Yarim yuksizlantirilgan (1/2) yarim o’qlar yengil avtomobillarda va kam yuk ko’taruvchi yuk avtomobillarida qo’llaniladi. Yarim o’qning tashqi uchi yetakchi g’ildirakning gupchagiga mahkamlanib, gupchakning o’zi esa karterning kerilgan yengiga podshipnikda o’rnatilsa, to’rtdan uch qismi yuksizlantiradigan (3/4) yarimo’qlar deb yuritiladi (24-rasm, b). Bunda eguvchi momentning ko’p qismi podshipnik orqali karterga uzatilib, oz qismi yarim o’qqa ta’sir qiladi. Bu turdagi yarim o’qlar asosan yuqori sinf turkumiga kiruvhi yengil avtomobillarga o’rnatiladi.
Yarim o’qning tashqi uchi yetakchi g’ildirakning gupchagi bilan tutashgan, gupchag esa yetakchi ko’prik karteriga o’tkazilgan ikkita podshipnikda yotsa, to’la yuksizlantirilgan yarim o’q deb ataladi (24-rasm, c). Bunda barcha kuchlar yarim o’qqa tushmasdan, bevosita yarim o’q karteriga tarqatiladi. Bu turdagi yarim o’qlar o’rta va katta yuk avtomobillari hamda avtobuslarda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |