Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/473
Sana26.04.2020
Hajmi1,39 Mb.
#47207
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   473
Bog'liq
''Tarixi Muhammadiy''

www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
qoshiga kelib, alarga o‘zlarini tanitgan so‘ngida dinga da’vat qildilar. Lekin hech birlaridin 
iymon umid qilurlik javob eshitilmadi. 
Payg‘ambarimiz qirq yoshga to‘lgan chog‘larida payg‘ambarlik vahiyi keldi. So‘ngra o‘n 
uch yil Makkada turdilar. Har yili haj mavsumida Arabiston atrofidan turlik qabila arablari 
haj qilmoq uchun Makkaga yig‘ilar edilar. Mana shu kabilar orqalik dinga qilgan da’vatlari 
butun Arabiston o‘lkasiga tarqalgan edi. Har bir yig‘in majlislarda Payg‘ambarimizning 
so‘zlari bo‘lmay qolmas edi. Lekin Quraysh qabilasi arablar orasida eng ortiq darajada 
obro‘-hurmatga ega bo‘lganlikdin, boshqa arablar bularni xotir qilishga majbur edilar. 
Qurayish xalqining iymon keltirmay turishlari boshqalarga ham ta’sir qilur edi. Va shu yili 
arablar ichida atoqlik Bani Bakr ibn Voil qabilasi raislaridin bir nechalari haj qilmoq 
uchun Makkaga kelgan edilar. Buni onglab, Payg‘ambarimiz Abu Bakr Siddiq bilan 
ikkovlari o‘rtada rasmiy so‘zlar aytilgandin so‘ngra, Payg‘ambarimiz alarni dinga da’vat 
qildilar. Anda raislari Horis turib: 
— Ey Muhammad, biz bo‘lsak ko‘p yillardan buyon Eron podshosiga fuqaro bo‘lib kelgan 
edik. Lekin shu kunlarda oramiz buzildi. Endi o‘rtamizda qonlik bir urush chiqishi ko‘z 
oldimizda turibdur. Mana biz bu ishdan ko‘nglimizni tinchitsak, qaytib kelib, sen aytgan 
bu ishning chorasini ko‘ramiz, — dedi. 
Alarning deganlaridek, o‘z ellariga qaytganlaridin keyin, ko‘p fursat o‘tmasdanoq ikki 
orada dahshatlik bir urush qo‘zg‘oldi. Zukor degan joyda arab va ajam qo‘shinlari 
to‘qnashdilar. Shu chog‘da arab askar boshlig‘i aytdikim: «Ey xaloyiq, bizning bu 
urushimiz qo‘rqinchlikdur. Makkadin payg‘ambarlik da’vosi ila chiqqan odamning oti 
bizning urush shiorimiz bo‘lsin, shuning sharofatidin g‘alaba qilgaymiz, deb umid 
qilurman», degan so‘ngida shu nom bilan sado qichqirib, hujum boshlashga amr qildi. 
Askarlari ham «Muhammad» sadosi bilan urushga kirdilar. Bu ismi-sharif tufaylidin 
dushmanlarni yengib, alar ustidin g‘alaba qozondilar. Shul «Zukor» urushi bo‘lsa, arablar 
oldida ulug‘ tarixiy sharafga egadur. Chunki o‘z zamonasida eng kuchlik hukumatlardin 
hisoblangan Eron askarini o‘z fuqarolari ko‘zga ilmagan arablar birinchi navbat 
yengishlari edi. Bu ulug‘ shonlik zafar butun Arabiston o‘lkasiga tarqaldi. Shul 
munosabat bilan alarning shoirlari fasohat, balog‘at maydonida ko‘p musobaqa qildilar. 
Bu urushga qatnashgan qabilalar haqida fahru mubohat qilishib, hisobsiz she’rlar aytildi. 
Ammo haqiqatda esa shundog‘ to‘liq qurollangan ulug‘ bir podshohlik askarlarining 
ko‘zga ilmagan bir necha arab qabilalari tomonidan tor-mor bo‘lishi Payg‘ambarimizning 
mo’jizalari edi. Shuning uchun bu xabarni eshitganlarida: «Mening ismim hurmatidan 
zafar topdilar», deganlari rivoyat qilinur. 
Yana shu haj mavsumi kunlarida Shaybon qabilasining bir necha raislariga uchrashdilar. 
Alar ichida eng atog‘lik arabning so‘zamol, chechanlaridin bo‘lgan Mafruq ibn Amr nomlik 
bir kishi bor edi. Hazrati Abu Bakr Siddiq bilan u kishi Islom dini to‘g‘risida uzoq 
so‘zlashdilar. So‘ngra Payg‘ambarimizga boqib: «Ey Muhammad, bizlarni qaysi ish 
qilishga da’vat qilursan?» dedi. Aning javobida Rasululloh shu oyatni o‘qidilar: 
«Inalloha ya’muru bil adli val ehsoni vaiytoi zil qurba va yanha anil fahshon val munkari 
val bag‘y, yaizukum laallakum tazakkarun». 
Ma’nosi: «Alloh taolo bandalarini har ishda adolat qilishga va alarni bir-birlariga yordam 
berishga, qarindosh-urug‘lar o‘z oralarida siylai-rahmni uzmasga buyurdi. Yana har bir 
buzuq ishlardin va barcha zulm-xiyonatlardin bandalarini qaytardi», demakdur. 
Haqiqatda esa Alloh taolo bu oyat bilan bandalariga ikki dunyolik foyda-ziyonlarini bayon 
qilib, Islom dinining asoslarini ochiq ravishda ko‘rsatdi. Butun shariat hukmlarini, Islom 
axloqlarini shundoq qisqagina bir oyatga sig‘dirdi. Zohirda bu oyat oz ko‘rinsa ham, 
o‘tgan mujtahidlarimiz bundin ming turlik ma’no chiqardilar. Ulug‘ olimlardin biri bo‘lgan 
Al-Izz ibn Abdusalom yolg‘iz shu oyatdin chiqargan masala ustida katta bir kitob 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   473




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish