Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 

Men tag‘in otamizni qidiraman. 
Otang bozor ketdi, keladi, — deydi onamiz. Men endi onamiz ketidan iyaraman. Onamiz bir 
odim bossa-da, ketidan boraman. 
Onamiz hovuz boradi. Hovuz bo‘yida ayollar bilan gurunglashadi. 
Ayollar biri qo‘yib biri aytadi. 
— Burnog‘i kecha tegirmon oldida ikkita Qizilni bo‘g‘izlab ketibdi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
17
Ikkita-da gapmi, Hayitkalni jarida besh-oltitasini otib ketibdi. 
— Hay, bir zamonlar bo‘layapti-da. 
Onamiz ko‘zasini suv botirib oladi. Ko‘za yelkalab qaytadi. Yo‘lda ko‘za qo‘yib dam oladi. Men 
yo‘l bosh-adoq olazarak bo‘laman. 
— Otam qani... — deya ingillayman. To‘lib-toshib turmish onamiz cho‘rt yoriladi: 
— Ishtonimni ichida! Eshitdingmi? — deydi. — Manavi ishtonimni ichida! 
Men mana bo‘lmasam deyman-da, ko‘zadagi suvga tupurib qochaman. 
Onamiz ketimdan tosh otib qoladi. 
— Ha, oshingni yeyin sen tentakni, oshginangni yeyin! — deydi. 
Onamiz suvni to‘kib tashlaydi. Tag‘in hovuz yo‘l oladi. 
 

Onamnz meni qarg‘ab-qarg‘ab yotqizadi. 
Men onamiz ro‘molini tortqilay-tortqilay uxlab qolaman. 
Bir mahal eshigimiz g‘ijir-g‘ijir ochilib yopiladi. 
Men ko‘zimni ochgani erinaman. Onamiz tashqarilayapti, deya o‘ylayman. 
O‘n besh-yigirma kunda bir bor shunday bo‘ladi. 
Bir safarida uyqum kelmayin yotaman. 
Onamiz ohista-ohista to‘shakdan turadi. Onamiz oyoq uchida-oyoq uchida ayvonlaydi. 
Ayvon tarafdan shivir-shivir eshitaman. Shivir-shivirda meni otim-da bo‘ladi. 
Gap-so‘zlarni alayna-alayna eshitolmayman. Ammo-lekin ko‘nglim tuyadi: ana shu shivir-shivirchi 
otamiz bo‘ladi! 
— Ota, ota! — deya lik etib turaman. Onamiz ila-chila qaytadi. 
— Ha, nima, nima? — deydi. — Ota? Qani ota? Nima balo, elovrayapsanmi? Yot, uxla, yot! 
Onamiz boshimni silay-silay ketadi. Onamiz boshimga ko‘rpani torta-torta ketadi. 
Men tag‘in ko‘rpadan boshimni olaman. Ko‘zlarimni katta-katta ochaman. Pichir-pichir eshitaman. 
— Meni qizillar yo‘qlamayaptimi? 
— Yo‘g‘-a. 
— Yo‘qlasa, toqqa o‘tinga ketib edi, de. 
— O‘zi qaerda yuribdi? 
— Ishing bo‘lmasin. 
— Nimaga ishim bo‘lmaydi? O‘lik-tirigini bilayin-da. 
— Hayitkalni jarida yotibmiz. 
— Jarda yotadi? 
— Aslida, tog‘da yotamiz. Jarga kechasi kelamiz. 
— Tog‘ qaerda, Hayitkalni jari qaerda. 
— Otni oldida nima degich gap. Tog‘dan Hayrondara enamiz. Hayrondaradan keyin Hayitkalni 
jari-da. 
— Bir o‘zimi? 
— Bir o‘zim qayoqda — o‘nta jigit. O‘zimizdan Rashid bor. Boshqalari boshqa qishloqdan. Hali 
tag‘in ko‘payamiz. Tevarak qishloqlardan jigitlar kelib qo‘shilayapti. 
— Kechasi Hayitkalni jarida nima qiladi-a? Uyginasida, bola-baqraginasi oldiginasida yotsa 
bo‘lmaydimi-a? 
— Dehqonqul! Sen nimani bilasan? Biz el-yurt uchun olishayapmiz. Birovi-da Hayitkalni jaridan 
tirik o‘tolmayapti. O‘tganini-da ko‘raman! 
— Kimni aytayapti? 
— Qizillarni-da, kimni bo‘lardi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish