Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


AMIR HAMZANING ISLOMGA KIRISHI



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/473
Sana26.04.2020
Hajmi1,39 Mb.
#47207
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   473
Bog'liq
''Tarixi Muhammadiy''

AMIR HAMZANING ISLOMGA KIRISHI 
Bir kuni Abu Jahl Payg‘ambarimiz bilan din to‘g‘risida so‘z talashib, ko‘p adabsizlik qildi. 
Qoni qaynab, g‘azabi qo‘zg‘olib, o‘z haddini bilmay, urishga ham qo‘l ko‘tardi. 
Payg‘ambarimiz bu ishdin ko‘p ma’yus bo‘ldilar. Amakilari amir Hamzaning xotuni bu 
voqea ustida qarab turgan edi. Abu Jahlning qilgan beadabchiligi kishi chidab turarlik 
emas edi. Shunga ham Payg‘ambarimiz sabr qildilar. Ammo ul xotunning 
Payg‘ambarimizga rahmi kelib, yig‘laganicha uyiga qaytdi, chunki bu xotun yashirincha 
musulmon bo‘lib, dinga kirganlardan edi. Shul kuni amir Hamza o‘q-yoylarini osib, ov 
qilmoq uchun sahroga chiqqan edi, ovdin qaytib uyga kirsa, xotuni yig‘lagan holda 
o‘tiribdur, buni ko‘rib: «Nima bo‘ldi, na uchun yig‘lading?» deb so‘raganida, xotuni aytdi: 
— Men kim uchun yig‘lar edim, yo‘qlar, izlar qarindoshi qolmagan, o‘z yurtida g‘arib 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
bo‘lgan Muhammadning dardiga yig‘layman. Akangning o‘g‘li Muhammadni mal’un Abu 
Jahl qandoq xorladi, agar ko‘rgan bo‘lsang sen ham yig‘lar eding, — deb yana ko‘ziga 
yosh oldi. 
Buni eshitgan amir Hamzaning qarindoshlik hamiyati qo‘zg‘olib, qattiq g‘azabi keldi. Shu 
onda o‘q-yoyini qo‘lida tutgancha otiga minib, Abu Jahl majlis qurib o‘tirgan Abu Qubays 
tog‘iga chopganicha chiqib bordi. Kelayotgan amir Hamzaga Abu Jahlning yiroqdan ko‘zi 
tushdi. YOnida o‘ltirishgan o‘ziga qarashli kishilarga qarab: 
— Hamzaning kelishi buzuqroq ko‘rinadi, bundan oldinroq Muhammadga tilim tegib, 
urishga qo‘l uzatib, unga ko‘p ozor bergan edim, agar shul to‘g‘rida kelayotgan bo‘lsa, u 
har narsa qilsa, nima desa haqqi bordur. Sizlar bu ishga aralashguvchi bo‘lmanglar, 
yana bizga o‘chakishib, Muhammadga iymon keltirib ketmasun, — dedi. Bu orada amir 
Hamza ham yetib keldi va Abu Jahlning yoqasidan tutib: 
— Ey fosiq, Muhammadning hech kimi yo‘q, egasiz kishi, deb o‘ylagan edingmi? — deb 
qo‘lidagi o‘q-yoyi bilan urib edi, ul mal’unning boshi yorilib ketdi. 
Buni ko‘rgan, boyagi o‘ziga qarashli qabila yigitlari Abu Jahl himoyati uchun o‘rinlaridin 
sakrashib turdilar. Lekin Abu Jahl buni uzrini aytib, ularni bu ishga aralashgani qo‘ymadi. 
Balki hiylagarlik qilib, bir muncha yumshoq so‘zlar bilan amir Hamzani g‘azabidin 
tushirdi. So‘ngra amir Hamza Payg‘ambarimizga ko‘ngil aytish uchun kelib, uylaridin 
topmadi, qarasa Baytullohda ma’yuslik bilan o‘ltirgan ekanlar. Ustilariga kelib, hol 
so‘raganida Payg‘ambarimiz: 
— Meni o‘z holimga qo‘yinglar, urug‘-aymoq, yordamchisi yo‘q, o‘z elida g‘arib bo‘lgan 
odamman, — degandek so‘zlarni aytib, muborak ko‘zlariga yosh oldilar. 
Buni ko‘rgan amir Hamza Payg‘ambarimizga ko‘p achindi. Abu Jahl bilan bo‘lgan 
voqeada uni urib boshini yorganliklarini gapirib bersa ham chiroylari ochilmadi. Anda 
amir Hamza: «Ey qarindoshimning o‘g‘li, zodi (axir) nima qilsam, rozi bo‘lursan? 
Deganingni qilayin», dedi. Anda «Iymon keltursang rozi bo‘lurman», deb tabassum 
qildilar. Shul holda tavfiq— ilohiy yor bo‘lgan ekan, darhol amir Hamza shahodat aytib, 
iymonga musharraf bo‘ldi, hazrati Arqam uyidagi xufyona yig‘ilishgan sahobalarga 
qo‘shilib, Qur’on o‘rganishga kirishdi. Butun mo‘minlar amir Hamzaning iymon 
keltirganiga ortiqcha xursand bo‘lishib, ul zotni takbir bilan qarshi oldilar. Hazrati 
Hamzaning mo‘minlar safiga kirishi din rivojiga zo‘r quvvat bo‘ldi. Chunki amir Hamza 
yolg‘iz Quraysh ichida emas, butun arablar orasida bahodirlik atog‘ini ko‘targan 
yigitlardin edi, shuning uchun bu zotning iymon keltirishi Islomning rivojlanishiga yo‘l 
ochdi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   473




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish