www.ziyouz.com kutubxonasi
313
Endi oqillar oldida bu ochiq masaladurkim, bir necha soat ichida boshqa bir tillik kishidan
Qur’onga o‘xshash kitob aytgudek darajada ilm o‘rganish hech bir mumkin emasdur. Aqli
o‘zida bor kishilar buni xayoliga ham keltira olmagaylar. Nasturo rohibga o‘xshash bir
kishi emas, yana shunga o‘xshash milyonlab olimlar yig‘ilsanlar ham Qur’onning «Inno
a’tayno» kabi bir qisqa surasini ham chiqara olmagaylar.
Ahli kitob olimlari Rasulullohni sinamoq uchun Tavrot va Injilda yozilmish birmuncha
xabarlardan so‘rashdilar. Muso bilan Hizr alayhissalomlarning suhbatlaridan, Yusuf
alayhissalom va uning akalari haqidagi voqealaridan, Ashobi Kahf, Zulqarnayn
xabarlaridan, inson ruhining haqiqati nima ekanligidan Rasulullohga savol berdilar. Vahiy
orqali bu savollar Rasulullohga ma’lum bo‘ldi. So‘ragan savollariga qanoatlantirib javob
berdilar. Alar ko‘rdilarkim, Rasulullohning bergan javoblari o‘z kitoblari Tavrot va Injilga
to‘g‘ri kelib, tasdiq qilmoqdan o‘zga chora topolmadilar.
Muhammad javobi to‘g‘ridur, deb iqror qildilar. Ba’zilari insofga kelib, iymon keltirgan
bo‘lsa ham kufr, hasad balchig‘iga botgan bir qanchalari bu ulug‘ ne’matdan quruq
qolishdi.
Chunki haqiqiy hidoyat Allohdan bo‘lsa ham, hidoyat talab qilmoq bandaning vazifasidur.
Talab qilmagan kishilarni hidoyat qilmoqqa qudrati yetsa ham uni ato qilmaydur. Banda
o‘z ixtiyoricha kelib tavba eshigini qoqib, Allohdan hidoyat so‘ramog‘i kerakdur.
Banda so‘ramaguncha, ul eshikni ochmoq Allohga odat emasdur.
Endi Qur’onda xabar berilmish g‘ayb ishlarning hammasini bu o‘rinda yozmoqchi bo‘lsak,
bir kitob bo‘lur. Yuqorida yozilgan so‘zlarimiz ersa daryodan bir tomchidur.
Yana shuni bilmak kerakkim, Qur’onning mo’jizaligini aql ishlatgan, fikr yurgizgan
kishilar boshqalardan yaxshiroq bilgaylar. Islom dinining haqligini bilgudek, haq yo‘lni
botil yo‘ldan ajratgudek aqlni Alloh taolo barchaga bermishdur. Shunchalik aqlning
bo‘lishi bari insonda barobardur. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi
vasallam marhamat qilib:
— «Qur’on sening foydangga hujjatdir yoki ziyoningga hujjatdur. Ya’ni, Qur’onga iymon
keltirib aning yo‘lida o‘lsa, foydasi uchun hujjat bo‘lgay, yo‘q esa, ziyoni bo‘lib chiqqay.
Qur’on Yer ustiga kelgandan keyin unga iymon keltirib amal qilmaganlarning Xudo oldida
uzr aytgudek tillari yo‘qdur.
O‘tgan payg‘ambarlarga berilgan mo’jizalar ular dunyodan o‘tgandan so‘ngra ummatlari
qo‘lida qolgani yo‘qdur. Ammo menga berilgan mo’jizalarning eng ulug‘i Qur’ondur. Buni
ummatlarim qo‘lida qoldirdim. Unga amal qilgan kishilar ersa qiyomatgacha haq yo‘ldin
adashmagaylar, — dedilar.
Qur’onda 114 sura bo‘lib, bir rivoyatda 6666ta oyat bordur. Bundan mingta oyat
amrdur, ya’ni Alloh taoloning buyruqlaridurkim, ularni qilmoqqa mo’min bandalarni
buyurmishdur. Yana ming oyat nahiydur, ya’ni, mo’min bandalarini qilmanglar, deb
qaytargan ishlaridur.
«Amr» buyurmoq, «nahiy» qaytarmoqdur. Allohning buyurgan ishlari ersa barchasi
yaxshilikdur, aning qaytargan ishlari bari zararlikdur. Demak, Alloh taolo insonlarni
yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarmish ekandur. Yana ming oyati va’dadur, ya’ni,
Alloh taolo Qur’onga amal qilgan bandalariga dunyoda oxiratda yaxshilik berurman, deb
shu oyatlarda va’da bermishdur.
Yana ming oyati va’iddur, ya’ni, Qur’onga amal qilmaganlarni dunyoda va oxiratda azob
qilgayman, deb shu oyatlarda qo‘rqitmishdur.
Yana mingta oyat ilgarigi ummatlarning, Payg‘ambarlarning tarixlaridur. Ya’ni, qaysi
qavmga qaysi payg‘ambar keldi? Iymon keltirgan, keltirmaganlarning hollari qandoq
bo‘ldi? Payg‘ambarga qarshilik qilgan qavmlar boshiga xudo tarafidan qanday balolar
keldi? Alarning qaysilari to‘fon suvida g‘arq bo‘lib, ba’zilari g‘azab yeli bilan halok
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |