O‘N SAKKIZINCHI MO’JIZA
Anas ibn molikdan rivoyat qilinur:
«Bir kuni Rasululloh ansoriylardan bir kishining bog‘iga kirdilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq,
Hazrati Umar bular ham birga kirishgan edilar. Shu bog‘da yurgan bir qo‘zichoq
Rasulullohni ko‘rishi bilan ta’zim qilib, darhol sajdaga bosh qo‘ydi. Buni ko‘rib Hazrati
Abu Bakr Siddiq aytdi:
— Yo Rasulalloh, ruxsat qiling, bizlar ham sizga sajda qilaylik, hayvonlardan bu ishga biz
haqliroqdurmiz.
Anda Rasululloh, Sollallohu alayhi vasallam.
— Maxluq holiqdan o‘zga kimarsaga sajda qilmog‘i durust emasdur, — dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |