Microsoft Word texnik plastina polik olish bolimini loyixalash ishlab chiqarish quvvati yiliga 95 000 dona


PRESSLARNING VAZIFASI VA QO‘LLANISH SOHALARI



Download 1,8 Mb.
bet7/11
Sana03.03.2022
Hajmi1,8 Mb.
#481079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Зиебек жихоз

PRESSLARNING VAZIFASI VA QO‘LLANISH SOHALARI
Asosiy qurilmaning texnologik xisobi
Yopiq usulda rezina qorishmalarini tayyorlash uskunalarini qoʼllanilishi va sinflanishi.
Qoʼllanilishi. Hozirgi kunda rezina aralashtirgichlar rezina aralashmalarini tayyorlash va kauchukni plastifikasiyalash uchun asosiy jihoz hisoblanadi. Rezina aralashtirgich bir-biriga qarab aylanuvchi shakldor profilli va loklari boʼlgan yopiq kameradan yoki yuklash voronkasiga rezina aralashmalarining barcha komponentlari belgilangan tartibda uzatiladigan chervyak tipidagi mashinadan iborat.
Rezina aralashtirgichlarning valьtslardan afzalligi ish jarayonining germetiklanganligi (buning natijasida sochiluvchi komponentlar toʼkilmaydi, chang hosil boʼlmaydi), materialni qayta aralashtirish sharoitining qulayligi, ish unumining yuqoriligi, aralashtirish vaqtining sezilarli darajada qisqarishi, ishning bexatarligidir. Bundan tashqari rezina aralashtirgichlar boshqa aralashmalarga ishlov beradigan keyingi mashinalarga oson moslashadi; undagi jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin. Biroq, rezina aralashtirgichlar valьtslarga qaraganda ancha yuqori temperaturada ishlaydi. Valьtslarda aralashmalarga ishlov berishda temperatura 55 - 80 ºS atrofida boʼlsa, rezina aralashtirgichda u 140 ºS gacha koʼtariladi; rezina aralashtirgichdan chiqishda esa temperatura odatda 100-120 ºS boʼladi. Bunga sabab mashinaning yopiq kamerasidan issiqlikni olib ketishning qiyinligidadir. Shu sababli rezina aralashtirgichni sovutish uchun sovuq suv sarfi, valslarni sovutishga qaraganda koʼp boʼladi.
Sinflanishi. Rezina aralashtirgichlar davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga boʼlinadi. Davriy ravishda ishlaydigan rezina aralashtirgichlarga komponentlarni yuklash va tayyor aralashmani chiqarib olish davriy tarzda amalga oshiriladigan mashinalar kiradi. Uzluksiz turdagi mashinalarga esa materialni yuklash va tayyor aralashmani chiqarib boʼlish uzluksiz davom etadigan mashinalar kiradi.
Davriy ravishda ishlaydigan rezina aralashtirgichlar bir-biridan oʼlchamlari va bir vaqtda yuklanadigan material hajmi, rotorlarning ishchi qismining shakli, ularning aylanish chastotasi, yuritmasining quvvati va aralashtirish kamerasida ishlov berilayotgan materialga beriladigan bosim bilan farqlanadi.
Sovutish usuliga koʼra barcha rezina aralashtirgichlar ikki guruhga boʼlinadi. Birinchi guruhga ochiq usulda sovutuvchi, ikkinchi guruhga – yopiq usulda sovutuvchi aralashtirish kamerasi boʼlgan mashinalar kiradi.
Birinchi guruhga keng qoʼllaniladigan “Benberi” turidagi rezina aralashtirgich mashinalarni misol qilib keltirish mumkin, uning tuzilishi quyida bayon qilingan. Bu rezina aralashtirgichning aralashtirish kamerasining korpusi tashqi tomondan forsunkalar bilan purkaladigan suv bilan sovutiladi.
Yopiq usulda sovutuvchi aralashtirgichlarda suv aralashtirish kamerasining qobigʼiga 0,3-1 MPa bosimda beriladi. Bu guruhdagi mashinalarga Rossiyadagi zavodlarda va “Verner-Pflyayderer” (Germaniya) va “Frensis Shou” (Аngliya) firmalarida ishlab chiqariladigan “Intermiks” tipidagi rezina aralashtirgichlar kiradi.
Rotorlarning (ishchi kameraning shakldor va loklarining) koʼndalang kesimining shakliga koʼra barcha rezina aralashtirgichlar uchta guruhga boʼlinadi: oval va lokli, uch qirrali va lokli va silindrik va lokli.
Oval shaklidagi rotorlari boʼlgan rezina aralashtirgichlar ikki yoki toʼrtta qanotga ega boʼlib Rossiya korxonalarida va koʼplab xorijiy davlatlardagi firmalarda ishlab chiqariladi. Uch qirrali shaklga ega rotori boʼlgan aralashtirgichlar “Verner-Pflyayderer” (Germaniya) firmasi tomonidan, silindrik rotorlilari “Frensis Shou” (“Intermiks” tipida) firmalari tomonidan ishlab chiqariladi.
Rezina aralashtirgichlarning tuzilishi. Rezina aralashtirgichga yuklanadigan material aralashtirish kamerasiga uning yuqori yarmida joylashgan va yuqorigi zatvor yuki bilan yopilib turadigan oyna orqali uzatiladi. Havo silindri taʼsiridagi yukporshen va shtok orqali ishlanayotgan aralashmani 0,6-0,8 MPa bosim bilan bosadi. Materialni yuklash paytida hosil boʼladigan changni yoʼqotish uchun yuklovchi voronkaning ustida zont oʼrnatilgan, utortuvchi ventilyatsiya tizimiga ulangan.
4-rasm. Rezina aralashtirgichda materialga ishlov berish sxemasi:
a – oval shaklidagi rotorli aralashtirgich; b – silindr shaklidagi rotorli aralashtirgich (“Intermiks” tipidagi); 1 – rotorlar; 2 – aralashtirish kamerasining devori; 3 – yuqorigi zatvorning yuki; 4 – pastkizatvor; 5 – materialga ishlov berish zonasi; 6, 7 – kameraning old va orqa yarmi.
Аralashtirish kamerasining ichida ikkita rotor mavjud, ular gorizontal tekislikda joylashgan va bir-biriga qarab aylanadi. Rotorlar vintsimon shaklga ega boʼlganligi sababli aralashmani ishlash va aralashtirish juda samarali kechadi, aralashma uzluksiz tarzda siljish va kesish kuchlari taʼsiriga uchraydi. Rotorlarning ichi boʼsh boʼlib sovutuvchi suv yuradi. Rotorlar aralashtirish kamerasining yon ariqchalarida joylashgan va kameradan unga material va qurum tushmasligi uchun turli konstruksiyadagi maxsus zichlovchi moslamalar bilan himoyalangan podshipniklarda aylanadi.
Rezina aralashmasini rezina aralashtirgichda ishlash asosan ikki sxema boʼyicha amalga oshiriladi: rotorlar va kamera devori orasida (4-arasm) va rotorlar orasida (4-brasm).
Аralashtirish jarayonining intensivligi ishlanayotgan materialga yuqorigi zatvor tomonidan berilayotgan bosimga bogʼliq: bosim 0,1 dan 0,6 MPa gacha oshganda aralashmani ishlash vaqti 10 minutdan 2 minutgacha, yaʼni 5 barobar kamayadi. Shu sababli zamonaviy rezina aralashtirgichlarda yuqorigi zatvorning materialga beradigan bosimi 0,6-0,8 MPa gacha boʼladi. Rezina aralashtirgichda materialga ishlov berish vaqti rotorning aylanish chastotasini oshirish orqali ham kamaytirilishi mumkin, chunki bunda aralashmani deformasiyalash chastotasi ortadi. Shu sababli yangi ishlab chiqarilayotgan mashinalarda rotorlarning aylanish tezligi uzluksiz oshib bormoqda. Baʼzi firmalar rotorlarining aylanish chastotasi 80 va hatto 100 ayl/minut boʼlgan rezina aralashtirgichlarni ishlab chiqarishadi. Biroq, rotorlarning aylanish chastotasi ortishi bilan aralashmaning temperaturasi oshadi va sovutuvchi suv sarfi ortadi.
Kauchukniing redientlar bilan rezina aralashtirgichlarda aralashtirish nazariyasi hozircha yetarlicha ishlab chiqilmagan, shu sababli bu mashinalarni loyihalashda paydo boʼladigan koʼpchilik muammolar har bir hususiy holatga mos tajribalar oʼtkazish orqali hal qilinadi. Maʼlumki, agar aralashma kameraning devorlariga va rotorlarning qirralariga yopishib qolmasa, yaʼni material siljish deformasiyasiga uchrasa aralashtirish (ingredientlarni kauchukda dispergirlash) yaxshi kechadi. Bu holat yumshoq kauchuklarga ishlashda muhim ahamiyatga ega, bunda siljish kuchlanish ikatta boʼlmaydi, aralashma kamera devori va rotor qirralari orasida yaxshi oqadi va ingredientlar kauchukka yengil surkaladi. Bunday holatda yaxshi aralashishi uchun yuqorigi zatvor aralashmaga katta bosim bilan bosmasligi kerak.
Yuqori elastiklikka ega qattiqka uchuklarni ishlashda boshqacha vaziyat kuzatiladi. Bunday kauchuk kameraning devorlariga yopishib qolmaydi va kamera devori varotor orasidagi zazorda siljish deformasiyasig auchramasdan sirpanishi mumkin, buning natijasid aishlanayotgan materiallar umuman aralashmaydi yoki aralashtirish jarayoni juda yomon va sekin kechadi. Shuning uchun ham yumshoq materiallarni aralashtirishni jadallashtirish uchun rotorlarning aylanish tezligi oshiriladi, qattiq materiallarni aralashtirishda esa – yuqorigi zatvorning bosimi oshiriladi va shu usul bilan aralashmaning sirpanishi kamaytiriladi. Ikkala holatda ham koʼp energiya isteʼmol qilinadi va ishlanayotgan aralashmaning temperaturasi oshadi, biroq rezina aralashtirgichning ish unumi ortadi.




Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish