5-Mavzu: Boshqarish jarayonlarini tashkil etish xususiyatlari,
oliy bosqichda boshqarish jarayonlarini tashkil etish.
REJA.
1.
Turli mulkchilik sharoitida boshqarish jarayonlarining o’zaro ti’siri.
2.
Transport sohasida bokarish jarayonlarini tashkil etish.
3.
Avtomobilь transportida boshqarish jarayonini tashkil etish.
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishi ilmiy xulosalarga asoslangan.
«Resnublikaning bozor munosabatlariga o’tishda o’z yo’lidan izchillik bilan borishi
demokratik o’zgarishlar, respublikani rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqish,
uni xalqaro obru-e’tiborini mustaxkamlash uchun puxta moddiy negiz yaratadi».
(I.A.Karimov.O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li.
«O’zbekiston» 1998 y 8-bet).
O’zbekiston o’z yo’lidan bora turib, bir qator muammolarni hal etmokda.
Masalan, ishbilarmonlik va tadbirkorlik, turli mulkchilik va iqtisodiy erkinlik
ta’minlanmokda, ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish)ning zamonaviy milliy
manfaatga xos bo’lgan tashkiliy tuzilishlar yaratilmokda, xalqaro iqtisodiy
munosabatlar kengaymokda. Xozirgi yuksak rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bu
tabiatan aralash iqtisodiyot tizimidadir. U mukammal texnika va yuksak
texnologiyaga asoslanadi, kul Mehnatiga o’rin kolmaydi, g’oyat unumli mashinalar
ishlatiladi, natijada, yuksak darajadagi Mehnat unumi va shunga ko’ra moddiy
tukinlik ta’minlanadi. Aralash iqtisodiyotning rivojlanishi iqtisodiy ravnak uchun
xalq xo’jaligi (oliy) bo’g’ini (bosqichi)da ish kuchini bir sohadan ikkinchisiga,
uchinchisiga va boshqa sohalarga kuchib borishi zaruratga aylanadi, eng muhimi ish
kuchi, albatta, ish xaqi yuqori soha tomon harakat qiladi.Aralash iqtisodiyotda asosan
uch xil mulk mavjud: davlat, xususiy va jamoa mulki. Korxonalar asosan xususiy va
jamoa mulkidan tashkil topadi. Aralash bozor iqtisodiyoti bizning mamlakatimiz
uchun ob’ektiv zaruriy jarayondir. O’zbekiston Respublikasi adolatli demokratik
34
huquqiy davlat kurishni o’zining eng birlamchi va muhim vazifalaridan biri sifatida
belgiladi. Davlat qabul qilayotgan qonun loyihalar umumxalq muxokamasidan
o’tkazilmokda. Respublika Prezidenti ham bevosita saylovchilar tomonidan
saylanadi. Mamlakatimizdagi boshqa davlat boshqaruv organlari, jumladan, xukumat,
sud organlari, vazirlar va boshqalar respublika Prezidenti yoki Oliy Majlis tomonidan
tayinlanishi yoki saylanishi tartibini inobatga olsak O’zbekiston xalqi barcha davlat
organlari va mansabdor shaxslarni saylash va tayinlashda bevosita yoki bilvosita
ishtirok etadi.
Respublika iqtisodiyotini oliy bosqichida boshqarish jarayoni yetakchi, hal
kiluvchi
bo’g’in,
O’zbekiston
Respublikasining
Vazirlar
Maxkamasi-
mamlakatimizning oliy boshqaruv organidir. Uning koshidagi tarmok idoralari,
kumitalar, bosh boshqarmalar, vazirliklardan o’z faoliyatining miqiyosi bilan farq
qiladi va bu xol ularning huquqiy nizomlarida aks etgan bo’ladi. Boshqarish
amaliyotida tarmoklararo tavsifdagi zarurat, ya’ni turli tarmoklar uchun umumiy
bo’lgan bir qancha maxsus vazifalarni amalga oshirish zaruryati kelib chiqadi.
Tarmoklararo tavsifga ega bo’lgan
maxsus
masalalar
bo’yicha bunday
muvofiklashtirish rahbarlikni maxsus kompetentsiyaga ega bo’lgan organlar amalga
oshiradi. Masalan, bu organlarga davlat makroiqtisodiyot kumitasi va boshqa Vazirlar
Maxkamasi koshidagi kumitalar kiradi. Davlat komitalari-vazirlik va idoralarning
faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va muvofiklashtirish yo’li bilan xo’jalik va
ijtimoiy-madaniy kurilishga rahbarlik qilishga mo’ljallangan oliy boshqaruv
organlaridir. Kumitalar o’zlariga bo’ysunuvchi tashkilotlarni tezkor suratda boshqarib
turadi. Mikroiqtisodiyot davlat kumitasi, Davlat mulkini boshqarish va
xususiylashtirish bo’yicha kumita va tarmok kompetentsiyasiga ega bo’lgan bir
qancha tarmok vazirliklari bunyod etildi, moliya-kredit tizimi boshqarish uchun
Davlat banki ixtisoslashgan banklar (sanoat iqtisod bank, jamgarma bank va
xokazolar) faoliyatini muvofiklashtiradi, resurslarni tashkil toptirish manbalari va
foydalanish yo’nalishlari bo’yicha aniq ajratib turadi.
Respublika moliya tizimini mustaxkamlash muammosi asosan har bir korxona,
tashkilot, firmalar, tarmoklar, sohalarning ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) iga
35
bog’lik. Ishlab chiqarish samaradorligining oshishi, Mehnat unumdorligining o’sishi,
maxsulot tannarxining pasayishi moliya tizimining rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Moliya o’z funktsiyalarini aniq moliyaviy vositalar orkali bajaradi, harajatlar,
amartizatsiya, foyda, aktsiya kursi, dvident, soliklar, tulovlar, boj xaqi, sugo’rta xaqi,
subsidiya, dotatsiya, kompensatsiya kabilar menejment (moliya menejmenti)ga
xizmat qiladi. Mazkur fondlar orkali moliya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir
etadi. Makroresurslar (moliyaviy) umumdavlat miqiyosida tashkil topadi va
umumiqtisodiy, umumdavlat extiyojlarga xizmat kilsa, mikroresurslar korxona,
firma, kompaniya, kontsern, tashkilot, jamoa uyushmalari doirasida xizmat qiladi.
Qaysi bir sub’ekt moliyaviy bakuvvat bo’lsa, u raqobatga chidamli bo’ladi.
Davlat tomonidan respublika iqtisodiyotini boshqarish jarayonlarini tashkil
etish uning muhim funktsiyasidir. Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish deganda
davlatning o’z chora tadbirlari, o’zining iqtisodiy siyosati orkali takror ishlab
chiqarishga ta’sir etishi tushuniladi. Davlat tomonidan iqtisodiyotning tartibga
solinishida qonun chiqarish, solik solish, kreditga ta’sir etish moliya vosita
(subsidiya)lari
berishdan
foydalanadi.
Sobik
sotsialistik
mamlakatlardagi
monoiqtisodiyot (ya’ni, yakka mulkka tayangan iqtisodiyot) bir markazdan turib
davlat orkali urnatilgan rejali aloqalarga asoslangan xolda boshqarilgan. O’zbekiston
poliiqtisodiyotga o’tish jarayonini boshlagan. Turli tuman mulk shakillariga
tayangan, ayrim shaklining ustuvorligini inkor etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim
poliiqtisodiyot deyiladi. Poliiqtisodiyot mazmunan aralash iqtisodiyotdir.
1. Jamiyat extiyojining kondirilishi yuqori bo’lsa, tularok kondirilsa iqtisodiy
saloxiyat samarali foydalanilgan bo’ladi. Buning uchun uning elementlari (Mehnat,
ilm-ma’rifat, texnika-texnologiya, tabiiy resurslar) jadal foydalanilgandagina
saloxiyat extiyojga tula xizmat qiladi. Iqtisodiy saloxiyatning elementlari birgalikda
harakat qilishsa, bir-biridagi yetishmovchilikni tuldira olsa, jamiyatning ishlab
chiqara bilish (xizmat ko’rsata olish) kobilyati yuqori hisoblanadi. Xozirgi insoniyat
tajribasi ko’rsatganidek, iqtisodiy saloxiyatning o’sishini va samarali ishlashini
ta’minlovchi kuch-bu erkin bozor mexanizmidir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida
boshqarish jarayoni, respublikamizning oliy bosqichda tarmoklararo boshqarish
36
organlari bir-biriga munosabati erkin bozor mexanizmiga asoslanmokda. Bunday
sharoitda boshqarish organlarining muammolari paydo bo’lsa, ularni yechish
O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Maxkamasi, makroiqtisodiyot komitasi,
Davlat fan va texnika kumitasi va boshqa vazirliklar, korporatsiyalar, kontsernlar,
assotsiatsiyalar va shu kabilarning bir-biriga ta’siri orkali ijobiy hal etilmokda.
Jarayonning navbatdagi tashkiliy tavsifining muammosi –uni vertikal va gorizontal
bo’ylab amalga oshirishidir. Korxonalar, ilmiy-tadkikot, konstruktorlik, loyihalash-
konstruktorlik, texnologik tashkilotlar va boshqa muassasa, firmalardan tashkil
topuvchi yagona ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) majmui gorizantaliga bir biri
bilan o’zaro aloqada bo’ladilar. Har bir ayrim korxona (tashkilot, firma) yuqori
boshqaruv organlari tomonidan (vertikal) gina emas, balki yana korxonaning o’zidagi
boshqaruvchi kichiq tizim tomonidan ham boshqariladi. Menejment-bu boshqarish
san’ati va maxoratidir. U o’ta murakkab va mas’uliyatli ish bo’lganidan, uni
boshqarish uchun maxsus bilim , maxorat va tajribani talab kiluvchi kasbga aylanadi.
Bir tizimdan ikkinchisiga o’tish sekin-asta yuz berishi qonuniy bo’lganidan, bozor
iqtisodiyotiga o’tish ham ma’lum davrni talab qiladi. O’tish davrida bozor
infrostrukturasi yaratiladi, bozor iqtisodini ta’minlovchi qonun xujjatlari qabul
qilinadi, turli savdo uylari, vositachi firmalar, xususiy korxonalar, aktsioner
jamiyatlar, konsortsiumlar, kushma korxonalar, mayda ishlab chiqaruvchilar
uyushmalari yaratiladi. Bu davrda davlat mulkini xususiylashtirish, uni aktsionerlash
boshlanadi va boshlandi, narx-navo va soliklar isloxoti tayyorlanadi, xususiy
soxibkorlik, chet el investitsiyasining tartib-qoidalari ishlab chiqiladi va chiqilmokda.
O’tish davrida iqtisodiyotga oid qonunlar majmuasi qabul qilinadi, aholini ijtimoiy
ximoyalash aniq yo’llari topiladi va iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga oid bitimlar
tuziladi va tuzilmokda. O’tish davrida bank tizimini islox qilish choralari davlat
harajatlarini tartibga solish dasturlari, shuningdek kompleks tarzdagi inflyatsiyaga
karshi tadbirlar ishlab chiqildi.
O’zbekistonnig bozor iqtisodiyotiga o’tish dasturi ishlab chiqilgan va unda
quyidagilarga e’tibor berilgan:
-
bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlovchi chora – tadbirlar majmuasi;
37
-
bozor iqtisodiyotiga o’tish xalq hisobidan emas, balki davlat hisobidan
bo’ladi;
-
bozor iqtisodiyoti fukarolarning iqtisodiy jihatidan o’z takdirini o’zi
belgilashiga asoslanadi, ularga iqtisodiy faoliyat uchun erkinlik berishga tayanadi;
-
bozor iqtisodiyotiga xur jumxuriyat iqtisodiy mustakilligini tula
ta’minlagan xolda o’tilishi kerak.
Dasturda mol-mulkni davlatdan olib xalqka berish, shu maqsadda
xususiylashtirish, har bir kishining mulkka bo’lgan huquqini amalga oshirish, ya’ni
davlat korxonalari, davlatga tegishli uy-joylarni fukarolarga sotish, mayda va xususiy
soxibkorlikka yo’l ochish, bu bilan iqtisodiy tashabbus, ishbilarmonlikni yuzaga
chiqarish, raqobatga ruxsat berish nazarda to’tilgan. O’z ixtiyori bilan u soxibkor,
yollanma ishchi, aktsioner, yakka dexkon, dukonchi, yakka tartibda ishlovchi
bo’lishi, chet elda ishlashi yoki ukishi mumkin. Unga ko’ra iqtisodiyotni unglash
uchun eng avvalo pulni soglomlashtirish, uning harid kobiliyatini ta’minlash zarur.
SHu maqsadda davlat mol-mulkini aholiga sotish, pullik xizmatlarni ko’paytirish, pul
krediti-bank beradigan foyizlarni keskin oshirish, xususiy soxibkorlik va import
hisobidan tovarlarni ko’paytirish, valyutani O’zbekiston milliy puliga sotishni joriy
etish orkali mamlakatdagi pul miqdori bilan tovarlar miqdorini, tovarlarga talab va
taklifni muvozanatlashtirish mo’ljallangan.
Davlat korxonasini aktsionerlash korxona mol-mulkini inventarizatsiyalash,
kaytadan hisob-kitob qilib chiqishdan boshlanadi. Korxonaning asosiy fondlari va
oborot mablaglari miqdori aniqlanib, shu miqdorga teng yigindida aktsiya chiariladi.
Aktsiya eng avval korxonada ishlovchi ishchi va xizmatchilar, sungra boshqa
korxona, tashkilotlar, xatto banklar va nixoyat, korxonaga aloqasi bo’lmagan
fukarolar sotib oladilar. Davlat korxonasini aktsionerlash orkali mol-mulk davlat
ixtiyoridan olinib, jamoaga beriladi, u xalq kuliga tegadi, xalqning mulkdan
begonalashuviga chek quyiladi. Aktsionerlashgan korxona o’zini o’zi boshqaradi,
erkin, mustakil tovar ishlab chiqaruvchiga aylanadi, uning davlat muomilasi solik
tulashdan iborat bo’ladi. Bozorni holatini o’rganish va oldindan baholash bilan
tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda shu yusinda yaxshi tadbir
38
topishni uyushtirish uchun korxonalarda marketing bo’limlari tashkil etilmokda.
Bozor iqtisodiyotining muhim unsuridan (elementidan) biri marketing. Marketing ishi
maxsus marketing dasturlari orkali amalga oshiriladi, ularga haridorlarni va
raqobatchilarni o’rganish asosida tovarlar sifatini yaxshilash, tovar narxini
o’zgartirish, tovarga talab topish, tovarlarni o’z vaqtida yetkazib turish, haridorlarga
mak’ul tushadigan xizmat ko’rsatish kabi chora-tadbirlar nazarda to’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |