Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
5
mana bunday dirkillab turibdi! 
Momomiz og‘zini ushlab-ushlab kuladi. 
Bir yotsa, yotibdi-da. 
— Bo‘ldi, endi u daladan baraka ko‘tarildi. 
— Bosib-bosib suvlang. Suv nimalarni yuvmaydi. 
— Suv? Suv qoldimi! Oq to‘ng‘izday ariq ag‘nay berib, suvni-da haromladi! It-da ariq labidan 
yalab-yalab suv ichadi! Oqpodsho bo‘lsa, oq to‘ng‘izday ariq ag‘nadi! 
Momomiz gap bilan andarmon bo‘lib bilmaydi. 
Ko‘ylak etaklari yig‘iladi-yng‘iladi — tizzalab boradi. Tag‘in yig‘iladi-yig‘iladi— tizzadan sonlab-
sonlab boradi. 
Momomiz lozim ulog‘lari namoyish bo‘ladi. Bobomiz bo‘sh piyolani zarda bilan to‘ntarib 
tashlaydi. Lik etib joyidan turadi. 
— Etagingizni yopsangiz bo‘lmaydimi? — deya o‘shqiradi. — Nima, Oqposhshomidingiz? 

Bobomiz tog‘lab borolmay qoladi. 
Hufton vaqti-hufton vaqti guzardan achchiq-achchiq baqiriq-chaqiriq keladi. 
Bobomiz nima gap, deya chopqillab-chopqillab boradi. 
Guzar olato‘polon bo‘ladi. Guzar olatasir bo‘ladi. 
— G‘azot, g‘azot! 
Muhoraba, muhoraba! 
Bobomiz o‘z dardini o‘zi tuyadi. Bobomiz o‘z kuyigini o‘zi tuyadi. 
Gap yo‘q, so‘z yo‘q — qinidan pichog‘ini oladi. 
Birov pichoq oladi. Birov tayoq oladi. Birov tosh oladi. 
El oqkaltak-qorakaltak bo‘ladi. 
El mulla Namozni oppoq kigiz soladi. Kigiz to‘rt burchidan oladi. 
El kigiz ko‘tarib-ko‘tarib takbir aytadi. El kigiz ko‘tarib-ko‘tarib zikri samo’ aytadi. 
El ushbu kigizdayin oppoq ot yetaklab keladi. 
El mulla Namozni ana shu oppoq kigizdan ana shu oppoq otga mindiradi. 
— Pirim, yo‘l boshlasinlar! — deydi. Mulla Namoz oq otda kaft ochadi. El yoppa baraka omin 
qiladi. Mulla Namoz oq otda yo‘l oladi. 
El ko‘tariladi. El oq otliq ketidan yo‘l oladi. 
Yo‘lda ushoqday Ibodin soqov qatiq sotadi. Elga kadida qatiq tutadi. «Ap-ap-ap», deydi. 
«Qatiqdan ichib ketinglar, qatiqdan», demoqchi bo‘ladi. 
Alvir-shalvir Ibodin soqov Hayotxon degich momoning yolg‘iz o‘g‘li bo‘ladi. Tug‘ma soqov 
Ibodin iljayib-iljayib yuradi. Baqrayib-baqrayib yuradi. 
Yelg‘iz o‘g‘il Ibodin, soqov o‘g‘il Ibodin, qatiq sotib ona boqadi. 
El Ibodin soqovni aylanib o‘tadi. El Ibodin soqovni yo‘ldan qoch, deya turtib o‘tadi. 
Ibodin soqov keti bilan o‘tirib qoladi. 
Bobomiz ushoqday Ibodin soqovni dast ko‘tarib, chet oladi. O‘ngiri bilan bet-boshini artadi. 
Qatig‘ini bir ko‘tarishda ichadi. Qo‘liga chaqa beradi. Yelkasiga qoqa-qoqa uyiga jo‘natadi. 
El Oqpodsho qarorgohilab kelgunichayin olaqaroq tun bo‘ladi. 
El o‘qlog‘day-o‘qlog‘day cho‘yan panjaralar bilan o‘ralmish qarorgohni o‘rab oladi. 
Oq otliq qarorgoh eshigidan ot qo‘yadi. 
Oqkaltak-qorakaltak el-da o‘zlarini eshik uradi. 
Eshikog‘alar dang qotib qoladi. Otishlarini-da bilmaydi, otmaslarini-da bilmaydi. 
Eshikdan boshlab qon to‘kiladi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish