TOIF XALQINI DINGA DA’VAT QILISH Shuning bilan Rasululloh Toif shahriga qarab, yo‘ldoshlari Zayd birgaligida yo‘lga
chiqdilar. Ot-ulovlari yo‘qligidin tog‘-toshlarda yayov yurishga to‘g‘ri keldi. Toif shahriga
kirganlaridin so‘ngra, kunduzi yurishga dushmanlardin, saqlanib, qabila raislari bilan
kechalab kelib ko‘rishdilar. Bu xalqning raislari esa Abd Yolayl, Mas’ud, Habib otlig‘ uch
og‘ayni edilar. Payg‘ambarimiz bularga:
— Ey Bani Saqiyf raislari, Alloh taolo meni yer ustiga payg‘ambar qilib yubordi. Allohning
buyruqlarini bandalariga yetkazgani keldim. Inson olamini Islom diniga chaqirurman.