www.ziyouz.com kutubxonasi
36
muhojir sahobalardin Zubayr ibn Avvom bu ishni o‘z ustiga oldi. Bu kishi ersa
Payg‘ambarimiz ammalari Safiyaning o‘g‘lidur. Ko‘kragiga sanoch (teri qalqon) bog‘lab
Nil daryosining u tomonidagi urush maydoniga yetib bordi. U kunda butun sahobalarning
eng istagan tilaklari bo‘lsa — boshpanalari Najoshiyning dushmanlari ustidan g‘alaba
qozongan xabarini bir karra onglashlari edi. Buni kutib turishgani holda, barchalari
duoga qo‘l ko‘tarib, intizorlik ila turgan edilar. Yiroqdin Zubayr ibn Avvom qorasi ko‘rindi.
Qo‘liga tutgan yalov (bayroq) ishorati ila barobar qichqirib, zafar bashoratini berdi.
Najoshiy bu daf’a qozongan g‘alabasi ersa, g‘urbat yeri, musofirat elida g‘amginlik ila
turishgan bu muhojirlar uchun eng quvonchlik ish edi, shunga ko‘ra bu suyunchli xabar
keltiruvchi Zubayrni sahobalar shodlik, takbir ila qarshi oldilar. Najoshiy tarafidin tor-
mor keltirilgan dushmanlari tegishli jazolarini tortdi. Shuning bilan muhojir sahobalar
tilaklaricha, butun mamlakat hukumati Najoshiyga qarorlandi. Aning himoyasida o‘z
vatanlari Arabistonga qaytganlaricha tinch-omonlik ila turishdilar.
Bu Habashiston ustida o‘tgan voqealarni rivoyat qilguvchi onamiz Ummu Salamadur. Bu
zot bo‘lsa, ilgari erlari Abu Salama ila shu muhojirlardin edi. Sahobalar u yoqdin
qaytganlarida bir kuni shu voqea o‘zaro muzokara bo‘ldi. Shunda Urva ibn Zubayr:
— «Najoshiy podshoh muhojir sahobalar bilan so‘z qilishganida andog‘ dedi: «Xudo
menga podshohlik berishida u mendin pora so‘ramadi, mening haqqimda hech kimning
so‘ziga kirmadi. Endi uning yo‘lida men qandog‘ pora olay, kimning so‘ziga kiray, mana
shu so‘zning ma’nosi nimadur?» deb alardin so‘radi.
Sahobalar bu so‘zning asli hikoyasidin xabarlari bo‘lmagani uchun ular sukut qildilar.
Anda Urva aytdi:
— Buning aslini otamdan eshitgan edim, shuni aytib berayin. Endi bu so‘z voqeasi
shundog‘ ekan:
— Najoshiyning otasi Habashiston podshosi bo‘lib, bular otadin ikki o‘g‘il ekanlar.
Ukasining o‘n ikki o‘g‘li bor bo‘lib, uning akasi — podshohning bo‘lsa, shu Najoshiydin
boshqa o‘g‘li yo‘q ekan. Ul zamon qoida-usuliga ko‘ra, podshohlik naslidin boshqa
kishilar har qancha ilm-hunarlik bo‘lsalar ham, ularning podshoh bo‘lishga haqlari yo‘q
edi. Shu sababdin davlat arboblari o‘ylashib, yolg‘iz o‘g‘illik Najoshiyning otasini o‘ldirib,
o‘n ikki o‘g‘illik ukasini aning o‘rniga podshohlik qilib ko‘tardilar. Otadin keyin bu o‘n ikki
o‘g‘il meros yo‘li bilan taxtga o‘ltirsalar, Habashistonda uzun zamon tinchlik o‘rnaydi,
deb gumon qildilar. Shuni bilan bu podshoh bir qancha zamon kechirdi. Najoshiy esa
amakisi podshohning qo‘lida kundin-kunga o‘smoqda bo‘lib, o‘zining oliy axloqi, aql-
farosati ila ishga yetarlik qo‘llik, o‘tkir fikrlik edi. Shuncha o‘g‘illari ichidan u amakisiga
manzur bo‘lib, siyosat ishlarida ko‘proq aning fikriga qarar edi. Arkon-davlatlar bu holni
ko‘rib, alarga qo‘rqinchlik tushdi. O‘zaro so‘zlashib: «Bu o‘g‘il ersa amakisini butunlay
qo‘lga olib boradi, bilib bo‘lmaydi, buni podshoh qilib qo‘yishi ham mumkindir. Agar bu
bola qo‘liga podshohlik o‘tsa, bizlardin birortamizni ham qo‘ymay o‘ldirishiga shak
yo‘qdir. Chunki uning otasini biz o‘ldirganimizni u yaxshi biladi. Endi bunday bo‘lgach,
ish vaqtisi o‘tmasdin, aning chorasini ko‘raylik», deyishib to‘planganlaricha podshoh
oldiga kelishib:
— Ey podshoh, o‘zing bilarsan, bu bolaning o‘sishi bizlar uchun ko‘p qo‘rqinchlikdur, agar
qo‘liga podshohlik tegar ekan, hech qachonda bizlarni o‘ldirmay qo‘ymaydur. Endi biz o‘z
boshimizni qutqazishimiz uchun, ani o‘ldirishimiz kerak yoki surgun qilib chet elga
chiqarishing kerakdur, — dedilar. Podshoh bu so‘zni onglagan so‘ngida:
— Hayf sizlarga, kechagi kuni otasini o‘ldirib, bugun bolasini o‘ldirishimiz qandog‘dur,
agar buning boshqa chorasi topilmasa, chet elga ani surgun qilib yuboraylik, — dedi.
Shu bilan bolani bozorga chiqarib, yiroqdin kelgan bir savdogarga olti yuz tanga bahoda
sotdilar. Shu kuniyoq savdogar uni kemasiga olib jo‘nadi. Naq shu kechqurunda yomg‘ir
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |