Microsoft Word turk fil kir10. doc


-MAVZU: TURKIY TILLARNING ROSSIYADA O’RGANILISHI



Download 286,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana26.05.2022
Hajmi286,84 Kb.
#609078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
4-MAVZU: TURKIY TILLARNING ROSSIYADA O’RGANILISHI. 
REJA: 
1.Rossiyada turkiy filologiya masalalarini o’rganishning boshlanishi. 
2.Turkiy filologiyaning Moskva maktabi. 
3.Turkiy filologiyaning Qozon maktabi. 
4.Turkiy filologiyaning Petrburg maktabi. 
Turkiy tillarning o’rganishning alohida fan sifatida shaklanishi va 
rivojlanishida rus turkolog olimlarning ilmiy faoliyati alohida o’rin tutadi. Rus 
turkolog olimlarning lingvistik tadqiqotlari natijasida turkiy tillarning ilmiy 
grammatikasi uzaga keldi, turkiy tillarining qiyosiy-tarixiy planda o’rganishning 
nazariy asoslari ishlab chiqildi, turkiy tillarning mukammal klassfikasiyasi 
yaratildi. 
Turkiy filologiya, xususan, turkiy tilshunoslikning Rossiyadagi taraqqiyoti 
haqida bir qancha asarlar yaratildi. Bu asarlar orasida akad. A.N.Kononovning 
«Istoriya izucheniya turskixyazqkov v Rossii. Do oktyabrskiy period» nomli asari 
o’zining mukammalligi, faktlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu asarda turkiy 
tillarning Rossiyada o’rganishning asosiy bosqichlari, turkiy filologiyaning etakchi


17
maktablari, turkiy tillarni o’rganish jamiyatlari va bu jamiyatlar a’zolarinin ilmiy 
faoliyati atroflicha yoritiladi. 
Ruslar bilan turkiy xalqlarning o’zaro munosabatlari juda qadim zamonlarda 
boshlangan. ”Slovo o polku Igoreve” (XI asr) asaridagi turkiycha so’zlar bu 
munosabatlar tilda ham o’z ifodasini topganligidan dalolat beradi. A.N.Kononov, 
A.N.Baskakov kabi olimlarning ko’rsatishicha, ruslarning turkiy tillarni 
o’rganishiga turkiy xalqlar vakillari bilan fikr almashuv zaruratigina emas, balki 
Oltin O’rda xonlarining buyruq va farmonlarining tushunish, ularni rus tiliga 
tarjima qilish zarurati ham sabab bo’ldi. Qozon (1552), Astraxan (1554) bosib 
olingandan keyin ruslarning O’rta Osiyo xalqlari bilan yaqinlashuviga yo’l ochildi. 
Kavkaz va Sibirp erlarini, bu erlarda yashaydigan xalqlarni o’rganishga imkoniyat 
tug’ildi. Bu tarixiy shart-sharoitlar Rossiyada turkologiyaga, shu jumladan, turkiy 
filologiya masalalariga qiziqishnii ko’chaytirdi. Rossiyada turkiy filologiya 
masalalarini o’rganish an’anasining vujudga kelishini ikki bosqichga bo’lish 
mumkin: 1. Turkiy xalqlar tili va adabiyotiga oid masalalarni to’plash. 2. Turkiy 
xalqlar tili va adabiyotiga oid materiallarni ilmiy o’rganishning boshlanishi. 
Turkiy tillar haqidagi dastlabki ma’lumotlar, asosan, leksik ma’lumotlar edi. 
Gollandiya elchilari sostavida Rossiyaga kelgan Nikolas Kornelisson Vitzon 
(1641-1717) ”Severnaya i Vostochnaya Tatariya” nomli asar yozdi. Bu asarda 
turkiy xalqlar toponimikasi va onomastikasiga oid qimmatli ma’lumotlar bor. O’z 
davrining yirik turkologi Georgiy YAkovlevich Ker (1692-1740) SHarq 
akademiyasi loyixasini tuzadi. Bu loyixa o’z vaqtida amalga oshmagan o’lsa ham, 
G.YA.Ker sharqiy tillar, xususan, turkiy tillarni o’rganish bo’yicha ancha ish qildi. 
U Abulg’ozi Baxodirxonning “SHajarai turk”asarini originaldan nemis tiliga 
tarjima qildi. 
Rossiyada turkiy filologiya an’anasining qaror topishida XVIII asrning 
ikkinchi yarmida yaratilgan asarlar muxim o’rin tutadi. Bu asarlarda turkiy x
alqlar adabiyoti, ayniqsa, tillarning o’rganishning chinakam ilmiy asoslarini 
yaratishga intilish seziladi. Tatar va qisman boshqird tillarini ayrim gimnaziya, 
diniy seminariya va maktablarda o’qitishning boshlanishi ham mana shu davrga
to’g’ri keladi. 
Turkiy tillarni XVIII asr davomida Rossiyada gimnastik planda o’rganish 
natijalari I.A.Adelungning”Mitridat”asarida jamlangan. Bu asar 1806-1817 
yillarda Berlinda nashr etildi. I.A.Adelungning qarindoshlaridan F.Adelung bu 
asarni qayta ishlab, 1820 yilda “Barcha ma’lum tillar va dialektlarning obzori” 
nomi bilan bostirib chiqardi. Bu ish aslida “Barcha tillar va shevalarning qiyosiy 
lug’atlari” asarining grammatik izohi hisoblanadi. Unda turkiy tillar gramatikasi 
haqida ham qimmatli ma’lumotlar berilgan. 
Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini o’rganishda Moskva Davlat universiteti 
va Sharq tillari Lazerv instituti alohida o’rin tutadi. Bu o’quv urtlarda F.E.Korn, 
A.E.Krimskiy, V.A.Gordlevskiy kabi etuk turkolog olimlar ishlagan. Ularning 
ilmiy va pedagogik faoliyati natijasida turk filologiyasining Moskva maktabi uzaga 
keldi. 


18
Fedor Evgeng’evich Korsh (1843-1915) Moskva Davlat universitetining 
tarix-filologiya fakulptetida sanskirt, arab va fors tillari bo’yicha taxsil oldi, 
mustaqil ravishda turkiy tillarini o’rgandi. MosDUda dosent, professor 
lavozimlarida ishladi. Sharq tillari Lazerv institutida fors tilidan dars berdi. Rus tili 
va adabiyoti bo’limi bo’yicha 1900 yilda akademik bo’lib saylandi. 
A.E.Krimskiyning ukrain tilida yozgan “Turkiy xalqlar, ularning tili va 
adabiyoti” nomli asari turkiy filologiyaga kirish buyicha ajoyib qo’llanma 
hisoblanadi. 
Vladimir Aleksandrovich Gordlevskiy (1876-1956) ham Sharq tillari Lazerv 
instituti bilan MosDUning tarix filologiya fakulptetini tamomlagach, ikki yilcha 
Turkiya va Suriyada komandirovkada bo’ladi: arab, fors va usmonli turk tilini pux
ta egallaydi. 
V.A.Gordlevskiy usmonli turk filologiyasi sohasida ilmiy maktab yaratgan 
olim hisoblanadi. Uning ko’p sonli shogirdlari hozirgacha turkiy tillar ustida ilmiy 
tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. 
Qozon XIX asrda turkiy xalqlar tillari va adabiyotini o’rganish bo’yicha 
yirik markazlardan biriga aylandi. Qozon DU va Qozon gimnaziyasida turkiy 
filologiyaning mashhur namoyondalari bu fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. 
Mirza Aleksandr Kazambek (1802-1870) arab, fors, turk, ingliz, fransuz va 
rus tillarini mukammal bilgan etuk filolog olim edi. U Qozon universitetida tashkil 
etilgan turk–tatar tilshunosligi kafedrasini boshqardi. M.A.Kazambek Peterburg 
universitetida SHarq tillari fakulptetining ochilishida katta rolp o’ynadi. 
M.A.Kazambek o’z asariga fransuz sharqshunosi A.Joberning 
grammatikasini asos qilib oldi. Lekin fonetik va morfologik material bayonida 
uning asari A.Joberning grammatikasiga o’xshasa ham, sintaksis material bayonida 
u tamom ila original va mustaqil konsepsiyaga tayanadi. 
M.A.Kazambekning asari uch qismdan tarkib topgan: 
1.Alfavit, harflar talaffuzi: ismlar: olmoshlar. 
2.Fe’l: ko’makchilar: ravishlar: bog’lovchilar: undovlar. 
3.So’zlar birikuvi. 
Bu asar usmonli turk tili grammatikasining rus tilidagi birinchi to’liq tasnifi 
bo’lib, unda turkiy tillar, xususan tatar tili materiallari ham berilgan. XIX
asring ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Rossiya universitetlarida bu 
asardan usmonli turk tili bo’yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan. 
M.A.Kazambek turk tili bo’yicha yozgan ikkichi asari “Uchebniy posobiya 
dlya vremennogo kursa tureskogo yazqka”(1854)deb ataladi.Bu asar ham uch 
qismdan tarkib topgan:1.Grammatika.2.X restomatiya. 3.Ruscha-turkcha lug’at. 
Nikolay Fedorovich Katanov (1862-1922)-xakaslar orasidan etishib chiqqan 
mashhur turkolog-Peterburg universiteti sharq tillari fakulptetining arab-fors-
usmonli turk-tatar bo’limini tamomlagach Qozon universitetining turk-tatar tillari 
kafedrasida ishladi. Sibirp, Mo’g’uliston, Xitoy Turkistonida bo’lib, bu joylarda 
yashovchi xalqlar tili, etnografiyasi, folpkloriga oid boy faktik material to’pladi. U 
turkologiyaning deyarli barcha sohalarida katta muvoffaqiyat bilan qalam tebratdi. 
Turkiy xalqlar etnografiyasi va folpklori bo’yicha qator asarlar yaratdi: 


