rasm. DT-75 tag’mali traktorining ramasi.
1,2-lonjeronlar; 3-oldingi o’q; 4,5-ko’ndalang to’sinlar; 6-ketingi o’q; 7-
bamper; 8-ballast yuk; 9-kronshteyn; 10-yostiq; 11 tayanch; 12-kronshteyn; 13-
tayanch; 14- ketingi kronshteyn; 15-birlashtiruvchi kronshteyn; 16,17-
sapfalar; 18-kronshteyn;19-kronshteyn; 20,23,27,28-boltlar; 21-kronshteyn; 22-
ilgak; 24-kronshteyn; 25 yuqorigi o’q.
Rama ikkita payvandlash bilan kuchaytirilgan lonjeronlar 1 dan iborat bo’lib, ular bir-biri bilan oldingi o’q, 3, o’rta qisimida ko’ndalang to’sinlar 4 va 5, ketingi o’q 6 lar bilan birlashtirilgan. Oldinga o’q 3 ni ballast yo’qlar 8 va bamper 7 lar qamrab turadi. Bamperlar boltlar 26 orqali ballast yo’qlarga, ularning o’zlari esa boltlar 27 orqali ramaga qaratiladi.
Dvigatel ramaga to’rtta nuqtada qaratiladi: ikkita maxsus kronshteyn 9 va ikkita yostiq 10 da. Suv radiatorini ramaga qotirish uchun maxsus tayanch 11 da turuvchi kronshteyn 12 lar ko’zda tutilgan. Ketingi to’sinda ishlov berilgan tayanch 13 mavjud bo’lib, unga traktor transmissiyasining korpusi o’rnatiladi. Lonjeronlarni oxiriga ketingi kronshteyn 14 payvandlangan bo’lib, unga birlapttiruvchi kronshteyn 15 boltlar 28 orqali qotirilgan. O’rtadagi to’sinlarni uchidagi sapfalar 16 va 17 ga balansirli osmalar karetasi o’rnatiladi.
Lonjeronlarga qotirilgan kronshteyn 18 larni tashqi qisimiga oldinga g’ildirakning taraiglovchi moslamasi o’rnatiladi.
T-4A tag’mali traktori ostovining yarmi lonjeron 2 va 6 dan, yarmi esa transmissiya korpusi 7 dan iborat, 48-rasm. Lonjeronlar transmissiya korpusi bilan po’latdan yasalgan kronsheyn 1 yordamida biriktirilgan.
rasm. T-4A taedalv trakyurining ramasi.
rongateynlar; 2,6-lonjeronlar; 3-oddingi to’sin; 4-shatakchi ilgak;
7-transmissiya korpusi; 8-boltlar.
Lonjeronlar 2 va 6 lar shvellerdan yasalgan. Oldinga kronshteyn 5 orqali oldingi to’sin 3 lonjeronlar bilan biriktirilgan. Transmissiya korpusi, lonjeronlar va oldinga to’sinlar to’rt burchakdan iborat ramani tashkil etadi va unga traktorni ko’p qisimlari o’rnatiladi. Bular moy radiatorining tayanchi, dvigatelning oldingi tayanchi, dvigatelning ketingi tayanchining kronshteyni, boshqarish mexanizmi kuchaytirgichining qotirish qisimlari va boshqalar. Lonjeronlarning ichki yon tomoniga quyosh shesternyasi boshqarish mexanizmi o’qining kronshteyni qaratiladi. Ularning pastki qismiga esa ko’ndalang ressorlar, qotirish qutisining kronshteyni payvandlangan. Traktorni ishlatish davrida ramaga qotirilgan va payvandlangan qismlarni davriy ravishda tekshirib turish tavsiya qilinadi.
Gusenisali traktorlar osmalarining vazifalari faktor ostovini tayanch katoklari bilan bog’ lab turishdan iborat bo’lib: traktor og’ irligini tayanch katoklari o’qlariga o’tkaziladi va yurishning ravonligini ta’minlaydi.
Osmalar tuzilishi va vazifasiga ko’ra qattiq, yarim qattiq va elastik xillariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |