Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 
16 
Oqpodsho qadamba-qadam ko‘radi. Adirma-adir ko‘radi. Qirma-qir ko‘radi. 
Tog‘lab-tog‘lab ko‘radi. 
Oxir-oqibat — bobomiz dalasini topib keladi. 
Bobomiz alang-jalang bo‘lib qoladi. Bobomiz dovdirab-dovdirab qoladi. 
Ammo sir boy bermaydi. Mezbon misol bosh irg‘ab tura beradi. Mezbon misol qo‘l qovushtirib 
tura beradi. 
— Oting Jamoliddin ketmon-a? — deydi Oqpodsho. 
Bobomiz ha, deyishini-da bilmaydi, yo‘q, deyishini-da bilmaydi. 
Oqpodsho bobomiz qo‘llarini ketiga qayirib boylaydi. 
Ana shunda bobomiz Oqpodsho ketida turmish Xoliqul mingboshi tilmochini tanib qoladi. Tayin, 
meni shu Ashal no‘g‘ay ushlab berdiyov, deya o‘ylaydi. 
— Senga nima edi, no‘g‘ay? — deydi bobomiz. — Sen to‘qqiz qaytganga nima edi? 
— Men bir tilmochman, Ketmon, qul tilmochman. 
— Shu kuningdan ko‘ra, ket yurtingga, to‘qqiz qaytgan, ket! 
— Qozon Farg‘onadan-da qul, Ketmon. Oqpodsho bobomiz ketidan miltiq o‘qtalib-o‘qtalib yuradi. 
Bobomiz shudgor oralab yuradi. 
Oqpodsho-da shudgor oralaydi. 
Ana shunda bobomiz bardoshi dosh berolmaydi. G‘azabnok qayrilib qaraydi. 
— Ay, kofir! — deydi. — Bir dalamni harom qilding! Endi bu dalamni-da bulg‘ama! 
— Nima-nima? 
— Dalamni qadamlab bulg‘ama, deyman! Oqpodsho angrayadi-angrayadi — bir nima-da 
anglamaydi. Yer angrayib qaraydi. Yerda tuproqdan boshqa nima topolmaydi. 
Oqpodsho yerdan bir siqim tuproq oladi. 
— Ana tuproq, mana tuproq! — deydi. — Bo‘rsildoq tuproq, mag‘izdor tuproq, hosildor tuproq! 
Tuproqmisan-tuproq! Ammo bu tuproq seniki emas, chuchela, sening tuprog‘ing emas! 
Bobomiz ko‘ngli bir uvishib oladi. 
«Oqposhsho bilibdi, Qurbon qoraqirg‘iz dalasiligini bilib qolibdi, — deya xayollanadi. — 
Birovning moli mol bo‘lmaydi deb shuni aytadilar-da». 
Shunday bo‘lsa-da, bobomiz qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar qiladi: 
— Meniki bo‘lmay, kimniki bo‘ladi? — deydi. 
— Bu tuproq... 
Oqpodsho gapini topolmay qoladi. Ketiga qayrilib qaraydi. Barmoqlarini qirs-qirs o‘ynatib, 
yo‘ldoshidan so‘raydi: 
— Duxovskiy, kunpayakun masjid oldida general Skobelev janoblari bir balo vazir deyatib edilar... 
— Esimda yo‘q, Nazarov, esimda yo‘q, — deya yelka qisadi yo‘ldoshi. — Ha, o‘sha-da! Poshsho 
hazratlari aytdi, deb qo‘yaver. Bu chuchelalar nimani biladi. 
— O‘zi... poshsho kattami, vazir kattami? 
— General Skobelev janoblari aytgan bo‘lsalar, albatta vazir katta-da! 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish