Zanjirli traktorlarga qo’yilgan burish muftasining vazifasi planetar mexanizm vazifasi bilan deyarli bir hil.
Yuqorida sanab o’tilgan mexanizmlarning turlari har hil traktorlarda turlicha bo’lishi mumkin. Shuning uchun ularga alohida to’htalib o’tamiz.
Burish muftasining vazifasi va tuzilishi. Burish muftasi ham zanjirli traktorlarda qo’llaniladi, uning vazifasi chap va o’ng etaklovchi yulduzchalarni har hil burchak tezlikda aylanishini ta’minla, burishni amalgam oshirishdan iborat. Uning quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
Rasm. Burish muftasi.
Burish muftalari ikkita barabandan, ya’ni yetakchi va yetaklanuvchi barabanlardan iborat bo’lib, yar biri yarim o’qqa alohida- alohida o’rnatilgan bo’ladi.
Yetakchi va yetaklanuvchi barabanlarning ichiga shlitsalar o’yilgan bo’lib, ular disklarning tashqi yuzasidagi tishlar bilan bog’lanadi. Barcha disklar o’zlarining barabanida bemalol surilishi mumkin.
Disklar siquvchi disk va purjinalar yordamida bir biri bilan jipslashgan holda bo’ladi. Ularning ajratish uchun boshqarish mexanizmi orqali purjinalarni kuchini yengibsiquvchi diskni qaytarish lozim bo’ladi. Traktorlarning to’g’ri chiziqli harakati vaqtida yetakchi va yetaklanuvchi baraban disklari purjinalar yordamida siqilgan bo’ladi. Natijada disklar orasida ishqalanish sodir bo’lib, harakat yetakchi barabandan yetaklanuvchi barabanga o’tadi va oxirgi uzatmani yetaklovchi o’qi orqali yetaklovchi yulduzchaga o’tadi.
Burish paytida esa burish kerak bo’lgan tomonning yetakchi va yetaklanuvchi baraban disklari siquvchi diskni qaytarish yo’li bilan ajratiladi. Bu isni xaydovchi bajaradi. Yetakchi va yetaklanuvchi disklar orasida ishqalanish sodir bo’ lmagani uchun burovchi moment yetakchi barabandan yetaklanuvchi barabanga berilmaydi. Shu tomon zanjiri sekin harakat qiladi va traktor burila boshlaydi. Traktorni eng kichkina radius bilan burish lozim bo’lsa, muftani ajratishga qo’shimcha qilib yetaklanuvchi barabanni tormozi tortiladi. U vaqtda yetaklovchi yulduzchani xarakati butunlay to’xtaydi va traktor to’xtagan zanjir atrofida aylanib burila boshlaydi.
Burish muftasining kamchiligi shuki, ularni tashqi o’lchamlari katta va disklaritez yeyilaboshlaydi. Bunday burish muftalari sanoat traktorlarida masalan, T- 100 traktorida qo’llanilgan.
Planetar burish mexanizmlari va ularning kinematik sxemalari. Planetar mexanizmi asosan janjirli traktorlarda qo’ llaniladi. Ular ham asosan chap va o’ng yetakchi yulduzchalarni har hil aylanishlar chastotasi bilan aylanishini ta’minlab, traktorlarni burilishini amalga oshiradi. Planetar mexanizmning qismlari quyidagi rasmda ko’rsatib berilga.