19
“Istoricheskie pesni kazanskix tatar” (1899), Musulpmanskie legendi” (1894), ”O 
svadebnix obichnayax tatar” (1897), “Gadanie u jiteley Vostochnogo 
Turkestana”(1894) va boshqalar. R.F.Katanov “Tatarsko-russkiy slovarp” nomli 
lug’at yaratdi. Bu lug’at 1912 yilda nashr etildi. 
N.F.Katanov 
turkologlar orasida “Opit issledovaniya 
uryanx
ayskogo yazqka” nomli asari bilan shuxrat qozondi. Bu asarda N.F.Katanov uch 
yirik masalani hal qildi: 
1.
Uryanxay (tuva ) tili ugor-fin tillari oilasiga emas, balki turkiy tillar oilasiga 
mansub ekanligini isbotladi: 
2.
Uryanxay tilining mukammal grammatik tavsifini berdi: 
3.
Uryanxay tilining turkiy tillar orasidagi o’rnini belgilab berdi, buning uchun 
uryanxay tili grammatik qurilishini boshqa turkiy tillar grammatik qurilishiga 
qiyoslab chiqdi. 
Aslini olganda “Opqt isledovaniya uryanxayskogo yazqka” asari turkiy 
tillarning birinchi haqiqiy grammatikasidir. 
Peterburg universitetida usmonli turk tilining birinchi professori Osip 
Ivanovich Senkovskiy (1800-1858) turk filologiyasi bo’yicha”(1828-1829) nomli 
asar yaratdi. O.S.Senkovskiy 25 yil davomida Peterburg universitetida sharq tillari 
kafedrasini boshqardi.
Lazerp Zaharovich Budagov(1802-1878 ) Peterburg universitetining sharq 
tillari fakulptetida dosent lavozimida ishlab, usmonli turk va ozarbayjon tillaridan 
dars berdi. Uning asosiy asari "Sravnitelpniy slovarp turesko-tatarskix 
narechiy " bo’lib, bu lug’atda so’zlar o’zaklar bo’yicha joylashtirilgan. 
Turkiy filologiyaning Peterburg maktabi vakillari orasida Platon Mix
aylovich Melioranskiy(1868-1906) alohida o’rin tutadi. U tom ma’noda lingvist-
turkolog edi. Uningcha til yoki adabiyot tarixni o’rganish vositasi emas, balki 
tadqiqot ob’ekti, tadqiqot maqsadi edi.
Peterburg universiteti sharq tillari fakulptetining arab-fors-usmonli turk-tatar 
bo’limini tugatgandan keyin universitetda umumiy tilshunoslikdan leksiya o’qidi. 
Zamondoshlarining e’tirof etishicha, P.M.Melioranskiyning leksiyalari studentlar 
orasida katta qiziqish uyg’otdi.
P.M.Melioranskiyning turkiy filologiyaga oid ishlari to’rt mavzuga 
birlashadi: 
1.
jonli turkiy tillarga doir ishlar.
2.
turkiy yozma yodgorliklarga doir ishlar. 
3.
rus tiliga o’zlashgan turkiy elementlar haqida ishlar. 
4.
turkiy x alqlar folpkloriga doir ishlar. 
Peterburg turkologlaridan bir guruhi Rossiya Fanlar Akademiyasida ishlar 
edi. Akad. V.V. Velpyaminov-zernov» Slovarp djagataysko-turuskiy»(1868) 
asarini nashr qildi. Bu mashhur «Abushqa»lug’atining qayta ishlangan varianti 
hisoblanadi.
O.N.Betlingkning yoqut tili haqidagi asari to’rt qismdan iborat: 
1.Kirish: 2. Grammatika: 3. Yoqutcha tekstlar: 4. Yoqutcha-nemischa lug’at. 


20
Asarning kirish qismi «O yazqka yoqutov. Opit issledovaniya otdelpnogo 
yazqka v svyaze s sovremennim sostoyaniem vseobego yazqko znaniya» deb 
ataladi. Bu qism rus tilida ham bosilib chiqdi.
Asarning grammatika qismi uch bo’limdan iborat. 
Fonetika bo’limida O.N.Betlingk yoqut tilida 8 unli va 21 undosh borligini, bu 
tilda singormonizm qonuni amal qilishini aniqladi. Asarning morfologik bo’limida 
avtor yoqut tilidagi besh turkumga ajratdi: 1.Otlar 2.Sonlar 3.Olmoshlar 4.Fe’llar 
5.O’zgarmaydigan so’zlar. O.N.Betlingk fe’lni ayniqsa sinchiklab tax lil 
qildi. E.I.Ubryatovaning yozishicha, asarning bu bo’limi yoqut tili 
morfologiyasining haqiqiy ensiklopediyasi hisoblanadi. Asarning zaif qismi- 
sintaksis. SHunga qaramay O.N.Betlingkning bu soxadagi kuzatishlari ham 
ma’lum ilmiy ma’rifiy qiymatdan xoli emas. Asarda ilova qilingan yoqutcha-
nemischa lug’atda 4600 dan ortiq so’z izohlangan. Bu-yoqut tili ilmiy 
leksikografiyasining birinchi namunasidir. 
TURKIY TILLARNING ROSSIYADA O’RGANILISHI MAVZUSI BO’YICHA 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.Rossiyada turkiy filologiya masalalariga qiziqish qachon boshlandi? 
2.Rossiyada turkiy filologiyaning qanday maktablari yaratildi? 
3.Turkiy filologiyada maktab yaratgan qaysi rus olimlarini bilasiz? 
4.Qozon maktabi vakillari turkiy filologiyaning qaysi masalalari bilan 
shug’ullandilar? 
5. Eng qadimgi turkologiyaga oid asarlar haqida nimalargni bilasiz? 
6. Ilk turkolog olimlar. 
7. M.Qoshg’ariy ijodi. 
8. Az-Zamaxshariy ijodi. 
9. Ilk turkiy lug’atchiligi. 
10. Turkologiya fanining uzaga kelishi. 
TAYANCH ATAMALAR 
1.
Turkologiya. 
2.
Turkiy filologiya. 
3.
Moskva maktabi. 
4.
Qozon maktabi. 
5.
Peterburg maktabi. 
6.
Turkiy yozma yodgorliklar 
ADABIYOTLAR 
1.
Katanov F. Opit issledovaniya uryanxayskogo yazqka. L. 1927. 
2.
Ko’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent. 
3.
SHcherbak A.M. Sravnitelpnaya fonetika turkskix yazqkov. L. 1970


21

Download 286,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish