www.ziyouz.com kutubxonasi
372
Onamiz Hazrati Oisha raziyallohu anho aytadurlar:
Rasululloh o‘zlariga yetgan zulm uchun hech kimdan qasos olmadilar. Balki hammani afv
qilib, gunohlaridan kechar edilar. O‘z oilalariga, boshqa hech bir odamga til, qo‘llari
tegmay dunyodan o‘tdilar. Kishilar bilan qilgan muomalalari, ularga qilgan yaxshi
odatlari hammaga yoqimlik edi. Rasululloh bilan suhbatlashgan kishilar:
«Rasululloh hech kimni bizdan ortiq yaxshi ko‘rmasalar kerak», deb o‘ylashar edi».
Sahiyliklari to‘g‘risida hazrati Jobir shunday aytadur:
«Rasulullohdan kim bir narsa so‘rasa «yo‘q» deganini eshitmas edik. Ayniqsa, Ramazon
kunlarida boshqa kunlardan ko‘proq Jabroil alayhissalom bilan ko‘rishar edilar. Ana shu
chog‘da Rasulullohning saxovatlari, shamol esganda barchaga barobar tekkanidek,
hammaga bir tekis yetib turar edi.
Bir a’robiy kelib:
— Yo Rasulalloh, bir tuyaga muhtoj bo‘lib qoldim. Shuni sizdan so‘rab keldim, — dedi.
Shu kuni unga bergudek hech narsalari yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham, yo‘q demasdan:
— Menim ustimdan o‘zingga yaragudek bir tuya sotib ol. Bahosini men to‘layman, —
dedilar.
Anda Hazrati Umar:
— Yo Rasulalloh, qo‘lda yo‘q narsa bo‘lsa, qarz qilib birovga berishga Xudo
buyurmagandur, — dedi.
Rasulullohga bu so‘z yoqmadi.
Anda ansorlardan biri:
— Yo Rasulalloh, Xudo yo‘lida ayamay sarf qilabering, Arsh egasi ulug‘ Alloh hech
qachon sizni unutmaydi, — dedi.
Muning so‘zini anglab, suyunganlaridan kulib:
— Alloh meni shunday qilishga buyurgandur, — dedilar.
Rasululloh collallohu alayhi vasallamning Toif, Hunayn g‘azotlarida tushgan hisobsiz o‘lja
mollarni taqsim qilishlari, qonlariga tashna bo‘lgan dushman askarlariga ko‘rsatgan
mehribonchiliklari saxovat va muruvvat bobida qandog‘ ulug‘ darajada ekanliklariga
ochiq dalildur. Bularning har birini o‘z o‘rnida yozib o‘tganmiz.
Ammo Rasulullohning shijoat-bahodirliklari bo‘lsa, hammaga ma’lum edi. Bu ulug‘ sifatni
ham Alloh taolo kamoli bilan Payg‘ambarimizga bermish edi. Xudo yo‘lida bo‘lgan
urushlarda o‘zlaridan uch-to‘rt barobar ortiq dushman qarshisida tog‘dek tebranmay
turar edilar. O‘zlari bosh bo‘lib chiqqan urushlarning hech qaysisida bir qadam ham
orqaga chekinmadilar. Har qanday katta bahodir bo‘lsa ham urush maydonida olg‘a
intilish, orqaga chekinish bo‘lmasga chora yo‘qdur, yolg‘iz Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam hech bir urushda orqaga qaytmadilar. Yo urush o‘rnini saqlab turdilar, yoki
oldinga qarab qadam qo‘ydilar.
Hazrati Ali aytur:
— Urush maydoni qizishib, bahodirlar hayqirishib, qo‘rqoqlar yuragi bo‘g‘ziga tiqilib
kelgan qo‘rqinchlik chog‘larda hammamiz Rasulullohga qarab qolur edik. Oldimizga
tushib, dushmanga eng yaqin turar edilar. Biz Rasulullohni pana qilib urushar edik.
Yana Rasululloh bek hayoli edilar. Hayo iymonning yo‘ldoshi, iymon daraxtining eng
ulug‘ shoxi erur. Abu Sa’id Hudriy rivoyat qilur: «Pardasidan chiqmagan qizning
hayosidan ham Rasulullohning hayosi kuchli edi. Ko‘p so‘zlarni kishilar yuziga aytmasdan
uyalib gapirmasdilar. Agar birorta kishi noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa, darhol uni yuziga solib,
otini aytmas edilar. Balki falon qavm, yo ba’zi kishilar nega shunday qiladilar, degan so‘z
bilan ul ishning to‘g‘ri emasligini bildirardilar».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nihoyat xushqiliq, istaralari issiq, qarasang
kulimsirab turgan, so‘zlari silliq, kishiga yoqimlik, ochiq yuzlik, keng ko‘ngillik, chin
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |