Temur  Malikka  xarakteristika  berdilar:  «Temur  Malik  —  haqiqiy 
vatanparvar.  Mard,  jangovar  odam».  Men  ishlash  davomida  ustoz  aytgan  hamma 
topshiriqlarni  bajarishga  harakat  qildim.  Temur  Malik  Chingizxon  bilan  (bu  rolni  Amin 
Turdiyev ijro etgan) gaplashganda, menda sentementallik sezilib turardi. Shuni yo’qotishga 
ko’p harakat etdim. Balki bu rolni chiqara olmagandirman. Ammo ustoz ishonchidan so’ng 
menda  jiddiy  rollar  ijro  etishga  jur’at  paydo  bo’ldi.  Shu  rolni  ijro  etgan  kunim  go’yo 
poloponini  uchurma  qilayotgan  qushga  madadkor  bo’lib  turganlari  esimda.  Abror 
Hidoyatov haqiqiy inson va aktyor edi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish