Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
155
bir yildan oshdi! Yota ber, qaysar eshak bo‘lib yota ber! Ana shunday o‘lasan-ketasan! 
— Birovga o‘lim tilamang. Ajali yetgan o‘ladi. 
— O‘lasan! Bekordan-bekor o‘lasan! Xo‘sh, o‘lsang — sen baranni kim yo‘qlaydi! Yo‘qlaydigan 
yo‘lboshching qolmadi! Mana, quloq sol: raising Botirov zindonda yotibdi. Ijroqo‘m raising Xoliqulov 
zindonda o‘z tomirini o‘zi kesib o‘ldi! Tumaning firqa qo‘mitasi birinchi kotibi Mirzaboev zindon 
ikkinchi qavatidan o‘zini o‘zi tashlab o‘ldi! Viloyating ijroqo‘mi raisi Beknazarov zindonda o‘z joniga 
o‘zi qasd etib o‘ldi! Viloyating firqa qo‘mitasi birinchi kotibi Karimov zindonda yotibdi. O‘zbekiston 
Ichki Ishlar vaziri Yahyoev zindonda yotibdi. O‘zbekiston Bosh Prokurori Bo‘rixo‘jaev zindonda 
yotibdi. O‘zbekiston Bosh Vaziri Xudoyberdiev zindonda yotibdi, O‘zbekiston Jumhuriyati Qo‘mitasi 
birinchi kotibi Usmonxo‘jaev eindonda yotibdi! Ana, raisingdan tortib poshshonggacha zindonda 
yotibdi! Bor boshpanohing zindonda yotibdi! Xo‘sh, endi seni kim yo‘qlaydi? 
«Chin, chin, — deya o‘ylab qoldim. — Raisimizdan tortib, poshshomizgachayin zindonda yotibdi-
ya!» 
— Zindonimda yigirma besh ming bo‘ldilaring — yigirma besh ming! Bari zindonbandlarim — 
Yo‘lchi Yulduz zindonbandlar! Zindonimda to‘rtta Markazqo‘m kotibi yotibdi — Usmonxo‘jaev, 
Aytmurodov, Salimov, Abdullaeva! Zindonimda yigirmata general yotibdi! General Yahyoev... 
Dunyoda general zoti to‘lib yotibdi, baran. Lekin o‘zbek Yahyoevdayi kamdan-kam topiladi. O‘zbek 
Yahyoevdan Maskov generallari ham saboq olar edi. Maskov generallaridan bitta Shchelokovni o‘zbek 
Yahyoev bilan yonma-yon qo‘ysa bo‘lar edi. Boshqa generallar o‘zbek Yahyoev oldidan o‘ta bersin 
edi. Ana shu Yahyoevday yigirmata generaling zindonimda yotibdi! Zindonimda sakkizta viloyat 
kotibi yotibdi. Zindonimda o‘nta Sotsialistik Mehnat Qahramoni yotibdi! O‘nta Sotsialistik Mehnat 
Qahramoniyam O‘zbekiston yulduzlari! Jami yigirma besh ming yo‘lchi Yulduzing zindonimda 
yotibdi! 
Ivan Ivanovich zo‘rma-zo‘raki iljaydi. 
— Yo‘lchi yulduzlaringni bola-chaqasi-yu, qarindosh-urug‘lariyam zindonimda yotibdi! — deya 
iljaydi. — Poshshong Usmonxo‘jaevni yigirma uchta bola-chaqasi bilan qarindosh-urug‘i yotibdi! 
Bilasanmi poshshong Usmonxo‘jaevni zindonband etish uchun kim qo‘l qo‘ydi? SSSR Oliy Soveti 
Prezidiumi raisi o‘rtoq Gromiko qo‘l qo‘ydi, Gromiko! Xo‘-o‘sh... Karimovni yigirma bitta bola-
chaqasi yotibdi! Xudoyberganovni o‘n beshta bola-chaqasi yotibdi! Kamolov, Rajabov, Jabborov 
degichlarni sakkiz-to‘qqiztalab bola-chaqasi zindonimda yotibdi!.. Qahramon Onalaringgacha 
zindonimda yotibdi — Qahramon Onalaringgacha! Zindonbandim Saidova o‘n ikkita farzand onasi 
bo‘ladi! Zindonbandim Dolieva o‘n bitta farzand onasi bo‘ladi! Zindonbandim Matg‘omova o‘n bitta 
farzand onasi bo‘ladi! Zindonbandim Alimova to‘qqizta farzand onasi bo‘ladi... 
Ivan Ivanovich iljaya-iljaya choy ichdi. 
— Anavi payg‘ambaringni oti nima edi... Xo‘-o‘sh... xotiram o‘lsin-a... Afsus, o‘sha 
payg‘ambaringni qo‘liga kishan solishga ulgurolmadim, afsus. Xudo mendan oldin jonini olib qo‘ydi! 
O‘sha payg‘ambaringni oti nima edi... 
— Muhammad payg‘ambar. 
— Yo‘q-yo‘q... Xo‘-o‘sh... Sharof Rashidov! Afsus, Sharof Rashidovingni zindonband etishga 
ulgurolmadim, ming afsus!.. 
Ivan Ivanovich po‘rillatib-po‘rillatib choy ichdi. Ivan Ivanovich kiborona-kiborona aytdi: 
— Endi... O‘zbekiston toj-taxtini o‘zimiz boshqaramiz! O‘zbekiston Markazqo‘mi kotibi 
Anishchev, O‘zbekiston Xalq Nazorati Qo‘mitasi raisi Yefimov, O‘zbekiston Bosh Prokurori Buturlin, 
Toshkent shahar prokurori Terkin, Toshkent shahar firqa qo‘mitasi birinchi kotibi Satin... Jami 
o‘ttiztacha azamat! Azamatlarni Maskov yubordi! Nasib bo‘lsa — ana shu azamatlar O‘zbekistonda 
pichoqqa ilashadigan o‘zbekni omon qoldirmaydi! Nasib bo‘lsa — ana shu azamatlar bosh ko‘targan 
o‘zbekni boshini yanchib-yanchib keladi! Nasib bo‘lsa — ana shu azamatlar ko‘zi ochilgan o‘zbekni 
ko‘zini o‘yib-o‘yib keladi! 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish