Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205
Bog'liq
T.Murof

 
7
Xudo bermish kun bo‘ladi — yo‘lda Oqpodsho bo‘ladi. 
Bobomiz Oqpodshoga ket burib ketmon chopadi. Bobomiz Oqpodshoga ters bo‘lib ketmon 
chopadi. 
Bobomiz Oqpodsho betini ko‘rmayin-da, kuymayin-da, deydi. 
Oqpodsho arava minib o‘tadi. Oqpodsho soz chalib o‘tadi. Oqpodsho ashula aytib o‘tadi. 
Oqpodsho hushtak chalib o‘tadi. 
Bobomiz shunda-da Oqpodsho betiga qayrilib qaramaydi. Enkaymish ko‘yi butlari orasidan 
mo‘ralaydi. 
Oqpodsho oyoqlari osmonda bo‘lib ko‘rinadi, boshlari yerda bo‘lib ko‘rinadi. 
Oqpodsho olabo‘ji bo‘lib ko‘rinadi! 
Bobomiz tushlikda-da Oqpodshoga ket burib o‘tiradi. 
Dalasiga yuz solib-yuz solib tushlik qiladi. 
Oqpodsholik arava ariq yoqasida oyoq iladi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
4
Aravadan tap-tap Oqpodsho tushadi. 
Bobomiz Oqpodsho tarafga ko‘z qirida qaraydi. Shunda ajab sinoat ko‘radi. 
Bir juft oqbadan-oqbadan olabo‘ji dala oralab boradi. Oldin-ketin boradi. G‘oz-g‘oz boradi. 
Oqbadan olabo‘jilar boradi-boradi — dala kindigida oyoq iladi. G‘oz turadi-turadi — uzala tushib 
yotib oladi. 
Bobomiz ko‘zlarini yumib-ochib qaraydi. Bobomiz ko‘zlarini pirpiratib qaraydi. 
— Y
O
,
tavba-a! — deydi. 
Bobomiz ohista-ohista to‘rkaladi. Ketmonini yelka oladi. So‘qmoq bo‘ylab boradi. 
Bobomiz bir kapa joyni kaftday pollab edi. Tuprog‘ini kaftlarida ezib-ezib maydalab edi. 
Kepakday-kepakday muloyimlab edi. Kepak tuproqqa don sepib-sepib tashlab edi. Chumchuq terib 
ketmasin deya, kepak tuproq uzra un misol tuproq sepib-sepib qo‘yib edi. 
Ana shu kepak tuproqda, ana shu un tuproqda bir juft Oqpodsho yalpayib-yalpayib yotadi! 
Oqpodsho qip-yalang‘och yotadi! Oqpodsho onadan endi tug‘ilmishday yotadi! 
Erkakzot Oqpodshoda aqalli bir enlik lungi bo‘lmaydi. 
Ayolzot Oqpodsho mammalari osma qovunday-osma qovunday osilib yotadi. 
Bobomiz bilaklari bilan betlarini bekitadi. 
— Iyya-iyya! — deb chappa buriladi. Oqpodsholar ana shunda kalla ko‘tarib qaraydi. 
Yonbosh yotib qaraydi. Ko‘z qisib qaraydi. Erkakzot Oqpodsho kaftida tuproq o‘ynaydi. 
— Tuprog‘ingni biz uchun muloyimlab qo‘yibsan, minnatdorchilik bildiramiz, — deydi. 
Yurib-yurib, oxiri sening tuprog‘ingni tanladik. Baxting bor ekan, — deydi ayolzot Oqpodsho. 
— O‘ziyam bizbop tuproq bo‘libdi-da. 
Ana endi, quyoshda mazza qilib toblanib yotamiz. 
— Nima uchun yuzingni yashirasan? Sen ham quyoshda toblan. 
Bobomiz shu zayli lo‘killab-lo‘killab qayta beradi. 
Bobomiz ariq labida muztar bo‘lib-muztar bo‘lib o‘tiradi. Betlarini changallab-changallab o‘tiradi. 
Bobomiz nima ko‘rdi, qachon ko‘rdi — aqli-da bovar etmaydi. 
Oqpodsholar joyidan jiladi. Dalani qoq oralab keladi. O‘zlarini suvga tashlaydi. 
Oqpodsholar suv shaloplatib-suv shaloplatib cho‘miladi. 
Oqpodsholar bobomizga taqlidan bilaklari bilan betlarini bekitadi. 
Iyya-iyya! — deya, bobomizni mayna etib-etib suv g‘arqob bo‘ladi. — Iyya-iyya! — deya 
xoxolashib-xoxolashib suv g‘arqob bo‘ladi. 
Oqpodsholar qiyqirib-qiyqirib cho‘miladi. 
Tollarda tushlamish chumchuqlar gurr-gurr uchadi. 
Gavhar suv bo‘tana bo‘ladi. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish