15.3.Turizmni tashviqot qilish.
Turistik safarlarning sotilishini faollashtirish uchun sotishni rag‘batlantirish
tadbirlari bilan bir qatorda turistik tashviqot ham bo‘lishi mumkin va lozim.
Hozirda bu faoliyatni PR - pablik rileyshnz (publik relations) yoki pablisiti (publi-
kity), ya’ni jamoat fikrini shakllantirish deb atashadi.
Tashviqot turistik firmaning mavjud yoki potensial mijozlari eshitishi,
ko‘rishi va o‘qishi mumkin bo‘lgan barcha ma’lumot tarqatish vositalarida joy va
vaqtning pul to‘lanadigan emas, balki tahririyat orqali foydalanishini o‘z ichiga
oladi. Bundan tashqari tashviqot - bu yana xizmat ko‘rsatish va turistik korxonaning
ijobiy obrazini yaratadigan ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va unda qatnashish
ham demakdir.
Turistik tashviqot manfaatdor mamlakatlar, regionlar, turistik markazlarga
turistik safarlarni ommalashtirish, turistik firma, korxonalar mavqeini oshirish
uchun qo‘llaniladi. Faoliyatning bu ko‘rinishi jamiyatda turfirma va uning faoliyat
yo‘nalishlari haqida tushuncha hosil qilishni, turistik imidjni shakllantirishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Shu bilan birga firmaning yaxshi nomga ega bo‘lishi
ta’minlash vazifasi ham qo‘yiladi. Bu vazifani hal etish uchun bir necha
vositalardan foydalaniladi:
Bilish - hodisaviy harakteridagi ma’lumotlarni joylashtirish va turistik
xizmatlar va turistik obektlarga kitobxonlar e’tiborini jalb qilish uchun matbuot
bilan munosabatlarni o‘rnatish va qo‘llab turish. Matbuot bilan munosabatlar turizm
masalalarini yoritadigan jurnalistlarni taklif qilish, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha
firma hisobidan safarlar uyushtirish, turli qabullar, seminarlar, matbuot
konferensiyalariga taklif qilish orqali o‘rnatiladi.
Umumfirma kommunikatsiyasi
-jamoatchilikning firma xususiyatlari bilan
nisbatan chuqurroq tushunishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatdir. Bunday
kommunikatsiyaga firmaning xayriya tadbirlarida, jamoat jamg‘armalarida
qatnashishi, shuningdek, homiylik qilishi misol bo‘la oladi.
Mahsulot tashviqoti
- ma’lum turistik xizmat, dastur, yo‘nalishlarni
ommalashtirish bo‘yicha turli ko‘rinishlarni birlashtirishga qaratilgan faoliyatdir.
Bunday tashviqotga turizm, firma kunlarini; "Turizm va sport", "Turizm va
ekologiya" kabi tashviqot kompaniyalarini o‘tkazish kiradi.
Lobbizm
–joriy faoliyatning rasmiy organlar kelishishi lozim bo‘lgan
masalalarini hal etish, qandaydir qonunning qabul qilinishi yoki uning bekor
qilinishiga erishish maqsadida qonun chiqaruvchi, hukumat va rasmiy mansabdorlar
bilan ishlash.
Maslahat berish
- rasmiy organlarga turizmning jamiyatdagi ahamiyati va
turistik firma faoliyati masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish.
Tashviqot (PR) jamiyat xabardorligini sezilarli darajada oshiradi va
reklamaga nisbatan ancha arzonga tushadi, chunki ma’lumot tarqatish vositalarida
na joy, na vaqt uchun haq to‘lanmaydi.
Muvaffaqiyatli tanlangan turizm mavzusi bevosita turizm bo‘yicha
mutaxassis bo‘lmagan jurnalistlarning keng doirasini qiziqtirib qo‘yishi mumkin.
Turizm mavzusidagi ma’lumotlar iqtisodiyot, ijtimoiy muammolar, sanoat, sport,
562
atrof-muhitni yoritadigan rubrikalar ostida ham o‘z o‘rnini topishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |