ELLIGINCHI MO’JIZA Habashiston podshosi Najoshiy vafot topdi. Bu odam Rasulullohni ko‘rmay turib o‘z
yerida iymon keltirgan edi. Madinaga hijrat qilmasdan ilgari sakson necha sahoba
Rasululloh amrlari bilan shu yoqqa hijrat qilgan edilar. U yoqqa borgan musulmonlarni
o‘z himoyasiga olib, ularga ko‘p yaxshilik qildi. Najoshiyning vafoti Rasulullohga vahiy
orqali ma’lum bo‘lmish edi. Sahobalar bilan unga g‘oyibona janoza namozini o‘qidilar.
Shuning uchun imom Shofi’iy g‘oyibdan janoza o‘qimoqni sunnat dedilar. Ammo imom
A’zam mazhabida g‘oyibga janoza o‘qimoq durust emasdur. Bu ersa Rasulullohga
xosdur, dedilar. Chunki boshqalarga mayit g‘oyib bo‘lsa ham, Rasulullohga hozirdur.
Oldilariga janoza keltirilgan edi, mayitni ko‘rib turib janoza o‘qidilar. Bu esa
Rasulullohning mo’jizalaridan edi.