Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc


A. Sayohat qilish maqsadi bo‘yicha



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

A. Sayohat qilish maqsadi bo‘yicha: 

turistik-sog‘lomlashtirish yo‘nalishlari (faol harakat bilan
cho‘milish, tog‘ chang‘isi); 

ekskursiya-bilish; 

sport (turli sport turlari bilan shug‘ullanish); 

o‘rgatuvchi (tilni, alohida sport turlarini, hunarlarni o‘rganish); 

tomosha-ko‘ngil ochish (teatr, kino, karnaval, yarmarkalar, 
festivallarga borish); 

qiziqishlar bo‘yicha turlar (ov, baliq ovi, meva va qo‘ziqorin terish, 
badiiy va musiqiy ijod); 

etnik va maishiy turlar, ya’ni, milliy madaniyat va noan’anaviy 
turmush tarzini o‘rganish; 

to‘y sayohatlari; 

ish va kongress turlar; 

ishlab chiqarish va tanishtirish dasturlari va h.k. 
 B. Harakatlanish usuli bo‘yicha: 

statsionar turlar; 

yo‘nalishli turlar; 

xich-xayking (avtostop bilan sayohat qilish); 

veloturlar va boshqalar. 
V. Sayohat qatnashchilari tarkibi bo‘yicha: 

guruhli turlar; 

individual turlar; 

oilaviy turizm: bolalar va o‘smirlar turizmi, yoshlar turizmi; 

"Uchinchi", "to‘rtinchi" yoshdagi odamlar turizmi; 

VIP-turlar va boshqalar. 
5.3.Turizmda animatsiya. 
 
 
Turistlarga xizmat ko‘rsatish menejmentining dolzarb yo‘nalishlaridan 
biri animatsiya, ya’ni, xizmat ko‘rsatish dasturlari, turistlar dam olishi va 


367
hordiq chiqarishini jonlantirishdir. Bu hodisa turizmda interer hashamatliligi 
va servisi bo‘yicha teng bo‘lgan kurortlar raqobati natijasida yuzaga kelgan. 
«Xizmat ko‘rsatishni animatsiyalashtirish» formulasi topilgan. 
Animatsiya - bu bo‘sh vaqtni o‘tkazishning maxsus dasturlarini ishlab 
chiqish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatdir. 
Bunga turistlar va ekskursantlarni «tirilgan» tarixiy personajlar kutib 
oladigan animatsion shou-muzeylar yoki kechasi mehmonxonada turistlar 
ishtirokida shoular tashkil qilishlar kiradi. 
Animatsion dasturlar sport o‘yinlari va musobaqalarini, raqs 
kechalarini, karnaval, uyin, ma’naviy qiziqishlar sohasiga kiruvchi 
mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. 
Turli xil liboslarga asoslangan turistik mahsulotlar - bu animatsion 
turizmning avangard yo‘nalishlaridan yana bittasidir. Bunga misol -
turistlarning Amerika ranchosida dam olishi bilan birga tashkil etilgan tur 
bo‘lib, unda turistlarga kiyim, kovboy narsalari beriladi, otda yurish va 
kovboylik mahoratlari o‘rgatiladi. 
Venada turistlar borishi mumkin bo‘lgan an’anaviy professional ballar: 
Avstriya qurolli kuchlari ofitserlari bali, farmatsevtlar, ovchilar
qandolatchilar, kir yuvuvchilar ballari o‘tkaziladi. Bu ballarga boruvchilar 
XIX asrga moslab tikilgan kiyimlarni ijaraga olishlari mumkin. Bunday turlar 
turistlarda katta qiziqish uyg‘otadi. Ballar istalgan saroy yoki qal’alarda 
tashkil etilishi mumkin. 
Sport yoki etnofolklor, sarguzasht yoki xobbi turlar animatsiyasi 
ssenariysi va harakteriga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Biroq bu yerda 
bevosita turistlarni qatnashtirish asosida dasturni jonlantirish umumiydir. 
Boshqa yo‘nalish - bu mehmonxona va dam olish markazlarida turistlar 
dam olishini bevosita animatsiyalashtirish. 
Animatorlar (ko‘p hollarda yoshlar) turistlar bilan doimiy ravishda 
ishlashadi. Ularnig asosiy vazifasi - mijozlarni zeriktirib qo‘ymaslikdir. 
Ko‘pincha, bunday ishchilar all-inklusive tipidagi klublarda uchraydilar. 
Turistlar kunduzi ularni butik rastasida yoki kortda, sport musobaqalari yoki 
baliq ovida ko‘rishlari mumkin, kechasi esa aynan shu xodimlar turistlar 
qatnashishi ko‘zda tutilgan qiziqarli shou tashkil qiladilar. Animatorlar, 
odatda, forma sifatida turistlar uzoqdan ko‘rishlari va tanib olishlari uchun 
ochiq rangli fotbolkalarni tanlashadi. Futbolkada uning ismi va u biladigan 
tillar davlatlari bayroqlari bor kartochka bo‘ladi. Ular xushmuomala 
bo‘lishadi va turistlar bilan eski tanishlardek ko‘rishadilar: "Qalay, kechagi 
ekskursiya yoqdimi? Keling, biz bilan voleybol o‘ynaysiz". Mijozlar yuzini 
eslab qolish - ularning professional majburiyatidir. 
Animatorlar ishi qiziq va quvnoq bo‘lishi bilan birga og‘ir hamdir. 
Ertalab ular aerobik mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar, plajda turistlarni ko‘ngil 
ochishlarini tashkil qiladilar. Kunduzi turistlar bilan ekskursiyaga va 
do‘konlarga boradilar. Kechqurun shou va bardagilar zerikib qolmasligini 
ham ta’minlashlari kerak. Kimnidir raqsga taklif qilish, kim bilandir
shunchaki suhbatlashish lozim. Shuning uchun ham, odatda, yoshlar animator 


