Masofadagi SMB kataloglarini chaqirish
Bu vosita tizimi administatoriga foydalanuvchilarga masofadagi umumiy
kataloglarga SMB protokolidan foydalanib kirish imkonini bеradi.
Foydalanuvchilar masofadagi umumiy kataloglarga fayl boshqaruvchisi orqali
murojat qilganda, u xamma foydalanuvchilarga yaroqli bo‘lishi uchun maxsus
o‘rnatishlar talab qilinadi. Windows® mashinasiga Linux tizimidagi kataloglarni
import qilishni ko‘rib chiqamiz.
Rasm 7.1. Tarmoqdagi o'zaro ishlatiluvchi
katalog larni ko'rish
Rasm 7.2. DrakSamba dasturi oynasi ko'rinishi
Butun tarmoqni izlash uchun (rasm 7.1) Search new servers tugmasini
bosish natijasida mahalliy tarmoqdan qaysi kataloglarga ruhsat bеrilganligini
qidiradi. Biz ulardan birini tanlaymiz va barcha foydalanuvchilarga mahalliy
ishlatishga yaroqli qilib qo‘yamiz.
Murojatli katalog tanlanib Mount points tugmasi bosiladi va masofadagi fayllardan
foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |