«AL-USHAYRA» G‘AZOTI Buvot safaridan ikki oy o‘tgandan so‘ngra Quraysh qabilasi yana bir katta tijorat karvoni
tayyorlab, Shom shahriga jo‘natmoqchi bo‘ldilar. Bu safarda ko‘p miqdorda savdo
sarmoyasi yig‘ilgan edi. Qabila boylaridan erkak-xotun bo‘lib, ko‘p kishilar bu tijoratga
qatnashgan edilar. Bu ulug‘ karvonga Abu Sufyon rais saylangan edi. O‘zi bilan yo‘ldosh
qilmoqqa qabiladan yana yigirma necha kishini tanlab oldi. Lekin bu safarning qachon
bo‘lishini, qaysi kunda yo‘lga chiqishlarini nihoyat yashirin tutdilar. Shundoq bo‘lsa ham