368
bo‘lib ishga kiradilar. 
Til to‘sig‘i mavjudligi bemalol suhbatlashishga yordam bermaydi va 
animatorlarga qo‘yiladigan birinchi talablardan biri kamida ikki xorijiy tilni 
bilishdir. Agar undan ko‘p bo‘lsa yanayam yaxshi. Shunda animator turli 
davlatlardan kelgan turistlar bilan ishlay oladi va juda kerakli mutaxassisga 
aylanadi. 
Animatorlar ishining yaxshi misoli sifatida "Klub Med" kurortlari 
tizimi klublarini keltirsa bo‘ladi. "Klub Med"ga animator bo‘lib ishga kirgan 
odamlar haqiqatda ham bilimi va universalligi bilan ajralib turadi. Ular 
nafaqat yosh, chaqqon bo‘lishi, balki kamida ikkita tilni bilishi, hamma bilan 
til topishib keta olishi lozim. Bu yerda alohida lavozim - GO -. fransuz tilidan 
olingan Gentils Organisateurs so‘zining qisqartmasi - "yoqimli 
tashkilotchilar" bo‘lishi mumkin. GOning asosiy vazifasi - "Klub Med"ning 
barcha shaharchalari ajralib turadigan erkinlik va tabiiylik muhitini 
yaratishdan iborat. Agar barda biror kishi zerikayotgan bo‘lsa, albatta, 
GOning yoniga o‘tkazishadi va suhbatga tortishadi. Ular doimo biror hazil 
yoki qiziqarii narsani bilishlari mumkin. Mijozlarni ham bu yerda hurmat 
bilan - GM - Gentils Members so‘zining qisqartmasi - "klubning yoqimli 
a’zolari" deb atashadi. Animatorlar sababli "Klub Med"ning istalgan 
shaharchasida dam olish haqiqiy bayramga aylanadi. 

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish