www.ziyouz.com
kutubxonasi
98
bo‘ldi!
— Chto za baran?! — deya baqirdi.
Men bir qo‘lim bilan qayishimni ushladim, bir qo‘lim bilan betimni ushladim.
— Ay, o‘ldim-ay! — deya shahd burildim. Ketimdan bir mallasoch ayol quvib keldi. Xaltachasi
bilan yelkam oralatib urdi.
— Ux, t
ы
baran! — deya urdi.
Bir tarafdan erkaklar chiqib keldi. Erkaklar orasida bir melisa-da bo‘ldi.
— Ko‘z bormi, oka? — dedi melisa.
— Bor-bor! — dedim.
— Ko‘z bo‘lsa shunday qilasizmi? Ana — «M», «J», deb yozib qo‘yibdi-yu? Yo, xat-savod
yo‘qmi? Ana endi ellik so‘m jarima to‘laysiz!
Bildim — ish chatoq bo‘ldi. Bir befarosat qadamim tufayli ellik so‘m ketar bo‘ldi.
Ellik so‘m-a, ellik so‘m!
Bir mehnat kuni uch so‘m o‘ttiz yetti tiyin turadi. Ellik so‘m topishim uchun o‘n besh mehnat kuni
bajarishim lozim bo‘ladi.
Endi, bola-baqrani nasibasini omon olib borayin. Ellik so‘mga kim qancha qozon qaynaydi?
— Xat-savod bor! — dedim. — Ana shu «M», «J»larni o‘qib ko‘rib kirdim! Mana shunday kelib
o‘qidim: «M» — marjalarniki bo‘ldi. «J» — jigitlarniki bo‘ldi. Xudoga shukur, jigitman! Jigitlarnikiga
kirib keta berdim!
— Yopiray, yopiray! — deya yoqa ushladi melisa.
— Yopirayi bo‘ptimi! — dedim. — Shaharda bor xat-savod, qishloqda-da bor!
Men betimni qalini — jonimni huzuri, deya sur bo‘lib-sur bo‘lib tura berdim.
Melisa yo, olachipor betimni ko‘rib rahmi keldi, yo, shu ko‘rsavod bilan aytishib o‘tiramanmi,
dedi.
— E, boring-e! — deya jerkib tashladi. — Qattan kelgan bo‘lsayiz, o‘shatga gumdon bo‘ling-e!
— Gumdon bo‘lamiz! — deya ko‘krak ko‘tardim. — Biz shahringizga musofirmiz! Gumdon bo‘l,
desangiz — bo‘la beramiz!
Mallasoch ayol suvdan quruq chiqishimni bilib qoldi. Tag‘in xaltachasi bilan urib qoldi.
Men lik etib melisani ketiga o‘tib oldim. Melisani yelkasi osha qaradim.
— O‘-o‘, marja! — dedim. — Sovetni badrabxonasini ko‘p qizg‘ana berma! Sovetni badrabxonasi
senga-da yetadi, menga-da yetadi!
Ayollar oldida men haq-men haq, maqomda qadamladim. Zafarona-zafarona qadamladim.
Ayollardan pana bo‘lishim bilan yulduz uchmishday-yulduz uchmishday chopib-chopib qo‘ya
berdim!
9
— Otingni sot, molingni sot, mash’al bo‘l-da! — dedi raisimiz.
— O‘ynab qo‘yay, o‘ynab qo‘yay! — dedim men. — Tag‘in kim kelayapti?
Raisimiz shahodat barmog‘ini yuksak ko‘tardi.
— Shoirlar! — deya xitoblandi. — Ana endi reportaj bo‘lasiz, ocherk bo‘lasiz!
— O‘ynab qo‘yay, mehmondan, o‘ynab qo‘yay!
— Kassirdan pul olib bozorlang. Bir qo‘y, uch-to‘rtta aroq...
Shoirlar choshgohda keldi.
Shoirlar o‘qariq yoqalab ohista-ohista odimladi. Shoirlar dalalar uzra nazar tashlab-nazar tashlab
odimladi. Shoirlar dalalar uzra qo‘l shop qilib-qo‘l shop qilib odimladi.
— Paxtazor — chaqqon qo‘llarga intizor! — deya xitoblnib odimladi.
— Paxtazor — paxta frontining mexanizatsiyalashgan qo‘shinlariga intizor! — deya xitoblanib
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |